Siyosatshunoslik


 Ирхин Ю.В., Зотов В.Д., Зотова JI.В. Политология. — М., 2000. — С. 25


bet11/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Ирхин Ю.В., Зотов В.Д., Зотова JI.В. Политология. — М., 2000. — С. 25.
21


birlari hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlari mohiyatini ochib 
beradi.
«Siyosiy institutlar» kategoriyasi ijtimoiy subyektlar o'rtasi- 
dagi siyosiy munosabatlami tartibga solib turuvchi, muayyan 
subyektlaming manfaatini ko‘zlab ish ko‘ruvchi davlat, huquqiy, 
siyosiy, ijtimoiy muassasa va tashkilotlar.
«Siyosiy hayot» kategoriyasi esa siyosiy hokimiyatni joriy 
qilish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotning bir qismi, sohasi- 
ni ifoda etadi.
Siyosatshunoslik kategoriyalari umumiylik xususiyatiga ega 
bo‘lib, boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlarning ham kategoriyasi 
hisoblanadi. Masalan, ong muammosini sotsiologiya fani guruh 
ongi, davlat va huquq nazariyasi esa huquqiy ong muammosi 
sifatida, siyosatshunoslik fani esa siyosiy ong muammosi tar- 
zida o ‘rganadi, madaniyatni siyosiy madaniyat tarzida tahlil 
etadi.
Siyosatshunoslikning kategoriyalari siyosatga daxldor 
masalalami oydinlashtirishga, bir tushuncha orqali keng m a’- 
noli fikrni umumlashtirgan holda ifodalashga xizmat qiladi.
3. Siyosatshunoslikning vazifalari va usullari
Har qanday fan singari siyosatshunoslik ham muayyan vazi- 
falarni bajaradi. Siyosatshunoslikning siyosiy-ma’rifiy vazifalari 
yuqorida umumiy tarzda yoritilganligi bois, quyida ushbu fan­
ning aniq vazifalari xususida to‘xtalamiz:
1. Siyosiy hodisalarni bilish vazifasi. Bu vazifa orqali inson 
ongida siyosiy voqelik, uning rivojlanishi haqida umumiy bilim 
va tasawurlar hosil bo‘ladi. Jamiyatning siyosiy hayotida ro‘y 
beradigan voqea-hodisalar va o‘zgarishlar ilmiy-nazariy jihatdan 
asoslanadi.
2. Tushuntiruvchilik vazifasi orqali siyosatshunoslik siyosiy 
hodisalar va jarayonlarni tushuntiradi. Siyosiy hayotda paydo 
bo‘luvchi savollarga (xususan, nimaga, qanday sabablarga ko‘ra 
muayyan holat kelib chiqdi kabi) javob beradi. Siyosiy tizim- 
lam ing, davlat institutlari va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning 
o ‘rnini, vazifalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini tushun- 
tirib beradi.
22


3. Siyosatshunoslik siyosiy h odisalar va jaray o n larn i 
tushuntiribgina qolmay, baholaydi ham. Bunda uning baho- 
lash vazifasi o ‘z ifodasini topadi. Jahon tajribasi siyosiy 
qarashlami yagona mafkuraga bo‘ysundirish g‘oyasining asos- 
sizligini hamda siyosiy fikr va demokratiya rivojiga zid ekanligini 
ko‘rsatdi. Hozirgi davrda siyosiy institutlar xilma-xilligi va 
siyosiy plyuralizm avtoritarizm va totalitarizm g‘oyasiga zid 
ravishda aholining jamiyat siyosiy hayotida kengroq ishtirok 
etish in i t a ’m inlam oqda. Shundan kelib ch iq q an holda 
siyosatshunoslik siyosiy tuzumni, undagi siyosiy tartiblarni, 
m uassasalam i, xulq-atvor va voqealarni sinfiylik nuqtayi 
nazaridan emas, balki um um insoniy qadriyatlar, ijtimoiy 
ehtiyojlar asosida baholaydi.
4. Siyosiy bilimlami to'plash, to ‘ldirish va boyitish, qonun 
va tushunchalami ishlab chiqish orqali siyosatshunoslik mavjud 
siyosiy tuzilm alar faoliyatini, ularni yangidan tashkil etish 
tamoyillarini nazariy aks ettiradiki, bu uning nazariyotchilik 
vazifasiga kiradi.
5. Siyosiy jarayonlarni tahlil qilishning muayyan yo‘llarini 
ishlab chiqish siyosatshunoslikning uslubiy vazifasida o ‘z ifoda­
sini topadi.
6. Siyosiy voqelik dalillarini o‘iganish, to ‘plash, ularga tavsif 
berish, dalillami tizimlashtirish, shu asosda siyosiy taraqqiyot­
ning qonuniyatlarini ochib berish siyosatshunoslikning tavsiflash, 
bayon qilish vazifasiga kiradi.
7. Siyosatshunoslik faqat nazariya emas, balki amaliyot ham- 
dir. Amaliy siyosat bilan bog‘liq vazifalami bajarish asnosida 
siyosatshunoslik «Ko‘zlangan siyosiy maqsadni amalga oshirish 
uchun qanday qaror qabul qilish lozim yoki qanday amaliy 
harakat qilish kerak?» kabi savollarga javoblar taklif qiladi.
8. Siyosatshunoslikning eng asosiy vazifalaridan biri aho­
lining siyosiy madaniyatini shakllantirishdir. Zero, siyosiy 
madaniyat jamiyatni birlashtirishga, elita va elektorat munosa- 
batlari barqarorligini ta’minlashga, fuqaroga o‘z huquqlari, siyosiy 
vazifa va manfaatlarini amalga oshirishda imkon beruvchi 
muayyan ko‘nikmalami egallashga yordam beradi.
9. Shu asosda siyosatshunoslik siyosiy xulq-atvomi tartibga
23


solish va siyosiy hayotni mukammallashtirish vazifalarini ham 
bajaradi.
10. Siyosatshunoslik bashorat qilish vazifasini ham ado eta­
di. Siyosiy qarorlar qabul qilishda, siyosiy jarayonlar va 
munosabatlarni modellashtirishda bashorat muhim ahamiyatga 
ega. U jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida obyektiv, qonuniy 
jarayonlarni bilish, real siyosiy vaziyatni, uning asosiy ziddiyat- 
larini va ijtimoiy kuchlar nisbatini tahlil etish asosida voqealar- 
ning qaysi tomonga rivojlanishini oldindan bashorat qiladi. Bu 
bilan u amaliyotda oqilona qarorlar qabul qilish, eng m a’qul, 
to ‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam beradi.
Yuqoridagilardan tashqari siyosatshunoslik jamiyat taraqqi- 
yoti, siyosiy hokimiyatning shakllanishi va amal qilishi, shaxs- 
ning ijtimoiylashuvi, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning 
shakllanishi kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nazariya, 
konsepsiyalarni ishlab chiqish vazifasini ham bajaradi.
Xo‘sh, bugungi sharoitda 0 ‘zbekistonda siyosatshunoslik 
qanday nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda? Quyida ana 
shu savollarga javob beramiz:
1) mamlakatimizning siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan si­
yosiy jarayonlarni tahlil qilish va uni jahonning rivojlangan mam- 
lakatlari tajribalari bilan solishtirish asosida mamlakatimiz, 
millatimiz xususiyatlariga va manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy 
xulosalar berish;
2) 0 ‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga kirib borishining 
qulay yo‘llarini belgilash;
3) jam iyatda demokratik jarayonlarni rivojlantirishning 
mexanizmlarini vujudga keltirish va ularning uyg‘un holatda 
faoliyat ko'rsatishlariga yordamlashish;
4) fuqarolarning siyosiy madaniyati, salohiyati va faoliyatini 
oshirish, ularda mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalarni 
bajarishida yakdillik ruhiyatini, jahonda va mintaqamizda sodir 
bo‘layotgan turli o ‘zgarishlarga siyosiy hushyorlik bilan qarash 
tuyg'ularini shakllantirish;
5) siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va yuksak ilmiy 
salohiyat mamlakat mustaqilligini ta’minlashning, jahonning 
rivojlangan mamlakatlari qatoridan munosib o ‘rin egallashning
24


asosiy sharti ekanligini yoshlarimizning ongi va qalbiga singdirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiya vazifasini amalga oshiradi1.
Siyosatshunoslik siyosiy hodisa va jarayonlarni o ‘rganishda 
xilma-xil usullardan foydalanadi. Bu usullar uning predmetini 
chuqurroq va har tomonlama bilish imkonini beradi. Eng ko‘p 
qo‘llaniladigan ahamiyatga molik usullarni uch guruhga bo‘lish 
mumkin:
— siyosatni tadqiq etishning umumiy usullari (Ularni zamo- 
naviy siyosatshunoslikda ko‘pincha «umumiy yondashuvlar» deb 
ham atashadi);
— siyosatni tadqiq etishning umummantiqiy usullari;
— empirik tadqiqot usullari.
Birinchi guruhdagi eng muhim usul yoki yondashuvlardan 
biri — 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish