Ko’rsatkichlar
|
2018
|
2019
|
2020
|
|
Sog’liqni saqlash sohasi xarajatlari: JAMI
|
8550.3
|
14781.5
|
15887.7
|
1
|
Sog’liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash
|
1146.3
|
1757.1
|
1032.4
|
2
|
Sog’liqni saqlash muassasalari xodimlarining oylik ish haqqi va undan ajratmalar
|
6392.1
|
10227.6
|
11617.7
|
3
|
Dori vositalari, tibbiyot buyumlari, vaksina va bakpreparatlar
|
791.7
|
1119.9
|
1431.5
|
4
|
Oziq-ovqat
|
202.4
|
285.4
|
336.5
|
5
|
Qabul qilingan davlat dasturlarida ko’zda tutilgan tadbirlar
|
335.4
|
450.6
|
716.8
|
6
|
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivohlantirish jamg’armasi
|
211.3
|
260.0
|
316.0
|
7
|
Asosiy vositalarni sotib olish
|
198.3
|
232.6
|
201.2
|
8
|
Kommunal xarajatlar
|
97.7
|
161.6
|
213.0
|
Ko’rib turganingizdek 2019-yil uchun qariyb 15 trillion ajratilgan bo’lsa 2020-yil uchun esa qariyb 16 trillion so’m mablag’ ajratilgan. Bu ko’rsatkich yildan yilga oshib bormoqda, ya’ni har yili o’tgan yilga nisbatan ko’proq moliyalashtirilmoqda.
Yurtimiz hududida COVID-19 virusi tarqalishi inson salomatligi ya’ni sog’liqni saqlash tizimini yanada isloh etish, katta e’tibor qaratishga majbur etdi. O’ta tez yuqishi, pnevmoniya kasalliklarini keltirib chiqarishi sababli aholi bilan individual ishlashni talab qildi. Bu o’z navbatida kata mablag’ sarfini keltirib chiqaradi. Kasallikka qarshi kurashishda albatta tibbiyot xodimlarining o’rni kata bo’ldi. Birgina 2019-yil uchun Sog’liqni saqlash muassasalari xodimlarining oylik ish haqqi va undan ajratmalar uchun 10 trillion 227 mlrd ajratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2020-yilda 11 trillion 617 mlrd so’mga oshdi. Tibbiyot xodimlarining oylik ish haqlari ko’payishiga yana bir sabab, ular aynan karantin zonalarida ishlash uchun motivatsiya bo’lishi uchun oylik ish haqlari ko’paytirildi.
Birgina karantin zonalarida ishlovchi tibbiy farroshlar oyliklari 8mln qilib belgilandi. Bu davrga qadar o’rtacha hisobda 1 mlrd 200 mln so’m bo’lgan edi. Hamshiralar oylik ish haqlari 15 mlrdso’m qilib ko’tarilgan, unga qadar taxminan 2 mlrd so’m atrofida bo’lgan. Shifokorlar oylik ish haqlari esa 25 mlrd so’m etib belgilangan, unga qadar esa taxminiy hisobda 3 mlrd 500 mln so’m bo’lgan. Oradagi bu kata tafovut o’z navbatida Sog’liqni saqlash muassasalari xodimlarining oylik ish haqqi va undan ajratmalar miqdorini sezilarli darajada o’sishiga olib keladi.
Dori vositalari, tibbiyot buyumlari, vaksina va bakpreparatlar uchun 2019 yil uchun davlat budjetidan 1 trillion 119 mlrd so’m ajratilgan bo’lsa, 2020 yil uchun bu ko’rsatkich 1 trillion 431 mlrd so’mga ortdi. 2020-yil uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag’ning katta qismi COVID-19 hamda pnevmoniya kasalliklari uchun dori vositalari hamda ularga qarshi emlanish uchun vaksinalar uchun sarflandi. Barchamizga ma’lumki, Covid-19 virusini yuqtirib olgan har bir shaxs uchun tuman oilaviy poliklinikalarida 7turdagi dori vositalari tekinga berildi. Karantin zonalarida ham kislorod ballonlari kirimi to’xtovsiz kirib turdi.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivohlantirish jamg’armasi uchun ham 2019 yilda 260 mlrd so’m ajratilgan bo’lsa, 2020-yilda 316 mlrd so’m ajratilgan. Bu ko’rsatkichlar ham shuni ko’rsatadiki, tibbiyot xodimlari o’z ishidan mamnun bo’lib ishlashi uchun ularni yetarlicha rag’batlantirish ko’zda tutilgan.
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi bo’yicha 2021 yil uchun parametrlarida sog’lini saqlash sohasi uchun 20 trillion 800 mlrd so’m mablag’ ajratildi. Bu davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi bo’yicha 2021 yil uchun parametrlarida ko’rsatilgan ko’rsatkichlar bo’yicha eng ko’p ajratilgan mablag’lar bo’yicha solishtirilganda 3 o’rinni egallaydi, ya’ni ta’lim sohasi va ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag’lar bo’yicha ko’rsatkichlaridan keying o’rinni egallaydi.
2021-yil uchunajratilgan mablag’lar quyidagicha taqsimlanishi ko’zda tutilgan:
6-jadval6
Do'stlaringiz bilan baham: |