Smirlarda kasbiy qiziqishlarni shakllantrishning psixologik xususiyatlari


II.BOB.  O’SMIRLARDAGI KASBIY QIZIQISHLARINI ANIQLASH



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana18.12.2022
Hajmi0,62 Mb.
#890361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
O’SMIRLARDA KASBIY QIZIQISHLARNI SHAKLLANTRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

II.BOB. 
O’SMIRLARDAGI KASBIY QIZIQISHLARINI ANIQLASH
METODIKASINI O’TKAZISH 
2.1. O’smirlarda kasb motivlarini aniqlash va tahlil qilish. 
Munosabat mezoni va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq 
mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada 
chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay 
turib, u yoki bu shaxs faolligini kasbiy layoqatini to‘liqroq tasavvur qilish juda 
mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir 
qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdik. 
Tabiiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha 
bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan 
munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot 
olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar, pedagoglar va 
qator ijtimoiy fanlarning vakillari (B.G.Ananev, G.M.Andreeva, A.N.Bodalev, 
Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vugotskiy, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, I.G.Pavlov 
K.K.Platonov, S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin, E.G‘ozievlar) munosabat 
kategoriyasining u yoki bu yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan, 
munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, 
psixologlar talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy 
kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning 
mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy muhitga nisbatan 
xayrixoxlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida, 
shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa, 
o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» (ixtiyoriy qiziqish orqali) yoki 
majburan (yuzaki) bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. 
O‘quv faoliyati esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati 
tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi kunda 
shaxsga sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror 
toptirish uchun «odam-inson-shaxs-induviduallik-sub’ekt-komillik» ierarxiyasiga 


15 
rioya qilish, shaxsga sub’ektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha 
xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz 
kechish, «sub’ekt-sub’ekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday sub’ekt – shaxs, 
lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini yechish, shaxs sub’ekt bo‘lishi 
uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga 
tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs 
munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan, 
munosabatlar motivatsiyasi nafaqat nazariy, balki, lug‘aviy nuqtai nazardan ham 
olimlarning xilma-xil mulohazalari bilan xarakterlanadi. K.Obuxovskiy motivni 
«ma’lum faoliyatni yo‘naltiruvchi maqsad dasturi» sifatida talqin qilsa, 
X.Xekxauzen esa «motiv bu – individ-muhit munosabati doirasidagi yo‘naltirilgan 
harakatlarni izohlovchi jarayon» ekanligini asoslab beradi. Qator psixologik 
tadqiqotlarda motivatsiya talqini shaxsning ijtimoiy shakllanishi jarayoni sifatida 
qaraladi. Jumladan, shaxs motivatsiyasi shaxs ijtimoiylashuvida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Biologik motivatsiyasidan farqli o‘laroq, shaxs motivatsiyasi jamiyat 
taraqqiyoti ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa uning tarixiy 
o‘zgaruvchanligini tasdiqlaydi Umuman, munosabat motivatsiyasi haqida juda 
ko‘plab xilma-xil ilmiy mulohazalar yuritish mumkin. Zero, bu jarayon munosabat 
motivatsiyasini har tomonlama chuqur va to‘liq tahlil qilishning birmuncha 
murakkab ilmiy jarayoni hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, biz o‘z 
tadqiqotimizning maqsad-mohiyatidan kelib chiqib munosabat motivatsiyasi tadqiq 
etilgan ilmiy adabiyotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lib talqin 
qilishni va shu talqin asosida tadqiqot vazifalarini belgilab olishni o‘z oldimizga 
maqsad qilib qo‘ydik. 
1. Munosabat motivatsiyasi asosida shaxsning qiziqishlari yotadi. Bu 
qiziqishlarning beqaror yoki barqarorligini ta’minlovchi ichki turtkilar tizimi 
ma’lum darajada munosabat tizimini ham belgilaydi. 
2. Munosabat motivatsiyasiga shaxs yo‘nalganligining u yoki bu darajada ta’siri 


16 
namoyon etiladi. Ushbu ta’sir jarayonida shaxs yo‘nalganligi va munosabat 
motivatsiyasi uyg‘unligining ayrim ko‘rinishlari yuzaga keladi. 
3. Munosabat motivatsiyasi ma’lum ustanovkalar zamirida ham shakllanadi. 
Jumladan, o‘quv faolligi bilan bilan bog‘liq ustanovkalar o‘quvchi shaxsi ijtimoiy 
taraqqiyotiga daxldor omillarini belgilashga xizmat qiladi. 
4. Munosabat motivatsiyasi zamirida qadriyatlar ko‘lamining u yoki bu darajadagi 
ta’siriga ham baho berish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy munosabatda 
ma’lum darajada qadriyat omillari yotadi. Bu omillar shaxs ijtimoiy taraqqiyotida 
muhim o‘rin egallashi tayin. 
A.V.Petrovskiy (1983)ning fikricha, qiziqishlar shaxsni bilim va tushunchalardan 
qoniqishga bo‘lgan faollikka undaydi. B.I.Dodonov (1975) esa qiziqishlarga 
shaxsni faoliyatga undovchi hissiy faollik sifatida qaraydi. G.K.Cherkasov (1972) 
tomonidan qiziqish o‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini tanlashga 
qaratilgan sub’ektning faol munosabati sifatida talqin qilinadi. L.S.Vugotskiy 
(1984) qiziqishlar hissiyot va iroda imkoniyatlarining mahsuli ekanligini asoslab 
beradi. Binobarin, qiziqishlar turli olimlarning tadqiqotlarida o‘z ifodasini 
topganligini alohida qayd etish mumkin. Qiziqishlar bilish jarayoniga oid 
ehtiyojlar mavjudligining namoyon etilishi sifatida, (A.V.Petrovskiy, A.N.Leontev, 
A.G.Kovalev), protsessual va irodaviy-protsessual sifatlar majmui tarzida kasbga 
yo‘naltirishning manbai sifatida ob’ekt-sub’ekt munosabatlari o‘rtasidagi ehtiyoj 
uyg‘unligi (S.L.Rubinshteyn) sifatida tadqiq qilinadi. 
Umuman, shaxs yo‘nalganligi psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinsa-da, 
ularning negizi shaxs yo‘nalganligining asosiy manbai shaxs motivatsiyasi asosida 
shakllantiruvchi o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyatga munosabat tizimining 
shakllanishi bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Bu esa munosabat va shaxs 
yo‘nalishi o‘rtasida ma’lum ijtimoiy psixologik mutanosiblikning mavjudligidan 


17 
dalolat beradi. Zero, G‘arb, ayniqsa, AQSh olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka 
tushunchasi «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya 
faniga shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvoriga, uning mexanizmlarini 
o‘rganuvchi ob’ekt sifatida kiritiladi. Jumladan, G.M.Andreeva tomonidan 
quyidagi 4 ta ilmiy yo‘nalishning belgilanishi o‘quvchi shaxsiga faol-ijobiy 
munosabatlarni keltirib chiqaruvchi ma’lum psixologik mezonlarni tadqiq qilish 
imkonini beradi: 
1.
Muvofiqlashtirish – sub’ektning o‘z maqsadlariga erishish uchun xizmat 
qiluvchi attityudni (munosabatni) ob’ektga nisbatan yo‘naltira olishi; 
2.
Bilish - u yoki bu ob’ektga nisbatan attityudning (munosabatning) 
soddalashtirilgan xulq-atvor ko‘rsatmasini ta’minlay olishi. 
3.
Ifodalilik – shaxs o‘z–o‘zini idora qilishida attityud (munosabat) shaxs 
sifatida o‘zini ifodalash uchun sub’ektning keskin tang holatlardan xalos 
qilish usuli sifatida namoyon eta olishi. 
4.
Himoya – attityudning (munosabatning) shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf 
etishga xizmat qilishi. 
Demak, aytish mumkinki, munosabat motivining mazkur to‘rtala vazifasi ham o‘quv 
faoliyati jarayonida o‘quvchi shaxsini faollikka undovchi mezonlardir. Chunki, 
faoliyat omillari, jumladan o‘quv faolligi hamisha o‘quvchi shaxsi ustanovkalariga 
hamohangdir. Bu hamohanglikni to‘liq xis etgan holda, munosabatni yanada 
kengroq ko‘lamda «ijtimoiy ustanovka» nomi bilan e’tirof etish qabul qilingan. Bu 
esa ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan munosabat metodologiyasini 
nazariy–ilmiy 
jihatdan 
yanada 
oydinlashtirishga 
xizmat 
qiladi. 


18 
Munosabat motivlari va ijtimoiy ustanovka uyg‘unligining talqin qilinishi o‘quv 
faoliyatiga nisbatan faol-ijobiy munosabat mezonlarini yanada chuqurroq talqin 
qilish uchun zamin yaratadi. Jumladan P.N.Shixirev tomonidan ustanovka insonning 
o‘z-o‘zini idora qilishida va samarali faoliyatida namoyon bo‘luvchi jarayon 
ekanligi va uni o‘zgartirish uchun dastavval shu jarayonni o‘rganish muhimligi 
borasida keltirilgani ilmiy dalillari va xulosalari hozirgi zamon ijtimoiy psixologiya 
fanining munosabat va faollik amaliyoti bilan bog‘liq ilmiy tasavvurlarni 
shakllantirishda muhim o‘rin tutganligini ko‘ramiz. Shunday qilib, ijtimoiy 
ustanovka mezoni bo‘yicha yuqorida qayd etilgan tadqiqotlar tahlili bugungi 
ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos shaxs va faoliyat uyg‘unligini 
ta’minlashga xizmat qiluvchi munosabat motivatsiyasi omillarini ishlab chiqishda 
va tadqiq qilishda o‘ziga xos nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metodologik 
yo‘nalishlarni ochib beradi. Olib borilgan nazariy-ilmiy tahlillar mavzu darajasidagi 
muammolarni, kichik maktab yoshi davrida o‘quvchi shaxsining o‘quv faolligiga 
munosabat motivatsiyasini o‘raganish va tadqiq qilish bilan bog‘liq tadqiqotlarning 
bugungi kunda taqchilligi va shu bilan birga nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatdi. 
Albatta, munosabat motivatsiyasi tushunchasi barcha psixologik fanlarning muhim 
ob’ekti sifatida hamisha olimlarning diqqat markazida bo‘lgan. Ayni paytda, 
Rossiyadagi mamlakatimiz olimlari ham mazkur muammoning o‘ziga xos jihatlari 
haqida ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Bu boradagi ilmiy adabiyotlar, tadqiqotlar 
va ilmiy mushohadalar tahlili quyidagi xulosalar chiqarishni taqozo etadi. 
Shaxsning u yoki bu faoliyatga yoki bu faoliyatga yoxud faollikka bo‘lgan 
munosabat motivatsiyasini o‘rganish borasida bugungi kunda turli xil munozarali 
qarashlar mavjud bo‘lib, uning ortida har bir ilmiy tadqiqotchining o‘z pozitsiyasi, 
ilmiy maqsadi, ilmiy g‘oyalari, salohiyati va shaxsiy fikr-mulohazalari 
mujassamlashgandir. Ayni paytda, aytish joizki, munosabat mezoni shaxs ijtimoiy 
taraqqiyotining, o‘z-o‘zni rivojlantirishning o‘z ichki hissiy xayrixoxligining, bir 
so‘z bilan aytganda shaxs “men”ligi namoyon qilishning muhim omili sifatida 


19 
olimlar e’tiborini tortgan doimiy tadqiqotlar ob’ekti hamda sub’ektiga aylantirilgan. 
Shu bois alohida ta’kidlash mumkinki, munosabat mezoni qay yo‘sinda tadqiq 
qilinmasin baribir shaxsning ijtimoiy shakllanishi, taraqqiyoti va o‘zligini anglashi, 
ma’naviyati va dunyoqarashi namoyon etilishining muhim omili sifatida ilmiy 
mushohadalar ob’ekti va sub’ektiga aylanib qolaveradi. Munosabat tushunchasi va 
uning mezonlari ijtimoiy-psixologik muammo sifatida talqin qilinishi ijtimoiy 
psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan munosabatning o‘ziga xos yosh, hududiy, 
individual va etnopsixologik jihatlariga yanada jiddiyroq e’tiborni qaratish imkonini 
beradi. Bu imkoniyat esa o‘smir shaxsi va uning o‘quv faolligini ta’minlashga 
xizmat qiluvchi munosabat motivatsiyasi haqidagi ilmiy tasavvurlarni empirik 
jihatdan 
asoslab 
berilishga 
izn 
beradi. 
Mavjud adabiyotlar tahlili munosabat motivatsiyasi tushunchasini nazariy-ilmiy 
hamda metodologik jihatdan asoslash bilan birga uning o‘smirlik yoshidagi kasbiy 
qizishlarni shakllanishida o‘quvchilar faolligini ta’minlashdagi o‘rni beqiyos 
ekanligini va bu jarayonni aniq yo‘naltirilgan yangi empirik ma’lumotlar natijalari 
bilan boyitgan holda o‘rganish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarish muqarrarligini 
ko‘rsatdi. Tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib, olib borilgan ilmiy-nazariy 
mushohadalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, o‘smirlarda kasbiy 
qiziqshlarga munosabat motivlari tarkibida faoliyatga munosabat motivatsiyasi 
shakllanishining o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining namoyon etilishi 
ma’lum ierarxik tizimga ega bo‘lgan “kasbga munosabat”, “ o‘quv jarayonida kasbiy 
komponentlari”, “shaxs umumiy yo‘nalganligi kabi mezonlar asosida belgilanadi va 
baholanadi.Rеspublikаmizdа оlib bоrilаyotgаn islоhоtlаr pеdаgоgikа fаnining 
rivоjlаnishini tа’minlаsh bilаn birgаlikdа ushbu fаndа dоlzаrb hisоblаnuvchi 
vаzifаlаrdаn biri kаsb-hunаrgа yo’nаltirishning tаriхi, nаzаriyasi vа аmаliyotining 
munоsib shаkllаnishigа оlib kеldi. Ushbu muаmmоning o’z nаzаriy vа аmаliy 
tоmоnlаri, tаriхiy mаnbаlаri mаvjud bo’lib, tаdqiqоtchilаr tоmоnidаn izchil
o’rgаnib kеlinmоqdа. Jumlаdаn R. H. Jo’rаеv, O’. Q. Tоlipоv, Sh. S. Shаripоv 
kаbi pеdаgоg оlimlаr tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn uzluksiz tа’lim tizimidа 


20 
o’quvchilаrni kаsb-hunаrgа yo’nаltirilishning ilmiy-pеdаgоgik аsоslаridа ushbu 
vаzifаni аmаlgа оshirishning mаzmuni hаqidа muhim fikrlаr e’tirоf etilgаn.[36] 
Хususаn kаsb-hunаrgа yo’nаltirish ishlаrini tаshkil etish vа uning mаzmunini 
bеlgilаshdа tа’lim vа tаrbiyaning mаqsаdini оydinlаshtirish sаmаrаli nаtijа bеruvchi 
оmil hisоblаnаdi. Shu mаqsаddа kаsb-hunаrgа yo’nаltirish ishlаrini tаshkil etishdа 
2 хil mаqsаd mаvjud. 
1.
Tа’limiy mаqsаd (o’quvchilаrgа kаsb-hunаr mаvzusidаgi bilimlаr bеrish). 
2.
Tаrbiyaviy mаqsаd (tizimli tа’sir ko’rsаtish vоsitаsidа o’quvchilаrdа 
mеhnаt qilishgа ijоbiy munоsаbаtni shаkllаntirish vа kаsb-hunаrgа yo’nаltirish). 
Ushbu ikki mаqsаd zаmоnаviy tа’limdа o’zаrо bоg’liqlikdа аmаlgа оshirilishi, 
o’quvchi yoshlаrni kоmil insоn sifаtidа shаkllаnishini tа’minlоvchi pеdаgоgik 
dаlillаrdаn biridir. Dеmаk, kаsb-hunаrgа yo’nаltirish uchun оlib bоrilаdigаn 
tа’limning mаzmuni bеvоsitа o’qitish mаqsаdlаrigа uzviy bоg’liq hоldа hаl etilаdi.
Shuningdеk, mаzmun o’quv jаrаyonidа o’zlаshtirilаdigаn pеdаgоgik хоdisа 
hisоblаnib, uning mаhsuli erishilishi zаrur bo’lgаn mаqsаd sаri оlib bоrаdi. Ushbu 
ishlаrni to’g’ri tаshkil etish mаqsаdidа eng аvvаlо o’qitish mаzmunining tаrkibiy 
qismlаrini аniqlаb оlinishi tаqоzо etilаdi. 
Tа’lim mаzmunini bеlgilаshdа еrning bizning ko’zimiz bilаn qаrаgаndа 
qаnchаlаr kаttа ekаnligi vа аstrаnоmik ko’z bilаn qаrаgаndа qаnchаlаr kichik 
ekаnligi kаbi o’quvchilаr uchun eng kаttа o’rgаnish vа o’qituvchi uchun eng kichik 
bo’lgаn o’rgаtish mаtеriаlini ko’zdа tutish muhimdir. Ushbu fikrimizgа Аbu Nаsr 
Fаrоbiy tоmоnidаn «

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish