1 Каримов И А. Узбекистан XXI аср бусагасида: хавфсизликка таздид, бар-
к,арорлик шартлари ва тарак^иёт кафолатлари. — Т., 1997. — Б. 225—226.
2 Рамазонов И., Муминов Э. Политология: Дарслик. - Т., 1997; К,иргизбоев
М. Фу^аролик жамияти: сиёсий партиялар, мафкуралар, маданиятлар. - Т.,
1998; Политология: Укув кулланма / С.Отамуродов, И.Эргашев, ШАкрамов,
А.К^одиров.
—
Т.,
1999; Крдиров А.
К ,.
Сиёсат фалсафаси.
— Т.,
1999; Мамадали-
ев III. О. Узбеки стон сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривож-
ланиш истик;боллари. — Т., 2004; Одилцориев Х.Т., Ройибназаров III.F. Сиё
сий маданият. — Т., 2004; Нишанов М.Н., Джавакова К.В. Политология: Учеб
ное пособие. - Т., 2005; Кадыров А.К. Политология: Курс лекций. - Т., 2006.
4
SIYOSATSHUNOSLIK FANINING PREDMETI,
TARKIBI VA VAZIFALARI
1. Siyosatshunoslikning fan sifatida shakllanishi
«Siyosat» deb ataluvchi ijtimoiy fenomen yoki hodisaga in-
soniyat o‘z taraqqiyotining ibtidosidayoq duch kelgan. 0 ‘tgan
uzoq tarixiy davr mobaynida bir zamonlar urug‘ va qabilalararo
tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar to‘xtovsiz rivojlanib, bu
murakkab dunyoda insonlam i birga yashashdek buyuk bir
san’atni egallashga o ‘rgatdi. Siyosat tom m a’noda odamlaming
ijtimoiy hayotni tashkil etishga oid ehtiyojlarini aks ettiradi va
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining in’ikosi, hosilasi hisob-
lanadi. Uning asosiy vazifasi ijtimoiy hayotning turli sohalarini
yo'naltirish, turli kuchlar manfaatlari muvozanatini topish va
ta ’minlash orqali jam iyat yaxlitligini, jipsligini ta ’minlash,
taraqqiyotning ilg‘or strategiyasini ishlab chiqish hamda hayot-
ga tatbiq etishdir.
Odamlar siyosatni kundalik amaliy tajriba orqali oddiy kuza-
tuvlar va tadqiqotlar natijasida olingan ilmiy bilimlar asosida
idrok etadilar. Siyosat to ‘g‘risidagi kundalik, tartibga solinma-
gan tasawurlar ko‘p ming yillardan buyon mavjud. U yoki bu
shaklda ular har bir insonda mavjud ommaviy ongning ajralmas
qismini tashkil etadi. Bunday tasawurlaiga ko‘ra kundalik hayot-
da aniq maqsadga yo‘naltirilgan har qanday faoliyatni siyosat
deb atash mumkin. Lekin siyosiy hodisalaming asosan tashqi,
amaliy tomonini aks ettiruvchi kundalik bilimlar voqelikni chu-
qur va har tomonlama aks ettira olmaydi. Siyosat to ‘g‘risidagi
kundalik tasawurlaming noaniqligi, cheklanganligi, awalo, «si
yosat» deb ataluvchi hodisaning murakkabligi, ko‘pqirraliligi,
sermazmunligiga borib taqaladi. Shuning uchun ham kundalik
ijtimoiy bilimlar siyosat dunyosida odamlar uchun ishonchli
yo‘llanma bo‘la olmaydi. «Siyosat» atamasining ilmiy talqinlari
birmuncha ziddiyatli bo‘lsa-da, mantiqiy asoslanganligi va tar-
5
tibga solinganligi bilan kundalik tasawurlardan ajralib turadi.
Siyosat t o ‘g ‘risidagi bunday ilm iy, m antiqiy bilim larni
siyosatshunoslik fani o‘rgatadi.
Hozirgi zamon ijtimoiy fanlarining tarkibiy qismi bo'lgan
siyosatshunoslikili o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyat
kasb etadi.
-
Miloddan avvalgi V asrda yashagan buyuk yunon donish-
mandi Aristotel ta’kidlaganidek, awalo, insonning to ‘laqonli
hayot kechirishi uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar faqatgina
jamoada, jam iyatda mavjud bo‘ladi. Xususan, demokratik
tartiblami joriy etishni maqsad qilib qo‘ygan har bir mamlakatda
siyosiy bilim va madaniyat kasbi, jinsi, ijtimoiy mavqeyi,
millatidan qat’i nazar, har bir odam uchun zaruratga aylanadi.
Chunki inson jamiyatda yashar ekan muqarrar ravishda boshqa
odamlar va davlat bilan o‘zaro munosabatlarga kirishadi.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish ommaviy
siyosiy savodxonlikni taqozo etadi, chunki demokratik siyosiy
ta ’limga suyangan jamiyatda mustabidlikka, davlat va ijtimoiy
tuzumning g‘ayriinsoniy va iqtisodiy zararli shakllariga o‘rin
qolmaydi. Demokratik tuzum aholining siyosiy madaniyatisiz
o‘matilishi va samarali bo‘lishi mumkin emas.
Siyosatshunoslik demokratik siyosiy-ma’rifiy vazifani baja-
rish jarayonida asosiy gumanistik qadriyatlar, awalo, har bir
shaxsning erkinligi va sha’ni, uning tabiiy ajralmas huquqlarini
e ’tirof etadi. Siyosatshunoslik fani fuqaroga tegishli ijtimoiy
tuzumni to ‘g‘ri baholash, uning davlatdagi o‘z o ‘rni va rolini,
huquq va majburiyatlarini anglashda yordam beradi. Natijada,
fuqaro boshqalaming huquq va manfaatlarini hurmat qilgan
holda o ‘z manfaatlarini himoya qila olishga, umumiy muam-
molami jamoa bilan hal qilishga o'rganadi. Shuningdek, fuqaroda
demokratik tartibotga va uni ta’minlovchi davlat va ijtimoiy
institutlarga nisbatan hurmat tuyg‘usi shakllanadi.
Siyosat va siyosiy faoliyatning vujudga kelishi eng qadimgi
zamonlardan boshlanar ekan, tabiiyki, siyosat haqidagi dastlab-
ki risolalar va siyosiy qarashlar ham uzoq o‘tmishga borib taqa-
ladi. Siyosatni anglashning tarixan dastlabki shakli uning diniy-
afsonaviy talqini bo‘lib, miloddan avvalgi II—I ming yilliklarda
6
barcha qadimgi xalqlarda hokimiyatning va ijtimoiy tuzumning
ilohiy kelib chiqishi to ‘g‘risida tasawurlar hukmronlik qilgan
hamda bu tasawurlar, odatda, afsonalar tarzida ifodalangan.
Taxminan miloddan awalgi I ming yillikda siyosiy qarash-
laming ratsionallashuvi kuzatila boshlangan. Birinchi siyosiy
kategoriyalar va ta ’riflar, keyinchalik esa falsafiy-axloqiy shakl-
dagi qator ta ’lim otlar paydo boigan. K. Yaspersning qayd
etishicha, miloddan awalgi IX—III asrlar oralig'ida qariyb bir
vaqtda bir-biridan mustaqil tarzda Sharqda — Xitoy, Hindis-
ton, Eron, Falastinda va G ‘arbda — Yunonistonda siyosiy-
huquqiy qarashlami o'zida mujassam etgan madaniy markazlar
vujudga kelgan1. Bu davrda Xitoyda Konfutsiy, Lao-szi, Mo-
szi asarlari, Hindistonda ma’naviy-ruhiy «erkinlik»ni targ‘ib etgan
diniy-falsafiy tizim sifatida Upanishadilar, Xorazm va Eronda
Zardusht ta’limoti, Yunonistonda esa Gomeming «Iliada» va
«Odisseya» dostonlari vujudga kelgan hamda buyuk mutafakkirlar
Geraklit, Demokrit, Suqrot, Platon, Aristotel nomlari dunyoga
tanilgan. Shu
tariqa siyosatni nazariy jihatdan tahlil qilish asoslari
yaratilgan. Biroq qadimgi zamon mutafakkirlarining siyosiy
tadqiqotlari hali mustaqil fan sifatida ajralmagan hamda falsafiy,
axloqiy g‘oyalar bilan uzviy bog‘liq edi. Shu hoi e’tiborga molikki,
aynan qadimgi davrlarda o‘sha mutafakkirlar tomonidan biz
bugun foydalanayotgan falsafiy va siyosiy kategoriyalaming
aksariyat qismi ishlab chiqilgan.
Insoniyat siyosiy tafakkurining g‘oyat katta shitob bilan o ‘si-
shida XVI—XIX asrlar oralig‘ida G ‘arbiy Yevropa mamlakatla-
rida ro‘y bergan iqtisodiy, ilmiy, siyosiy o ‘zgarishlar muhim rol
o ‘ynaydi. Jumladan, italiyalik mutafakkir N. Makiavelli XVI
asrda siyosiy fan, falsafa va axloqni bir-biridan aniq ajratib ber-
di. U siyosiy tadqiqotlami mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida ajratib,
davlat va hokimiyat m asalalarini tahlil markaziga qo‘ydi,
hokimiyat uchun kurash uslublarini ishlab chiqdi. Uning ijodi
siyosatshunoslikning mustaqil fan sifatida shakllanishiga qo‘yil-
gan yirik qadam bo'lishi bilan biiga amaliyot va nazariyaning
yaqinlashuviga shart-sharoit tug‘dirdi. Keyinroq esa Gobbs,
Download Do'stlaringiz bilan baham: |