Siyosatshunoslik


munosabatlari. Siyosatning turlari, yo‘nalishlari va


bet71/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

munosabatlari. Siyosatning turlari, yo‘nalishlari va
shakllari
«Siyosat» tushunchasi. 
Siyosatshunoslik fanini egallash, av- 
valo, siyosat tushunchasini chuqur va har tom onlam a o ‘rga- 
nishni taqozo etadi. C hunki siyosiy hayotda, jam iyatning ijti- 
moiy-iqtisodiy taraqqiyotida siyosat va siyosiy m unosabatlar 
m uhim rol o ‘ynaydi. H a r qanday davlat jam iyatning iqtisodiy, 
ijtim oiy va boshqa m u am m o larin i hal etishda o ‘z siyosiy 
faoliyatini amalga oshiradi. Davlat hokimiyatiga oid munosabatlar 
siyosiy m unosabatlar m ohiyatini tashkil etadi. D em ak, o ‘z- 
o'zidan ravshanki, jam iyatni siyosatsiz, siyosiy m unosabatlarsiz 
ta sa w u r etib b o ‘lm aydi. C hunki siyosat yordam ida jam iyat 
taraqqiyoti yo‘naltiriladi va ta ’minlanadi.
«Siyosat» tushunchasi o ‘zining ijtimoiy mohiyati, m azm uni 
va xususiyatlariga k o ‘ra keng va to r m a’nolarda q o ‘llaniladi. 
Keng m a’noda u jam iyat hayotining xilma-xil sohalarida ro ‘y 
beradigan voqea-hodisalar, o ‘zgarishlarni aks ettiradi. T o r 
m a’noda esa siyosat jam iyat hayotining alohida b ir sohasida, 
y a’n i uning siyosiy sohasida ro ‘y beradigan o ‘zgarishlarni 
ifodalaydi va shu sohaning o ‘ziga nisbatan qo‘llaniladi.
Siyosat — kishilar faoliyatini m uayyan m aqsad atrofida 
birlashtiruvchi, ulam i m azkur maqsadga erishish u chun birlik- 
da harakat qilishga undovchi vosita. M aqsadlar birligining vu- 
judga kelishi — siyosat ibtidosining shakllanishi demak. M aqsad 
birligi kishilik tarixining eng ibtidoiy davrlarida — ibtidoiy jam oa 
tuzum i davrida vujudga kelgan.
Ijtim oiy fanlarda siyosatning kelib chiqishiga o id 3 xil 
yondashuv mavjud:
1. 
Form atsion yondashuvga ko‘ra siyosatning kelib chiqishi 
quldorlik ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasi bilan bog‘liq b o ‘lib,
103


bunda dastlabki m ehnat taqsim oti va uning natijasida vujudga 
keluvchi tabaqalanish, antogonistik sinflarga b o iin ish asosiy 
omillardir. Form atsion yondashuv marksizm mafkurasi bilan 
bog‘liqdir.
2. Funksional yondashuv. Uning asoschisi siyosat va davlat 
haqida ilk bor ilmiy asar yozgan qadimgi yunon mutafakkiri 
Platondir. U shbu yondashuvda siyosat turli vazifalarga ega 
bo'lgan jam oa yoki polis a ’zolarining um um iy maqsad atrofida 
birlashishi sifatida tushuniladi.
3. Kommunikativ, ya’ni insonlar o ‘rtasidagi o‘zaro aloqa 
ehtiyojini siyosat ibtidosi uchun asos qilib oluvchi yondashuv- 
ning asoschisi — Platonning shogirdi Aristotel b o ‘lib, u «Siyo- 
satchi» risolasida tirik mavjudotlar ichida faqat insongina tilga 
ega b o ‘lish baxtiga muyassar bo‘lib, bu xususiyat insonga yax- 
shilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik haqidagi tushunchalami 
idrok etish va bu bilan hayvonot dunyosidan farqlanish im koni- 
ni berishini, bu narsalar majmuasi o‘z navbatida oila va davlatning 
asosini tashkil etishini aytgan. Shuning uch u n olim oilani, 
jamiyatni o ‘zaro aloqa deb, polisni esa yakunlangan va tugal- 
langan o ‘zaro aloqa deb ta ’rifladi. Demak, Aristotelning fikricha, 
siyosat nafaqat kishilar hayoti va faoliyatini bir nuqtaga qara- 
tuvchi, birlashtiruvchi hodisa, balki insonning mohiyati hamdir.
Ayrim tadqiqotchilar siyosatni, hatto san’at darajasiga ko‘ta- 
radilar. M asalan, taniqli nem is olimi Arnold Bergishtresser 
siyosatni kishilarga rahbarlik qilish san’atining oliy ko‘rinishi 
sifatida baholasa, uning vatandoshi Paul N oak esa kishilami 
asosiy ishlarga jalb etish san’ati, deb qaraydi.
0 ‘zbek siyosatshunos olimi A. Qodirov «Siyosat o ‘ta jo ‘shqin 
hodisadir. Unga muayyan holatda qarab bo'lm aydi. Shu m a’- 
noda fransuz tadqiqotchisi J. Byurdoning «Siyosat o ‘zini surat- 
ga olishga im kon bermaydi», degan fikriga qo‘shilish mumkin»,
— deb yozadi. D arhaqiqat, siyosat inson hayotining har bir da- 
qiqasi bilan bog‘liq hodisadir. Uning o ‘zgaruvchanligi insonni 
o ‘rab turuvchi ijtimoiy voqelikning o ‘zgaruvchanligidan kelib 
chiqadi. T urg‘u n holatdagi siyosat haqida faqat o ‘tm ishga 
nisbatan gapirish mumkin, chunki o‘tmish o‘zgarmaydi. 0 ‘tmish- 
dagi siyosat o ‘z izini qoldiradi.
104


Ijtimoiy-siyosiy fanlarda «siyosat» tushunchasiga ko‘plab ta ’- 
riflar berilgan. Bunday ta ’riflar qanchalik ko‘p va xilma-xil 
b o ‘lishiga qaramay, ularda siyosat tushunchasining mohiyatini 
ochib berishda um um iy yondashuvlar ustunlik qiladi. Agar ayrim 
siyosatshunoslar siyosat tu sh u n ch a sin i «davlat boshqaruvi 
to ‘g‘risidagi fan» deb tushuntirsalar, b a ’zilari esa uni siyosiy 
k u c h la r n in g h o k im iy a t u c h u n k u r a s h i b o ‘lib , d a v la t 
hokim iyatining shakllarini ifoda qiladi, deb ta ’riflaydilar.
Siyosat tushunchasi hozirgi zam on siyosatshunosligida m u- 
him o ‘rin egallaydi. M asalan, angliyalik siyosatshunos J. Loski 
o'zining «Siyosatga kirish» (1957) asarida siyosatni davlatning 
faoliyati, uning harakatlarining ifodasi, deb ta ’riflaydi.
S ankt-P eterburg universitetining professori A. Belyayev 
siyosat davlat organlari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar- 
ning jamiyatdagi yirik ijtimoiy guruhlar, birinchi navbatda, sinflar 
va m illatlar o ‘rtasidagi o ‘zaro m unosabatlar sohasidagi faoliyati, 
deya tariflaydi.
Aksariyat o ‘zbek olim larining ta ’kidlashlaricha, «Siyosat — 
bu m uayyan davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyo­
siy harakatlar, jam oat tashkilotlarining m am lakat ichki hayoti- 
da va xalqaro m aydonda m illatlar, sinflar va boshqa ijtimoiy 
guruhlam ing maqsad va m anfaatlarini him oya qilishga qaratil- 
gan faoliyatidir»1.
D em ak, 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish