davlatchilikni amalga oshirish tajribasi; e) milliy qadriyatlardan kelib
chiquvchi siyosiy maqsadlar.
II.
2) Siyosiy ong-
a) mafkuraviy, g‘oyaviy komponent;
b)
emot-
sional-psixologik komponent.
III.
3) Siyosiy xulq-atvor-
a)
siyosiy vaziyat, jarayondagi xatti-
harakatlar, faoliyat yo‘nalishi; b) ijtimoiy-siyosiy faoliyat turlari.
Demak, siyosiy madaniyat o‘z ichiga tarixiy tajriba asosida
to‘plangan siyosat haqidagi bilimlar va siyosiy tafakkur usulini, siyo
siy hissiyot va an’analami, maqsadlami, tafakkurdan chuqur joy ol
gan siyosiy faoliyat usullarini qamrab oladi.
Ushbu unsurlar
ijobiy xususiyatga ham, salbiy xususiyatga ham
ega bo‘lishi mumkin. Aynan mana shu m a’noda ular butun
siyosiy
tizimning holatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bu hoi siyo
siy madaniyatni siyosiy tizimning tarkibiy qismi deb aytishga imkon
beradi. Siyosiy madaniyatning siyosiy tizimni takomillashtirishdagi
o ‘mini quyidagi tezislarda ifodalash mumkin:
a) uzoq davom etuvchi tarixiy davrlarda siyosiy madaniyat siyosiy
tizimni yangilaydi, zamonaviylashtiradi;
b) muayyan jamiyatda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy
tizim o‘zida uning siyosiy madaniyati tarixini aks ettiradi. Siyosiy
madaniyat garchi siyosiy tizimning asosi bo‘lsa-da, o‘z faoliyatida
nisbatan mustaqildir.
2. Siyosiy madaniyat funksiyalari, daraja va modellari
Siyosiy madaniyat jamiyatdagi ahamiyati
bevosita qanday funk-
siyalami bajarishi bilan aniqlanadi. Uning funksiyalari sifatida quyi-
dagilami keltirish mumkin:
1. Dunyoni, undagi tendensiyalar va realliklami tushunishdan ibo-
rat bo‘lgan “kognitiv” funksiya.
2. Siyosiy xulq-atvomi rag‘batlantirish funksiyasi.
3.
Normativ funksiya.
4. Davr talablari va kelajak istiqbollari haqidagi qarashlar va unga
nisbatan xulq-atvoming namoyon bo‘lishi.
240
Turli tarixiy sharoitlarda, xususan, siyosiy jarayonlaming beqaror-
ligi davrida siyosiy madaniyatning ayrim fimksiyalarining so‘nishi va
hatto o‘z ta’sirini yo‘qotishi mumkin. Siyosiy madaniyatning tabiati,
mazmuni va o‘ziga xosligiga mamlakatning mintaqaviy va tarixiy xu-
susiyatlari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyatda siyosiy madaniyatning rivojlanishi,
keng yoyilishi
o‘ziga xos sharoit va murakkabliklarga ega hisoblanadi. Shu bi
lan birga siyosiy madaniyat o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega.
Siyosiy madaniyatni chuqur o‘rganmay turib, har bir jamiyatda so-
dir boTayotgan siyosiy jarayonlaming harakatlantiruvchi kuchini
anglash juda ham qiyindir. Hozirgi siyosatshunoslik fanida siyosiy
madaniyatning uchta asosiy darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
dunyo-
qarash, fuqarolik va siyosat. Mazkur darajalaming har birida insonda
ancha qarama-qarshi tasavvurlar hosil boTishi mumkin81.
1. Dunyoqarash (tafakkur qilish) darajasi asosiy hisoblanadi. Bu
pog‘onada insonning siyosat dunyosida o ‘z-o‘zini belgilashi, siyosiy
xulq-atvoming u yoki bu yo‘nalishlarini, m e’yorlarini tanlashi yuz
beradi. Ushbu tanlash uning hayotiy pozitsiyalari,
individual yoki
jamoaviy qadriyatlami afzal ko‘rish, G‘arb yoki Sharq sivilizat-
siyasi me’yorlarini tan olish, diniy yoki materialistik dunyoqarashi,
mafkuraga, zo‘ravonlikka munosabati
va boshqalar bilan bogTiq
holda kechadi.
2. Fuqarolik darajasi siyosiy madaniyatning o‘zagi shakllanadi.
Ushbu daraja odamlaming hokimiyatga hukmronlik va majburlash-
ning ommaviy markazi sifatidagi munosabatini tavsiflaydi. Inson si
yosat olami bilan to‘qnashar yoki unga kirib borar ekan, muqarrar
ravishda o‘zining hokimiyatga, uning imkoniyatlari va vakolatlariga
boTgan munosabatini shakllantiradi. Hokimiyatni qabul qilish asosi-
da esa inson o‘zining fuqarolik huquqlari va majburiyatlari borasidagi
mavqeini aniqlashtirib oladi.
Fuqaroning hokimiyatga bo‘ysunishi adolatli ekanligi yoki fuqaro
huquqining hokimiyatga nisbatan ustunligi
haqidagi ishonch aynan
Do'stlaringiz bilan baham: