12-mavzu. GENDER MUAMMOSINING KELIB CHIQISHI
VA HAL ETILISHI
Darsning maqsadi:
•
talabalarga siyosatshunoslik fani haqida ma’lumot berish;
•
gender muammosining kelib chiqishi
va hal etilishi haqida
bilimlarini shakllantirish;
•
yoshlar orasida sog‘lom m a’naviy-ilmiy muhitni shakllanti
rish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Feministik nazariyasi, gender masalasi, siyosiy mafkura, neoma-
kiavellizm,
liberalizm, shaxs erkinligi, neoliberalizm, neokonserva-
tizm, R.Xoff.
Asosiy savol:
1. Feministik nazariyaning gender konsepsiyasiga
aylanishining
tarixiy genezisi.
2. Gender yondashuvi nuqtayi nazaridan siyosiy ishtirok masa-
lalari.
3. 0 ‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlashning huquqiy jihat-
lari.
1. Feministik nazariyaning gender konsepsiyasiga
aylanishining tarixiy genezisi
Keyingi vaqtlarda tobora ahamiyati ortib borayotgan “gender” tu-
shunchasi XX asr oxiriga kelib ijtimoiy-gumanitar
bilimlaming
markaziy kategoriyalaridan biriga aylandi. Mazkur yangi tushun-
chaning paydo boiishida ijtimoiy rivojlanishning muqobil falsafiy
konsepsiyasi bo‘lgan feministik nazariya hal qiluvchi rol o ‘ynadi.
Feministik
nazariya, asosiy maqsadi xotin-qizlaming teng huquqli-
ligidan iborat bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy harakat shakllanib kelayot-
257
gan yangi nazariy-metodologik yondashuv uchun poydevor bo‘ldi.
Siyosiy harakat sifatida feminizm uzoq tarixga ega.
Shu bilan birga,
AQSHlik faylasuf K.Xoff to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “xotin-qizlaming
turli xil harakatlarini erkak va ayollaming teng ahamiyatga egaligini
e’tirof etishga to‘sqinlik qilgan ijtimoiy, siyosiy va madaniy shart-
sharoitlami tanqid qilish birlashtirardi”.
Feminizm siyosiy nazariya-
ning nafaqat qoidalari, balki mazmunini ham tanqid qiladi. Feminizm
yordamida, deb yozadi AQSHlik tadqiqotchi V. Brayson, “shu nar-
sa aniqlandiki, mavjud g‘oya va qadriyatlar nafaqat gender-neytral
bo‘lmagan, balki ko‘pincha erkaklarning
cheklangan tasavvurlarini
aks ettiradi”. Klassik siyosiy matnlami tahlil qilish feminist tanqid-
chilami ayollaming ijtimoiy ishlami hal qilish, davlatni boshqarishda
faol ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan xislatlarga egaligi rad etib ke-
lingan, degan xulosaga olib keldi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar MDH a ’zo-davlatlaridagi
gender-
shunoslar orasida ham ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Masalan,
V. Fesenko ushbu yo‘nalishni davom
Do'stlaringiz bilan baham: