Siyosatshunoslik


 Дунё ниговдцаги етакчи / / Huniyat. - 2006. 21-iyun. - №23


bet128/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

1 Дунё ниговдцаги етакчи / / Huniyat. - 2006. 21-iyun. - №23.
179


Yetakchi bilan munosabatlaming shakllanishi va amal qili- 
shida siyosiy faollaming roli kattadir. Aynan tarafdorlar, ya’ni 
konstituyentlar o ‘z yetakchilarining shaxsiy sifatlarini va 
im koniyatlarini baholay oladilar, uni qo ‘llab-quvvatlash 
kampaniyasini tashkil etadilar, bir so‘z bilan aytganda yetak- 
chini «yaratadilar».
Biroq ancha afzalliklariga qaramay vaziyatlar nazariyasi kabi 
konstituyentlar nazariyasi ham siyosiy yetakchining hokimiyatni 
egallagandan keyin nima sababdan o‘zini hokimiyatga keltiigan 
qatlam va tarafdorlaming manfaatlariga zid harakatlar qilishi 
sabablarini tushuntirib bera olmaydi. Tarix saboqlari shuni 
ko'rsatadiki, ko‘pgina siyosiy yetakchilar hokimiyatga kelgach, uni 
hokimiyat tepasiga keltirgan qatlamlar va guruhlar manfaatlariga 
qarshi faoliyat yuritganlar. Bunga yorqin misol A Gitleming siyosiy 
faoliyati bo‘lib, u hokimiyatga chiqqandan keyingi yillar davomida 
uni hokimiyatga keltirgan tarafdorlarining bir qismini yo‘q qildi. 
Bunga o'xshash misollami Sharqda shayboniylardan Abdullaxon 
II ning o‘g‘li Abdulmo'min faoliyatida ham ko'rishimiz mumkin.
Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo'ladiki, yetakchi va 
konstituyentlar o‘zaro ta ’sirini ikki tomonlama yo‘naltirilgan 
harakat sifatida qarash lozim. Buning ustiga yetakchilar o ‘z 
ijtimoiy tayanchlarini muayyan darajada o‘zgartirishlari mumkin. 
Bunday hoi, ayniqsa, avtoritar va totalitar siyosiy tuzumlarda 
fojiali tus olishi mumkin. Buning sabablari siyosiy tizimning 
xarakteriga, rahbar qo‘lida hokimiyatning jamlanishi darajasiga 
va umuman jamiyatning siyosiy madaniyatiga borib taqaladi.
Siyosiy yetakchilik tabiatini, uning subyektiv mexanizmlarini 
tushuntirish va uni bir xilda izohlash murakkab. Bu jarayonni 
o ‘rganishda psixoanalitika nazariyasi ancha yutuqlarga erishgan. 
Ushbu nazariya asoschisi Z. Freyddir. Bu nazariyaga ko‘ra, siyo­
siy yetakchilik negizida sensual xarakterdagi, ya’ni sezgi, hissi- 
yotlarga asoslangan mayllar yotadi. Sublimatsiya, ya’ni boshqa 
holatga o‘tish jarayonida u ijodiy faoliyatga, jumladan, siyosiy 
yetakchilikka ham intilish sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina 
kishilarda rahbarlik lavozimlarini egallash subyektiv kompensa- 
torlik vazifasini bajaradi. Turli kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, 
nomukammallik, qadrsizlik hissiyotini yengishga yordam beradi.
180


Siyosiy yetakchilikning psixoanalitik nazariyasiga hissa 
qo‘shgan Frankfurt maktabi vakillari E. Fromm va T. Adomo- 
lar avtoritarizmga moyil va hokimiyatga intiluvchi shaxs tipini 
aniqladilar. Bunday shaxs ommaviy ishonchsizlik, asabiylik 
hukmron bo‘lgan nosog'lom ijtimoiy muhit, oilaviy nevroz hola- 
tini keltirib chiqaruvchi sharoitlarda shakllanadi. Kishi bunday 
sharoitda bulaming hammasidan qutulish uchun hukmronlik 
yoki bo ‘ysunish munosabatlaridan qochishga intiladi.
Yetakchilik — avtoritar shaxs uchun o ‘zining o‘zgaruvchan 
kayflyatlaridan xoli b o ‘lishga va o ‘z irodasiga boshqalarni 
bo‘ysundirishga imkon beradigan psixologik ehtiyoj. Boshqalar 
ustidan cheksiz hukmronlik qilish bunday kishiga o ‘ziga xos 
sarxushlik baxsh etadi. U o‘ziga xos sadizm, zo'ravonlik shaklidir. 
Boshqalaming kuchsizligi avtoritar tipdagi individlarda nazorat 
va ulam i kamsitish istagini uyg‘otadi. Shu bilan birga, avtoritar 
shaxs mazoxistik xususiyatga ham egadir, o ‘zidan zo£rroq kuch 
bilan to ‘qnashganda unga sajda qiladi. Boshqalaming kuchsizligi 
unda g'azablanish, ulami tahqirlash kayfiyatlarini tug‘diradi.
Bunday xulq-atvor shakli psixologik ma’noda kuchlilikning 
emas, kuchsizlikning namoyon bo'lishidir. Avtoritar shaxs haqqoniy 
kuchga ega bo‘lmasdan, boshqa kishilar ustidan humronlik qilish 
yordamida shu kuchga egaligiga o‘zini ishontirishga harakat qiladi. 
Bunday shaxs irratsionaldir, ular johillikka, mistikaga moyil bo‘lib, 
birinchi navbatda hissiyotlar asosida ish yuritadi, tenglik va 
demokratiyaga toqat qila olmaydi. Boshqa barcha kishilami «kuchli
— kuchsiz» munosabatlari vositasida idrok etadi. Umuman, psixo- 
analitika nazariyasi siyosiy yetakchilikka intilishning barcha 
sabablarini qamrab ololmasa-da, uning asosiy ichki sabablari 
haqidagi tasawurlami ancha kengaytirdi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish