Bog'liq sog\'liqni saqlash tizimini moliyalashtirish
Kf = Kn + ((Ko – Kb) x Sm.f) / 12 bu yerda
Kf – koyka fondi
Ko, Kb – oy boshiga va oxiriga soni
Sm.f – faoliyat yuritish oylari soni
Koykalar oboroti quyidagi tarzda hisoblanadi:
Ok = Fk / Srp.p bu yerda:
Ok – koyka oboroti
Fk – faoliyat yuritish kunlari soni
Srp.p – kasalxonada bo’lish vaqtining davomiyligi.
Bunda bir kasalga xizmat ko’rsatgandan so’ng keying kasalni qabul qilishga tayyorlanish hisobga olinadi. Yuqumli kasalliklar bilan bog’liq holda koykaning bo’sh turish vaqti – 3kun, sil kasalliklarida – 2 kun, boshqalarda – 1 kun.ovqatga va dori-darmonlarga xarajatlarni rejalashtirishda bitta koykaning yil davomida faoliyat yuritish kunlari aniqlanib, kasalxonadagi koyka-kunlarning umumiy soni hisoblab chiqiladi.
Ambulator-poliklinika muassasalari xarajatlarini hisoblash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
aholi soni va vrachlarning borib ko'rishi soniga bo'g'liq bo’lgan o'rtacha yillik vrach lavozimlari
soatiga bemorlarni qabul qilish soni, bir bemorni qabul qilish me'yori o’rtacha 20 daqiqa tashkil etadi;
ish rejimi, ikkita komponentdan tashkil topadi:
1) poliklinikada qabul qilish;
2) uyda hizmat ko`rsatish;
Statsionar sharoitda davolanayotganda ovqatlanish puli to’lashdan ozod qilingan kasalliklar ro’yxati:
Giyohvandlikka duchor bo’lganlar ixtisoslashgan shifoxonalarda
Moxov kasalliklari
Zaxm kasalligi
OIVini yuqtirganlar (OITS)
Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishida tasdiqlangan standartlar bo’yicha belgilangan muxlatlarda reanimatsiya va intensiv davolanishni talab etadigan bemorlar
Kamqonlik kasalligining barcha darajalarida homilador va tuqqan ayollar
Endokrinologik kasalliklar
Statsionar sharoitda davolanayotganda ovqatlanish puli to’lashdan ozod qilingan fuqarolar toifasi:
Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar
Baynalminalchi jangchilar
Bolalar va 17 yoshgacha bo’lgan o’smirlar
Mudofaa ishlari bo’yicha bo’limlar yo’llanmalari bilan 18-27 yoshdagi harbiy xizmatga chqiriluvhcilar
Tibbiyot xodimlarining ish haqini hisoblashda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatida haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi 21.12.2005 yil 276-qarori hamda “O’zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to’lash tartibi va shartlari to’g’risidagi Nizom”da ko’rsatilib o’tilgan. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining oylik ish haqlarini hisoblash tariff setkasi asosida ish haqining belgilangan eng kam oylik miqdorini “Mehnatda haq to’lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maehnatga haq to’lash bo’yicha guruhlari”ga muvofiq tegishli sog’liqni saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasiningtegishli razryadi tariff koeffitsientiga va tuzatish koeffitsientiga ko’paytirish yo’li bilan belgilanadi.
Tibbiyot xodimlari bo’yicha ish haqlari xodimlarning lavozimi bo’yicha kichik tibbiyot xodimlari, o’rta yibbiyot xodimlari hamda vrachlarga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to’lashning tarif setkasi3:
1-jadval
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to’lashning tarif setkasi