Siyosatshunoslik” yo’nalishi 2-kurs kechki arab-ingliz guruhi talabasi Miralibekova Barchinoyning amaliyoti bo‘yicha hisoboti toshkent-2022


Partiya Markaziy Kengashi Plenumlariga raislik qilish



Download 138,83 Kb.
bet9/10
Sana19.07.2022
Hajmi138,83 Kb.
#824653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hisobot-Ekologik partiyaning tashkil topishi, faoliyati va vazifalari


Partiya Markaziy Kengashi Plenumlariga raislik qilish;
Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi majlislarida raislik qilish;
Partiya Markaziy Kengashi va uning Ijroiya qo‘mitasi qarorlarini imzolash;
Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, hududiy partiya tashkilotlari devonlarining shtatlar jadvali va xodimlarning mansab yo‘riqnomalari, shuningdek ularning ish tartibini tasdiqlash;
tashkilot nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, ishonchnomalar berish, belgilangan tartibda Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, shuningdek Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni xodimlari, hududiy partiya tashkilotlari Kengashlari Ijroiya qo‘mitalarining raisi va o‘rinbosarlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, Partiya faoliyatiga oid moliyaviy va boshqa hujjatlarni imzolash;
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, siyosiy partiyalar, ilmiy va ta’lim muassasalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qilish;
Partiya Ustaviga muvofiq S'yezd, Markaziy Kengashi va uning Ijroiya Qo‘mitasining vakolatlariga kirmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
6.20. Partiyaning Markaziy nazorat-taftish komissiyasi (bundan buyon Partiya MNTK) Partiyaning markaziy nazorat qiluvchi organi bo‘lib, Partiyaning mansabdor shaxslari va ijroiya organlari, quyi partiya tashkilotlari ustidan ushbu Ustav talablari hamda Partiya rahbar organlarining qarorlarini bajarishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi.
6.21. Partiya MNTK O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, S'yezd tomonidan tasdiqlangan Nizom va ushbu Ustav asosida o‘z faoliyatini olib boradi.
6.22. Partiya MNTK S'yezdda besh yil muddatga saylanadi. Markaziy Kengash a’zolari Partiya MNTK a’zoligiga saylanishi mumkin emas. Partiya MNTK a’zolarining soni S'yezd tomonidan belgilanadi.
6.23. Partiya MNTKning birinchi majlisida Partiya MNTKning raisi va o‘rinbosarlari saylanadi.
6.24. Partiya MNTK vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
Partiya rahbar organlari va barcha darajadagi partiya tashkilotlari tomonidan Partiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, Partiya Dasturi va Ustavining qoidalari, S'yezdlar, hududiy tashkilotlar konferentsiyalari, Markaziy Kengash Plenumlari qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Partiya va uning tuzilmalari moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish hamda tekshirish, Partiyaning moliyaviy, tadbirkorlik va boshqa faoliyati sohalarida amaldagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, Partiya moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini har yillik taftishlarini amalga oshirish.
S'yezdlar oralig‘idagi davrda Partiya MNTK tarkibidan chiqib ketgan a’zolari o‘rniga yangi a’zolarni saylash va ularni keyinchalik navbatdagi S'yezdda tasdig‘iga kiritish;
Partiya faoliyatida taftishlarni o‘tkazishda barcha Partiya mansabdor shaxslari va shtatdagi xodimlardan zarur hujjatlarni talab qilishi;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar va takliflarni Partiya rahbar organlariga kiritish.
6.25. Hududiy, tuman (shahar) partiya tashkilotlarining nazorat-taftish komissiyalari Partiya MNTK talabiga ko‘ra partiya tashkilotining Partiya rahbar organlari qarorlarining bajarilishi, Partiya Ustaviga va moliyaviy intizomga rioya qilinishi borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi zarur hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etishlari shart.
6.26. Partiya MNTK S'yezd oldida hisobdordir.
6.27. Partiya MNTK a’zolari barcha darajadagi Partiya rahbar organlarining majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
6.28. Partiya MNTK mazkur Ustav va S'yezd qarorlaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.


Download 138,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish