Bog'liq Hisobot-Ekologik partiyaning tashkil topishi, faoliyati va vazifalari
Partiya ramzlarini tasdiqlash;
S'yezd tomonidan unga berilgan boshqa vakolatlar.
6.10. Partiya Markaziy Kengashi S'yezdga hisobdordir.
6.11. Partiya Markaziy Kengashi mazkur Ustavda ko‘rsatilgan vakolatlaridan ba’zilarini Partiya Markaziy Kengashining Ijroiya qo‘mitasiga berishi mumkin.
6.12. Partiya Markaziy Kengashining Plenumlari oralig‘i davrida Ijroiya qo‘mitasi unga S'yezd va Partiya Markaziy Kengashi tomonidan berilgan vakolatlari doirasida Partiya manfaatlarini ifoda etadi va uning nomidan harakat qiladi.
6.13. Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi majlislari zarur bo‘lgan hollarda, lekin kamida uch oyda bir marta o‘tkaziladi.
6.14. Partiyaning Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
hududiy partiya tashkilotlarining faoliyatiga rahbarlik qilish;
S'yezdlarni va Partiya Markaziy Kengashi Plenumlarining chaqirish va o‘tkazish;
S'yezdlar va Partiya Markaziy Kengashi Plenumlarining qarorlarini ijro etish;
Partiya Dasturini amalga oshirilishiga salmoqli hissa qo‘shgan Partiya a’zolarni davlat mukofotlariga taqdim etish;
Partiya a’zolarining markazlashtirilgan hisobini yuritish;
Partiya a’zolik badallari kelib tushishining hisobini yuritib borish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat, tuman (shahar), hududiy partiya tashkilotlari shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va joylarda davlat hokimiyati vakillik organlaridagi partiya guruhi a’zolari, partiyaning boshqa a’zolari va faollarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkillashtirish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, muassasalar va tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik doirasida qabul qilingan dastur va rejalarni ijro etilishini ta’minlash;
Partiyaning yillik byudjeti loyihasini ishlab chiqish va Partiya Markaziy Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish;
Partiya tashkilotlari va korxonalarini tashkil etish, ularning Ustavlarini tasdiqlash, rahbarlarini tayinlash va ularning faoliyatini nazorat qilish;
Partiya oldida turgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Partiya Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi huzurida komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlarini shakllantirish;
hududiy partiya tashkilotlarining Kengashlari Ijroiya qo‘mitalari raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlash;
Partiyaning tuman (shahar) partiya tashkiloti va boshlang‘ich partiya tashkiloti to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlash;
Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining raisi o‘rinbosarlarini, hududiy partiya tashkiloti, tuman (shahar) partiya tashkilotlari kengashi ijroiya qo‘mitalari raisini va boshlang‘ich partiya tashkiloti raisini funktsiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlarini begilovchi mansab yo‘riqnomalarini tasdiqlash;
6.15. Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Partiya ishtirok etadigan saylov kampaniyalarini o‘tkazilishida mas’uldir.
6.16. Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Partiya Markaziy Kengashiga hisobdordir.
6.17. Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarorlar qabul qiladi, mazkur hujjatlar Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining raisi yoki uning tegishli yo‘nalishdagi o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
6.18. Joriy faoliyatini amalga oshirish uchun Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni tashkil etiladi.
6.19. Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining raisi quyidagi vakolatlarga ega: