1 Ирхин Ю.В., Зотов В.Д., Зотова Л.В. Политология. — М., 2000. — С. 31.
Lokk, Monteskyo, Russo, Medison, Berk, Tokvil kabi muta-
fakkirlar tomonidan siyosiy tadqiqotlar yanada rivojlantirildi.
Siyosatshunoslikning boshcja ijtimoiy fanlar tarkibidan mus-
taqil fan sifatida ajralib chiqish jarayoni XIX asr o ‘rtalaridan
XX asr boshlariga qadar davom etdi. Xuddi shu davrda u mus-
taqil fan sifatida to ‘liq shakllandi. Bu jarayonda siyosiy tadqi
qotlar bilan shug‘ullangan ilmiy markazlar muhim rol o‘ynadi.
Jumladan, 1871-yilda Fransiyada «Siyosiy fanlarning ozod
(erkin) maktabi» ish boshladi (Hozir bu maktab Parij universi-
tetining siyosiy tadqiqotlar markaziga aylangan). AQSHning
Kolumbiya universitetida 1880-yildan siyosiy fanlar maktabi,
Angliyada 1895-yildan iqtisodiy va siyosiy fanlarning London
maktabi, 1903-yildan boshlab esa siyosiy fanlarning Amerika
assotsiatsiyasi faoliyat yurita boshladi. Bugun bu assotsiatsiya
16 mingdan ortiq a’zoga ega.
Yuqorida ta’kidlangan ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan
chop etilgan jumal, turli tahlilnoma va boshqa xil nashrlarda
o'sha davr siyosatshunosligining dolzarb muammolari ilmiy
jamoatchilikka havola etilgan.
Siyosatshunoslik shug‘ullangan m uam m olar unda turli
tarmoqlarning turkumlanishiga olib keldi. Jumladan, parlamen-
tarizm masalalari bilan shug'ullangan taniqli siyosatshunos va
sotsiolog G. Moska 1896-yilda «Siyosiy fan elementlari» nomli
asarini, V. Pareto siyosiy elitalar nazariyasini, R. Mixels siyosiy
partiyalar mohiyatiga oid partologiya asoslarini yaratdilar. Shu
tariqa XX asr boshlarida siyosatshunoslikning mustaqil fan sifatida
ajralib chiqish jarayoni nihoyasiga yetdi. Yevropada «siyosat fani»
atamasi e’tirof etilib, keng tarqala boshladi. Biroq 1933-yilda
Germaniyada natsional sotsialistlaming davlat tepasiga kelishi,
so'ngra boshlanib ketgan fashistik terror Yevropada siyosiy
tadqiqotlar rivojiga chek qo‘ydi. Z. Freyd, G. Markuze kabi
o'nlab yevropalik mashhur olimlar AQSHga ketishga majbur
bo'ldilar. Shu bois siyosiy tadqiqotlar markazi ham AQSHga
ko‘chdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin siyosatshunoslikning fan
sifatida taraqqiy etishida yangi davr boshlandi. Bu fanga m u-
ayyan mamlakatlar manfaatlari nuqtayi nazaridan emas, balki
umuminsoniy manfaatlar nuqtayi nazaridan qaraluvchi xalqaro
fan sifatida yondashish kelib chiqdiki, bunda BMTning tashkil
topishi va faoliyati katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, AQSH
va G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarining oliy ta ’lim tizimida
siyosatshunoslik fani XX asming o ‘rtalariga kelib keng qamrovli
o ‘rinni egallay boshladi. 1948-yili Parijda BMTning ta ’lim,
fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — YUNESKO
tashabbusi bilan siyosatshunoslaming xalqaro konferensiyasi
o ‘tkazildi. Konferensiyada siyosiy fanlami siyosiy nazariya, si
yosiy institutlar, partiyalar, guruhlar, ijtimoiy fikr, xalqaro mu-
nosabatlardan iborat to ‘rt guruhga bo ‘lish hamda YUNESKO
a ’zolari b o 'lg an m am lakatlar oliy t a ’lim tizim ida siyo-
satshunoslikni fan sifatida o ‘qitishni yo'lga qo‘yish taklif etildi.
G 'arbiy Yevropaning barcha, Sharqiy Yevropaning ayrim
davlatlari ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etdilar. Shu asnoda
asta-sekin siyosiy fan institutlari tiklandi. 1949-yilda siyosiy
fanlarning xalqaro assotsiatsiyasi tashkil etildi. 1956-yilda
Fransiyada siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasi joriy etildi.
Siyosiy guruhlar va siyosiy muvozanat nazariyasi bo‘yicha D.
Trum en, D. Iston, R. Teylor; siyosiy tizim lar nazariyasi
bo‘yicha D. Iston, R. Aron; partiyaviy tizimlar b o ‘yicha M.
Dyuveije, U. Bemxem; siyosatning tarkibiy-funksional masala
lari bo ‘yicha T. Parsons, Ch. Bernard, R. M erton kabi olimlar
dunyoga tanildilar. Siyosatda konflikt va konsensus nazariya
si, qiyosiy siyosatshunoslik sohalarida S. Lipset, G. Almond,
S. Verba kabilar salmoqli asarlar yaratdilar. Natijada, XX
asming so'nggi choragiga kelib siyosatshunoslik alohida nufuzga
ega bo'lgan fan sifatida shakllandi.
Biroq sobiq SSSR va unga mafkuraviy tobe davlatlarda siyo
satshunoslik fani o‘qitilmadi, fanga doir biror jum al yoki gazeta
nashr etilmadi. Chunki mustabid tuzum fuqarolaming siyosat
ilmidan xabardor bo‘lishlari ularda kommunistik partiya va sovet
davlati siyosatiga nisbatan tanqidiy, hech bolmasa tahliliy yonda-
shuvni shakllantirishidan xavfsirar edi. Faqat SSSRning parcha-
lanishi tezlashgach, ya’ni 1989-yildan boshlab Rossiyada bu fan
plyuralistik asosda mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. So-
vetlardan keyingi makonda tashkil topgan mustaqil davlatlarda
9
siyosiy ta’lim va siyosiy madaniyat masalalariga qiziqish ommaviy
tarzda keskin kuchayib ketdi.
Jumladan, 0 ‘zbekistonda ham davlat mustaqilligining qo‘lga
kiritilishi siyosiy fanlami o'rganish va o‘qitishga nisbatan eskicha
yondashuvlarni batam om o ‘zgartirib yubordi. M ustaqillik
sharoitida oliy ta ’lim tizimini takomillashtirishning dastlabki
choralaridan biri m am lakatim izda siyosatshunoslik fanini
o‘rganish va o'qitishga kirishishdan iborat bo‘ldi. Chunki, amalga
oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlaming samarali bo‘li-
shi fuqarolaming siyosiy fan va demokratik madaniyat asoslari-
dan qanchalik xabardorliklariga bevosita bog'liqdir. Demokra
tik islohotlami yanada chuqurlashtirish va jamiyatni sifat jihatdan
yangi pog‘onaga ko‘tarish fuqarolardan awalgidek qaram, mute,
beparvo bo‘lib qolishni emas, balki erkin, mustaqil mushohada,
siyosiy madaniyatda keskin o‘zgarishlar yasash, bozor iqtisodi-
yotiga va demokratiyaga mos bo‘lgan omma mentalitetini shakl-
lantirishni taqozo etmoqda. Mustaqillik va o ‘zlikni anglashning
kuchayishi jarayonida ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy
faoliyat, davlat, siyosiy partiyalar, nodavlat, nohukumat tashki-
lotlarining ish usullarini, siyosat va inson, davlat va jamiyatning
•o‘zaro munosabatini, siyosatshunoslikning asosiy tushunchalarini
anglashga bo‘lgan ehtiyoj tobora kuchaymoqda. Shu bois
siyosatshunoslikni o ‘rganish inson kamolotining, mamlakatda
demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning zarur shartiga
aylanmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimiz Prezidenti
I. A. Karimov: «Ko‘p asrlik tariximiz shuni ko‘rsatadiki, inson
dunyoqarashining shakllanishida m a’rifatning, xususan, ijtimo
iy fanlarning o ‘m i beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo‘ladimi,
psixologiya yoki iqtisod bo‘ladimi — ulaming barchasi odam-
ning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega»1,
deb ta’kidlagan edi.
Mamlakatimiz oliy o ‘quv yurtlarida 1992-yildan boshlab
siyosatshunoslik fanini o ‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Bu harakat, av-
valo, siyosiy bilimlarga nisbatan ijtimoiy ehtiyojni qondirish
Download Do'stlaringiz bilan baham: |