Siyosatshunoslik


 Пугачев В.П., Соловьев А.И. Сиёсатшуносликка кириш. — Т., 2004. — В. 31


bet9/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Пугачев В.П., Соловьев А.И. Сиёсатшуносликка кириш. — Т., 2004. — В. 31.
2 Nemis olimi P.Noak siyosatshunoslikni siyosiy nazariya, siyosiy institutlar to‘g‘ri-
sidagi ta’limot, siyosiy sotsiologiya, xalqaro siyosat nazariyasidan iborat fan deb
hisoblaydi.
18


Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, siyosatshunoslik jamiyatdagi 
siyosiy jarayonlarga ta ’sir ko'rsatishda katta imkoniyatlarga ega. 
Siyosiy jarayonlarning borishi, unda ishtirok etayotgan siyosiy 
kuchlar tomonidan siyosatning idrok etilishi, ularning maqsad 
va maslaklari, tashabbuslari, faollik darajalari siyosatda o ‘z 
ifodasini topadi.
Siyosatshunoslik jamiyat hayotining siyosiy sohasini o‘rga- 
nar ekan, unda jamiyatni boshqarishning asosiy institutlari, dav­
lat, partiyalar va boshqa siyosiy-ijtimoiy tashkilotlaming o ‘zaro 
munosabatlari mazmunini, xarakterini ham hisobga oladi. Chun- 
ki siyosiy munosabatlaming natijasi ko‘proq ana shularga bog‘- 
liq bo‘ladi.
Siyosatshunoslik fanida jamiyat siyosiy hayoti, uni harakat- 
ga keltiruvchi siyosiy tuzilmalar va mexanizmlar faoliyatini o‘rga- 
nish yetakchi o ‘rinni egallaydi. Ya’ni, u asosiy e’tiborni siyosiy 
institutlaming asl mohiyatini tashkil etgan davlat, parlament, 
hukumat, siyosiy muassasalar va partiyalar rolini o ‘rganishga 
qaratadi.
Agar siyosiy institutlarni, guruhlami siyosatning subyektlari 
tarzida tasnif qiladigan bo‘lsak, ularni ikki turga ajratish mumkin. 
Birinchisi, ijtimoiy guruhlar, millatlar va 
boshqa ijtimoiy 
qatlamlar o‘rtasidagi munosabatlar, ikkinchisi, siyosiy hokimiyat, 
siyosiy partiyalar, harakatlar bilan muayyan siyosiy kuchlar 
o‘rtasidagi munosabatlar. Bir-biriga to ‘liq mos keladigan yoki 
biri ikkinchisini uyg‘unlashtiradigan maqsadlar yo‘lida siyosiy 
kuchlar o ‘zaro harakat qilishi va konsensusga ega bo‘lishiga 
siyosiy hamkorlikka erishish deyiladi.
Siyosiy kuchlaming o ‘zaro munosabatlarida bir-biriga mos 
kelmaydigan holatlar ayrim hollarda siyosiy ixtiloflarga sabab 
bo‘ladi. Siyosiy munosabatlarda bunday holatlami hisobga olish 
siyosatdagi strategik maqsadlami amalga oshirishning muhim 
omili hisoblanadi.
Demak, siyosatshunoslikning obyektini jamiyatning siyosiy 
tizimi, siyosiy institutlar va turli guruhlar, predmetini esa siyosat, 
siyosiy munosabatlar va hokimiyatning rivojlanish qonuniyatla- 
ri tashkil etadi.
Boshqa ijtimoiy fanlar singari siyosatshunoslik ham muay-
19


yan qonuniyatlarga muvofiq ish olib boradi. Ayrim mualliflar 
siyosatshunoslikning asosiy qonuniyatlarini uch guruhga bo‘la- 
dilar.
1. Siyosiy-iqtisodiy qonuniyatlar — jamiyatning iqtisodiy bazisi 
bilan siyosiy hokimiyat o ‘rtasidagi 
o ‘zaro
aloqadorlikni aks 
ettiradi.
2. Siyosiy-ijtimoiy qonuniyatlar — siyosiy hokimiyatning 
o'ziga xos ijtimoiy tizim sifatidagi rivojlanishini xarakterlaydi. 
Bu asosiy qonuniyat siyosiy hokimiyatning barqarorligini 
mustahkamlashni ifoda etadi.
3. Siyosiy-psixologik qonuniyatlar — shaxs va hokimiyat o‘rta- 
sida amal qiluvchi munosabatlar majmuini tashkil etadi. Bu 
qonuniyatdagi eng muhim jihat siyosiy hokimiyatni qo'lga kiri- 
tish va uni ushlab turishdir. Bu qonuniyat birinchi bo‘lib N. 
Makiavelli tomonidan ta ’riflab berilgan.
Siyosatshunoslikning qonuniyatlari obyektiv xarakterga ega 
bo‘lib, ular ayrim adabiyotlarda1 ikki guruhga ajratib ko'rsatil- 
gan.
Birinchi guruhga mamlakatlaming ichki siyosiy hayotida amal 
qiladigan qonuniyatlar kiradi. Bular ijtimoiy hayotni demokrat- 
lashtirish, siyosiy hokimiyat mexanizmlaridan samarali foyda- 
lanish, siyosiy boshqarish prinsiplariga amal qilish singari ko‘plab 
umumiy qonuniyatlardir.
Ikkinchi guruhni xalqaro siyosiy munosabatlar doirasida amal 
qiladigan umumiy qonuniyatlar tashkil etadi. Bulaiga turli davlat- 
lar bilan siyosiy hamkorlikni amalga oshirish, xalqlaming tinch- 
totuv yashashi uchun kurash, xalqaro nizo va kelishmovchilik- 
larn i b a rta ra f etishda siyosiy vositalardan foydalanish, 
umumbashariy muammolami hal qilishda siyosat kuchidan foy­
dalanish kabi umumiy qonuniyatlar kiradi.
Bugungi kunda rossiyalik olimlar siyosatshunoslikning qonu­
niyatlari to‘g‘risida quyidagi yangi talqinlami ham ilgari surmoq- 
dalar:
— siyosiy va huquqiy madaniyatning rivoji barobarida odam-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish