Bog'liq Hisobot-Ekologik partiyaning tashkil topishi, faoliyati va vazifalari
Partiyaning rahbar va nazorat organlari 6.1. Partiyaning oliy boshqaruv organi Partiya S'yezdi (bundan buyon matnda - S'yezd deb yuritiladi) hisoblanadi, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
6.2. Navbatdan tashqari S'yezd Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining, Partiya Markaziy nazorat-taftish komissiyasining taklifiga ko‘ra yoki Partiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan bir qismini birlashtiruvchi bir nechta partiyaning tashkilotlarining talabiga ko‘ra Markaziy Kengash qarori bilan chaqiriladi.
6.3. S'yezd delegatlari Partiyaning hududiy tashkilotlari konferentsiyalarida saylanadi.
6.4. S'yezdning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Se’zdning zarur rahbar va ishchi organlarini saylash, Se’zd delegatlarining vakolatlarini tekshirish, o‘zining ish tartibini belgilash;
Partiya Ustavini va Dasturini qabul qilish hamda tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
Partiya faoliyatining asosiy strategik yo‘nalishlarini belgilash;
Partiyaning matbuot organini tasdiqlash;
Partiyaning Markaziy Kengashi, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash;
Partiyaning Markaziy nazorat-taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash;
Partiyani tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish kiradi.
S'yezd Partiya Ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6.5 S'yezd qarorlari Partiyaning barcha organlari, tashkilotlari va a’zolari uchun majburiy kuchga ega.
6.6. S'yezdlar orasidagi davrda Partiyaning markaziy rahbar organi Partiya Markaziy Kengashidir. U Partiyaning manfaatlarini ifoda etadi va uning nomidan ish yuritadi, Partiya Dasturini, S'yezdlar va Partiya Markaziy Kengashining Plenumlari qarorlarini ro‘yobga chiqarish kabi masalalarni amalga oshiradi.
6.7. Partiya Markaziy Kengashining a’zolari S'yezdda hududiy partiya tashkilotlari vakillari tarkibidan besh yil muddatga saylanadi. Partiya Markaziy Kengashi a’zolarining soni S'yezd tomonidan belgilanadi.
6.8. Partiya Markaziy Kengashining Plenumi Partiya Markaziy Kengashining asosiy faoliyat shakli bo‘lib, yiliga kamida bir marta chaqiriladi va a’zolarining yarmidan ortiq a’zosi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Partiya Markaziy Kengashi a’zolarining uchdan birining tashabbusiga ko‘ra navbatdan tashqari Plenum chaqirilishi mumkin.
6.9. Partiya Markaziy Kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi: