Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

Plyuralistik demokratiya. 
Plyuralistik demokratiya modeli libe­
ral siyosiy tizimdan о‘sib chiqqan va uning asosiy tashkiliy tamo- 
yillarini meros qilib olgan. Ularga konstitutsionalizm, hokimiyat- 
lar bo‘linishi va boshqalar, shuningdek, shaxsiy erkinliklar, inson 
huquqlari, ozchilik muxtoriyati va boshqa qadriyatlar kiradi. Zamo- 
naviy demokratiyaga berilayotgan baholar va atamalar turlicha. U 
ko‘pincha plyuralistik, deb ataladi, negaki u avval mavjud bo‘lmagan 
ijtimoiy manfaatlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy, guruhiy va 
boshq.) va ulami bayon qilish shakllarining (siyosiy partiyalar, jamiyat- 
lar, ijtimoiy harakatlar, fiiqarolar guruhlari) xilma-xilligiga asoslanadi.
Plyuralistik demokratiya turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy kuchlar 
manfaatlarining siyosiy hokimiyat tizimida to‘liq ravishda aks etishi- 
ni nazarda tutadi. Bunda jamiyatda biror sinf yoki guruhning mono- 
pol hokimiyati kuzatilmaydi.
222


Jamiyatda hokimiyatga, uning qarorlariga ta’sir o ‘tkazuvchi bir 
nechta manfaatdor guruhlar (diniy, ijtimoiy harakatlar, turli guruh­
lar va boshq.) mavjud bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, siyosiy partiyalar 
manfaatdor guruh hisoblanmaydi, u manfaatdor guruhlar manfaa- 
tini amalga oshiruvchi vosita sanaladi. Ayni paytda turli manfaatlar 
o ‘rtasidagi muvozanatning ta’minlanishini talab etadi.
Shunday qilib, plyuralistik demokratiya xilma-xil ijtimoiy gu- 
ruhlarga o ‘z manfaatlarini ifodalash va raqobatli jarayonda ulaming 
muvozanatini aks ettiruvchi, murosa-madoraga asoslangan boshqa- 
ruv shaklidir.
Plyuralistik demokratiya nazariyasi jahonning ko‘plab mamlakat- 
larida e’tirof etiladi va amalda qo‘llanila boshladi. Biroq, unda ham 
ayrim kamchiliklar mavjudligi oydinlashdi, kamchiliklari - voqelikni 
ideallashtirish, aholining guruhlarga mansubligi hissini, fuqarolam­
ing manfaatdor guruhlarda ishtirokini oshirib yuborishda ko‘rinadi. 
Real hayotda aholining uchdan bir qismidan ko‘p bo‘lmagan qismi 
manfaatdor guruhlarda birlashgan. Bu esa plyuralistik demokratiya 
ko‘pchilik hokimiyatini amalga oshirishda ayrim kamchiliklarga 
egaligini ko‘rsatadi.
223


Mazkur kamchiliklar natijasida plyuralistik demokratiya nazari- 
yasi doirasida yana bir model shakllandi. Plyuralistik demokratiya 
g ‘oyasining tarafdorlaridan biri bo‘lgan AQSHlik siyosatshunos Ro­
bert Dal (1915-2014) - plyuralistik demokratiya tashkiliy tus olgan 
ko‘p miqdordagi manfaatlaming birgalikda mavjud bo‘lishi, degan 
fikrni ilgari surgan edi75. Bu o ‘rinda R.Dal yangi “poliarxiya” mode- 
lini shakllantirdi. Unga ko‘ra, jamiyatda bitta guruh manfaatlari mo- 
nopoliya bo‘lib qolmasligi, jamiyat diktaturaga aylanib ketmasligi 
uchun “poliarxiya” (“ko‘p hokimiyatlilik”) modelini taklif etdi. Bun- 
da jamiyatda saylovlarda hokimiyat uchun kurashayotgan bir necha 
guruhlar mavjud bo‘lib, ulaming o ‘z elitasi va keng ommasi mavjud. 
Bu orqali ular siyosiy jarayonlarga keng ommani jalb etadilar. Ular 
bir-birlari bilan barqaror munosabatda bo‘lishadi.
R.Dal “Demokratiya va uning tanqidi” (1989) asarida poliarxiya- 
ning siyosiy rejim sifatidagi asosiy qoidalarini shakllantirdi:
• muxolifatda hukumat qarorlari borasida e ’tiroz bildirish huquqi- 
ning mavjudligi;
• umumiy ovoz berish, erkin va shaffof, halol saylovlar.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish