Axlatni dizenteriya ko‘zg‘atuvchilarini aniqlash uchun ingliz aralashmasi deb ataladigan modda solingan maxsus probirkalarda laboratori¬yaga jo‘natiladi. Istalgan paytda axlatni tekshirishga jo‘natish uchun xar bir bo‘limda shunday aralashmali probirka bo‘lishi kerak.
Bemorni bronxografiyaga tayyorlash
Bronxografiya traxeya va bronxlarning ichki yuzasini qontrast modda bilan to‘ldirib, rentgenologik tekshirish usulidir. Bronxografiyaga ko‘rsatmalar: turli bronx va o‘pka kasalliklarida patologik jarayonning joylashuvini aniqlash, bronxoskopiyada ko‘rishning imkoniyati bo‘lmagan bronxlar yuzasini tekshirish. o‘pkada o‘tkaziladigan jarroxlik operatsiya- sining xajmini aniqlash va boshqalar.
Bemorni tekshiruvga tayyorlash uchun:
Tarkibida yod tutgan vositalarga bemorning javob reaksiyasini aniqlash uchun oldindan sinama qo‘yish (bemorga ikki-uch kun davomida bir osh qoshiqdan kaliy yodidning 3% li eritmasidan beriladi).
Bemorga tekshiruvning maqsadi va moxiyatini tushuntirish.
Yiringli balg‘am bo‘lganda tekshiruvdan 3-4 kun oldin bronxlarni tozalash (drenaj usullari bilan tozalash, quruq ovqatlantirish, balg‘am ko‘chiruvchi vositalardan foydalanish, bronx ichlarini antibiotiklar bilan sanatsiya qilish).
Tekshiruvdan 30-60 daqiqa oldin fenobarbital (0,1 g), utropin sulfal teri ostiga (0,1% - 1 ml), pipolfen (0,025 g), seduksen (0,005 g) buyuriladi.
Tekshirishning maksadiga qarab narkoz yoki maxalliy og‘riqsizlantirishdan foydalaniladi. Maxalliy og‘riqsizlantirishga 2% li dikain, 3-5% li novokain eritinalaridan foydalaniladi.
Bronxlarni kontrast modda bilan to‘ldirish maqsadida yarim egiluvchan zondlardan, boshqariladigan kateterlardan foydalaniladi. Kateterlar qaynatib sterillanadi va maxsus stcrilizatorlarda saklanadi. Tekshiruvni shifokor- rentgenolog o‘tkazadi
Bemorni Meʼdaning rentgenologik tekshiruviga tayyorlash
Meʼdani rentgenologik tekshirish katta tashxisiy axamiyatga ega. Tibbiyot Hamshirasi bemorlarni bu tekshirishga tayyorlash usulini bilishi shart. Uning maksadi - Meʼda va ichaklarni xar xil moddalar va gazlardan xoli qilishdir. Tekshiruvdan bir kun avval bemor dag‘al ovqatlar (kora non, kartoshka) yemasligi kerak. Aks xolda bular tekshirishga xalakit beradigan gazlar xosil qiladi. Kyexki ovqatlanish uzog‘i bilan soat 20 °°da o‘tishi lozim. Bir kun avval kechkurun va ertalab tekshiruvdan 2 soat oldin, 1 / suv bilan xukna kilinadi.
Tekshirishdan bir kun avval, ayniqsa rentgenologik tekshiruv kuni surgi dorilar tayinlash mumkin emas, chunki ular qorinni dam qiladi (meteorizm). Agar Meʼdada suyuklik ko‘p miqdorda bo‘lsa, uni bir necha kungacha yuvish tayinlanadi. Baʼzan Meʼda suyukligini bevosita rentgenologik tekshiruvga ertalab naxorda, tozalash xuknasidan so‘ng yuboriladi. Gazlar miqdori ko‘p bo‘lganda xukna qaytadan kilinadi.
Rentgenologik usul tashxis uchun kimmatli maʼlumotlar beradi. Uning birdan-bir sharti shundaki, bemor tekshiruvga yaxshi tayyorlanishi kerak.
Bemorni yo‘g‘on ichakning rentgenologik tekshiruviga tayyorlash
Yo‘g‘on ichakni ikki usulda tekshirish mumkin:
1) yo‘g‘on ichakni xukna vositasida bariy aralashmasi bilan to‘ldirish (irrigoskopiya);
2) bir kun avval qontrast modda qabul kilgandan so‘ng yo‘g‘on ichakni ko‘zdan kechirish.
Odatda yo‘g‘on ichak Meʼdani rentgenologik tekshirishdan 24 soat o‘tgach ko‘zdan kechiriladi. Ayrim xollarda bariy aralashmasining bir qismi chikariladi. Aksari bariy aralashmasi qabul kilingandan so‘ng ichak bir kun mobaynida bo‘shatilmaydi, ertalab bemorga aralashmaning reflektor so‘rilishi uchun nonushta beriladi va 2 soat o‘tgach rentgenoskopiya kilinadi. Ko‘richakda yallig‘lanish o‘zgarishlarini aniqlash uchun bemorga tungi soat 3 da bariy aralashmasi (I stakan suvga 200 g) qabul qilish tayinlanib, 7-8 soatdan so‘ng rentgentologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tibbiyot Hamshirasi bemorni irrigoskopiyaga 3 kun mobaynida tayyorlaydi. Bemor ratsionidan gaz xosil qiladigan moddalarni (kora non, sut, kartoshka, uzum va b.) chikarish va yengil xazm bo‘ladigan ovqatlar (bo‘tka, kisel, omlet, sho‘rva, go‘sht va balikni qaynatilgan xolda) yeyish tavsiya etiladi.
Meteorizmda bemorga kuniga uch maxal moychechak damlamasi be¬riladi va 3 kun mobaynida kyexki ovqatdan so‘ng gaz xaydaydigan naychani 2 soatga ko‘yiladi. Tuz surgilari tavsiya kilinmaydi, chunki ular gaz xosil qiladi. Tckshirishdan bir kun avval bemorga tushki ovqat oldidan 430 g kanakunjut moyi beriladi va yo‘g‘on ichakni yaxshiiab yuvish uchun kechkurun uxlashdan va ertalab nonushtadan oldin tozalash xuknasi kili¬nadi. So‘ngra ovqat lukmasini ichak bo‘ylab surilishi uchun bemorga yengil nonushta beriladi va qayladan tozalash xuknasi kilinadi. Ichakka tekshirishdan bir soat oldin. gaz xaydaydigan naycha ko‘yiladi. Buning uchun bemor rentgen xonasiga jo‘natiladi. Yo‘g‘on ichakka xukna yordamida bariy aralashmasi yuboriladi (1l suv + 200 g bariy sulfat + 10 g tanin). Ingichka ichakni tekshirish uchun bariy sulfat aralashmasini tekshiruvdan 6-8 soat oldin ichgan maʼqul.
1. D0RI MODDALARN1 ORGANIZMGA YUBORISH YO‘LLARI
Dori moddalarining so‘rilish tezligi, kuchi va taʼsir muddati ularning organizmga qaysi yo‘l bilan yuborilganiga bog‘lik bo‘ladi. Dori moddalarini bemor organizmiga yuborish usuli uning axvoliga, dori moddalarining fizik-kimyoviy xossalariga va ularning taʼsir etish muddatiga karab tanlanadi, dori moddalari ikki yuboriladi.
2 -жадвал
Dori moddalarini organizmga yuborish yo‘llari
|
Enteral
|
Parenteral
|
|
|
Til ostiga
Og‘iz orqali
O‘n ikki barmoqli ichakka
To‘g‘ri ichakka
|
Nafas orqali ingalyasiya. ayerozol
|
|
Teri ustiga
|
|
Shillik qavatlarga
|
|
Bo‘shliklarga
|
|
Ten ostiga
|
|
Mushaklar orasiga
|
|
Venalarga
|
|
Arteriyalarga
|
|
Orka miya kanaliga
|
|
Bo‘g‘imlarga
|
|
Suyaklar orasiga
|
|
Yurak mushaklariga
|
|
|
1. Enteral usul — dori moddalari Oshqozon-ichak yo‘li orqali yuboriladi.
2. Parenteral usul — dori moddalari Oshqozon-ichakdan tashqi yo‘llar orqali yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |