2. Mikrokreditlash operatsiyalari va ular hisobining tashkil etilishi О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit siyosati-bank rahbariyatining kredit ajratish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlarni oldini olish bо‘yicha о‘z yо‘nalish va mutodlarini, shuningdek kredit portfelini samarali boshqarish yuzasidan bank rahbariyati va xodimlariga kо‘rsatmalarni belgilaydi. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq kо‘rsatishi va aniqlab berishi shart.
О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit siyosatining asosiy vazifasi bо‘lib, tadbirkorlik subektlariga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi shakllanayotgan tadbirkorlik subektlarini moliyaviy quvvatlash, kichik biznes, tadbirkorlik subektlariga, fermer xо‘jaliklariga о‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun kreditlar berish hamda aholi moliyaviy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan uzoq muddatga foydalanilgan xalq istemol tavarlari xarid qilish uchun istemol kreditlari ajratish, shuningdek uzoq muddatli investisiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta’minlash, mijozlar bilan о‘zaro ishonch va xurmat asosida tayyangan mustahkam о‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni ta’minlash, xududning kreditlarga bо‘lgan ehtiyojini qondirishdir.
О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aksariyat xar bir mijozga individual yondashgan holda xarajatlarni qoplash uchun yetarli darajada daromad olish maqsadida xizmat kо‘rsatish bо‘yicha tariflari va kredit foizlarini о‘rnatadi va о‘zgartirib beradi, bozor konyukturasidan kelib chiqib, boshqa banklar о‘rtasida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida о‘zining moddiy texnik holatini rivojlantiradi va mustahkamlaydi.
Kreditlarning stategik yо‘nalishlari bank kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. Mazkur kredit siyosati bank ichki normativ hujjati, hisoblanib barcha filiallar tomonidan kredit amaliyotlarni bajarishda foydalanishi majbur hisblanadi va bank kredit xodimlariga qо‘llanma bо‘lib xizmat qiladi. Shunindek, О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tadbirkorlarning doimiy о‘zgarib turuvchi talabaga javob berishi, korxonalarga iqtisodiyotga bо‘ladigan о‘zgarishlarni inobatga olgan holda faoliyat kо‘rsatishga yaqindan yordam beradi.
О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit siyosati asosida quyidagi qо‘nalishda kreditlash va boshqa aktiv jarayonlari amalga oshiriladi:
kichik beznes va tadbirkorlik subektlarini kreditlash;
istemol va ipoteka kreditlari ajratish;
xorijiy kredit linziyalarini jalb qilingan holda kredit ajratish;
boshqa qonunchilikda cheklanmagan yо‘nalishlar bо‘yicha kreditlash.
Kreditlar alohida usulda hisobvarag‘i orqali ikki xil uslubda ajratiladi.
Birinchi uslub: kredit liniyasi ochish orqali-ya’ni bank mijozga alohida ssuda hisob-varag‘ida kredit shartnomada kelishilgan mablag‘larni mijozning talabiga muvofiq bosqichma-bosqich ajratib berish majmuriyatini oladi. Bunda, bank qarzdorga kredit liniya ochilgan summa miqdoridan oshmagan miqdorda davriy ravishda kredit ajratib boradi. Kredit liniyadan foydalanuvchi liniya ochilgan davri ichida ma’lum davrda tо‘liq yoki qisman sо‘ndirgan holda va yana takroran undan foydalanishi mumkin. Bunda, qarzdorga ajratilgan kredit uchun foizlar xaqiqatda ajratilgan kredit summasi va uning foydalanish davridan kelib chiqqan xolda xisoblanadi. Bu turdagi kredit uchun kredit taminoti umumiy asosda kredit liniyaniyasi ochmasdan – yani, bank tomonidan mijoz ssuda xisobvarag‘iga kredit shartnomada kelishilgan mablag‘larni mijozning birinchi talabiga muvofiq ajratib berish majburiyatini oladi. Bunda bank mijozdan shartnoma shartlari buyicha foydalanilgan krediit mablag‘lar uchun foizni xisoblab undiradi.
Investision loyihalarni moliyalashtirish.
- bank tomonidan qurilish, rekanstruksiyasi qilish yoki texnik qayta jixozlash, (jixozlarni sotib olish, qurilish-mantaj va boshqa ishlarni amalga oshirish kabilar) shuningdek, boshka asosiy fondlarni sotib olish yoki shakllantirish, ushbu sotib olish bilan bog‘lik bо‘lgan, ishlab chiqarish obektlarining normal faoliyatini taminlash, xizmat kursatish soxasi uchun zarur bulgan ishchi kapitalni shakllaantirish uchun buladigan kredit turidir. Investisiya loyixasini amalga oshirishda uning monitoringgini olib borish tizimmining amal qilishi, loyixaning nafaqat iqtisodiy samaradorligini, shuningdek ishtimoiy samaradorligini, shuningdek ijtimoiy samaradorligini va siyosiy axamiyatini oshirishga xizmat qiladi. U cheklangan muddat va vaqt mobaynida foyda olishi yoki ijtimoiy samaraga yerishish maqsadida bir-biri bilan bog‘liq, bir-biri bilan aloqadorlikdagi murakkab tadbirlar yig‘indisi atroflicha о‘rganiladi. Texnik iqtisodiy asoslanishi talabaga javob bermaydigan, tavakkalchiligi yuqori bulgan xamda kreditning tamoyillaridan biriga javob bermaydigan loyixalar moliyalashtirilmaydi.
Investitsion loyixalarni yekspertizadan utkazishda loyixa tashabbuskori – mijozning kreditga layoqatliligi amaldagi balans xisoboti, dibitor- kreditor qarzlar yoyilmasi, pul oqimlari tо‘g‘risidagi xisobot, daromadlar va xarajatlar xaqida xisobot xamda boshqa malumotlar asosida aniqlanadi. Kreditga layoqatliligining asosiy keyeffitsint kо‘rsatgichlari bо‘lib qoplash, likvidlik va о‘z mablag‘lari bilan taminlanganlik keyeffitsentlari va aylanma mablag‘larning mavjudligi asosiy kо‘rsatkichlar xisoblanadi. Bundan tashqari loyixaning samaradorligi va о‘zini о‘zi qoplash keyeffitsentlariga aloxida etibor qaratiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan yuridik shaxs maqomiga yega bо‘lgan korxona va tashkilotlarni xorijiy valyutada kreditlash amalga oshiriladi. Kreditlar asosan yeksport uchun yetkazib berilayotgan, shu jumladan, О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida foydalaniladigan tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sifatini yaxshilash uchun muljallangan uskunalar, matiriallar, yangi buyumlarning namunalari, boshqa moddiy boyliklar va texnalogiyalar importi bilan bog‘liq bо‘lgan invistitsiya loyixalarini moliyalash uchun beriladi. Xorijiy valyutadagi kreditlar bank qarz oluvchi bilan tuzadigan kredit shartnomalariga belgilab beriladigan tijorat shartlarida, xorijiy valyutada foizlarni undirish bilan beriladi. Qarz oluvchilarga xorijiy valyutadagi kreditlarni berish tug‘risidagi masalalarni xal
etishda asosiy tamoyil – kreditlanayotgan tadbirlarning valyutada о‘zini – о‘zi qoplashidan kelib chiqqan xolda ularni tо‘lash manbalar mavjudligiga aloxida axamiyat beriladi.
Qarz oluvchi tomonidan bankga taqdim yetilgan taqdimnoma va unga ilova qilingan xujjatlar quydagi axborotlarni о‘z ichiga oladi:
kreditni olishdan kо‘zlangan maqsadni, kredit olish zarur bо‘lgan miqdor va muddatini;
xorijda xarid qilinayotgan tovarning, mamlakatning tavsifini, tulov valyutasini, qiymatini uskunalarni sotib olishda-zarur xom ashyo bilan taminlash tug‘risidagi malumotnoma;
kreditlanayotgan tadbirning texnikaviy – iqtisodiy asoslarini uning valyuta bilan о‘zini о‘zi qoplashi;
kreditdan foydalanish va uni tо‘lash mudatining hisobi.
Xorij kredit liniyalarini jalb etgan holda guruh kafilligi asosida kreditlar ajratish ishlab chiqilgan bank ichki meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Kredit siyosati talablari asosida xususiy tadbirkorlik subektlarini kreditlash, moliyaviy xizmatlar kо‘rsatish, iste’mol va ipoteka kreditlari ajratish, korporativ mijozlarni kreditlash, iste’mol va ipoteka kreditlari ajratish, korporptiv mijozlarni kreditlash, investision loyihalarni kreditlash, xorij kredit liniyalarini jalb etgan holda kreditlash va boshqa qonunchilikda cheklanmagan yо‘nalishlar bо‘yicha tashkil etilgan kredit hisob-kitob munosabatlari tahlili asosidagi tegishli hisobotlar Bank boshqaruviga kiritib boriladi.
Bank kredit siyosati bank tomonidan belgilangan cheklovlar asosida kreditlarni konsentrasiyalash ustidan nazorat va monitoring о‘zgartirishni talab etadi. Xarajatlarni konsentrasiyalash kreditlarni ma’lum bir ishlab chiqarish tarmoqlari, ma’lum bir jismoniy shaxslar bilan bog‘liq biznes turlari bо‘yicha, ma’lum bir ta’minot asosida va boshqalarni inobatga olib konsentrasiyalashdan iborat.
Kreditlarni diversifikatsiya qilish maqsadida kredit portfelini har xil parametrlar bо‘yicha (kredit turlari, xalq xо‘jaligi tarmog‘i, giografik joylashishi va boshqalar) har oyda monitoring о‘tkazib boriladi.
Kredit siyosati talabalaridan kelib chiqqan holda, berilgan ma’lumotlarni haqoniyligi, kredit maqsadi, muddati va qaytishi hamda foiz darajalarini о‘rnatilishi tahlil qilinadi. Bank rahbariyatiga har oyda kreditlarning turi, muddati va maqsadi bо‘yicha ma’lumot taqdim etiladi.
Kredit noziri kerakli hujjatlarni jamlab quyidagilarga nisbatan talabnoma shartlarini tekshiradi:
bank kredit siyosati va boshqa kutilayotgan xarajatlarga nisbatan qо‘yilgan talablarga mos kelishi;
mijozning kreditga layoqatligi;
taqdim etilayotgan ta’minotning likvidliligi va baholanishi;
bank uchun daromadliligi.
Kredit olmoqchi bо‘lgan mijozning moliyaviy holati tahlili qilinadi. Uning kreditga layoqatliligi quyidagi kо‘rsatkichlar bо‘yicha aniqlanadi:
Kreditga layoqatlili – xо‘jalik subektlari moliyaviy xolatini kredit va unga xisoblangan foizlarni muddatida va tо‘liq tо‘lay olishi qobilyati nuqtai nazaridan baxolash. Kreditga layoqatlilik xо‘jalik subektining balansi va daromad va xarajatlar bо‘yicha xisoboti buyicha baxolanadi. Shuningdek, zarur xollarda statistika malumotlaridan va bankning analitik malumotlari va bishqalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish taxlala va koefesentlari xajmi asosida xо‘jalik organlari kredit qobiliyatining 3 sinfi bо‘yicha tavsiflanadi va qaysi sinifga qarab, bank bilan korxona о‘rtasidagi kredit munosabatlari shakllantiriladi.
Birinchi sinfga kiritilgan korxonalar umumiy asoslarda kreditlanadi. Ular uchun imtiyozli kreditlash tartibi ham kо‘zda tutilishi, ya’ni ishonch asosidagi krediti berilishi, qо‘shimcha ma’lumotlar va hisob-kitoblarsiz (ma’lumotlarda berilgan kо‘rsatkichlarga ishonilgan holdi) kredit berilishi va boshqa imtiyozlar tayinlanishi mumkin.
Ikkinchi sinfga kiritilgan korxonalar umumiy asoslarda kreditlanadi va agar qо‘shimcha ijobiy kо‘rsatkichlar bо‘lsa, imtiyozlar ham burilishi mumkin. Agar, ikkinchi sinifga kiritilgan xо‘jalik organida uni barqaror emas hisoblansa asos bо‘ladigan qо‘shimcha salbiy kо‘rsatkichlar bо‘lsa, bunday xо‘jalik organlari bilan shartnomalar tuzilayotganda uning faoliyatini va kredit qaytarilishini nazorat qilish yuzasidan qо‘shimcha chora-tadbirlar belgilanadi. Xususan, garov huquqini qattiylashtirish, foiz stavkalarini oshirish, kafolatlar berish va qarzlardan foydalanish hajim va muddatlarini cheklash kabilar shular jumlasidandir.
Uchinchi sinfga kiritilgan korxonaldar kreditni qaytara olmaydigan subektlar hisoblanadi va faqat istisnoli hollarda, yuqori tashkilot kafolati bilan yoki mulkni garovga olib, oshirilgan foiz stavkasini undirish sharti bilan kreditlanadi.
Kreditlarni qaytarish muddati kredit turi, maqsadi va mijoz faoliyatidagi pul oqimidan kelib chiqqan holda amaldagi tadbirlar asosida belgilanadi.
Kreditni qaytarish va unga bo'lgan foizlar bashorat qilinadigan pul oqimini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan qayta to'lovlar jadvalidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bank yirik sarmoyaviy loyihalarni sindikatlashtirilgan kreditlashda ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, Bank kafolat va kafil bo’la oladi.
Kreditlash, kredit oluvchining moliyaviy holati va kredit qaytarilmasligi xavfini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan biznes-reja, uning moliyaviy xolatini, kreditni qaytarish buyicha majburiyatlarini ta’minlash manbalarini aniqlab tahlil etish asosida kreditlarni qaytarilishini ta’minlash bо‘yicha tuman boshlig‘i ma’sul hisoblanadi. kreditlar maskur kredit siyosati bilan belgilab berilgan talablarga tо‘liq rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Har oyda о‘tkaziladigan monotoring natijasida vujulga kelishi mumkin bо‘lgan muomalalar oldindan bartaraf etilishi ta’minlanadi.
Qisqa muddatli kreditlar bir yilgacha muddatga ajratiladi. Kreditning asosiy summasi asosan kredit muddatining oxirida yoki biznes rejadan kelib chiqqan hola belgilangan qaytarish grafigi asosida qaytariladi. Foizlar kredit berilgan kundan hisoblanadi.
Kreditning qaytarish grafigini har bir sohaga alohida e’tibor bergan holda amalga oshiriladi:
qishloq xо‘jaligi mavsumiy xarakterga ega ekanligini e’tiborga olgan holda, g‘alla yetishtiruvchi xо‘jaliklarga, ajratilagn kreditlarni qaytarish sanasi ni iyul-aktyabr oylariga belgilash, tavsiya etiladi;
uzoq muddatli ajratilagn kreditlarni undirishda ham mavsumiy xarakterni inobatga olib kreditni xar yili tо‘rt sa undan ortiq etablarda qaytarish grafigini belgilash tavsiya etiladi;
xо‘jalik yurituvchi subektga qisqa muddatli xom ashyo xarid qilishga kredit ajratilganda, dastlabki 3 oy imtiyozli davr ajratilib keyingi oydan boshlab kredit bо‘yicha qarzdorlikni imtiyozli qaytarish bо‘yicha oyma-oy qaytarish garafigani belgilash tavsiya etiladi;
xо‘jalik yurituvchi subekt tomonidan ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish uchun kredit ajratilganda qaytarish biznes rejasining pul oqimidan kelib chiqqan holda aniq grafik belgilanadi. Bunda olti oy imtiyozli davr sifatida qarzdor ixtiyorida qoldirilib, 7 oydan kredit dо‘yicha qarzdorlikni oyma-oy qaytarish tavsiya etiladi;
о‘n milion sumdan yuqori miqdorda aylanma mablag‘ uchun kredit ajratilganda bir oy imtiyozli davr belgilanib ikki oydan boshlab kredit bо‘yicha qarzdorlikni oyning 10 sanasida qaytarish grafigini belgilash tavsiya etiladi;
istemol krediti asosida kredit ajratilganda ijtimoiy shaxsning daromadlari tushimiga qarab oyma-oy qatarish garfigini belgish tavsiya etiladi.
Kredit maqsadsiz ishlatilganda foizlar muddatida tо‘lanmaganda loyiha taqdim etilmay biznes rejaga nisbatan mos keladigan holda realizasiya qilinganda, kredit asosiy summasi va foiz tо‘lovlari garafik muddatlarida qaytarilmaganda monitoring jarayonida ta’minotga qо‘yilgan mulk holati yomonlashganligi aniqlanganda kredit muddatidan oldin undiriladi, nazorat qilinadi. О‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati tо‘g‘risidagi” qonunning 20-moddasiga asosan О‘zbekiston Respulikasida banklar bank operasiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar.
Moliyaviy inqizoz davom etayotgan bir paytda О‘zbekistonda bank tizimini qо‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan olib borilayotgan banklarni qо‘llab-quvvatlash natijasida, ularni tо‘lovlilik qobilyatini oshirish ortib bormoqda. О‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank misolida 2016-2018 yillardagi faoliyatini о‘rganganimizda Bankning kredit operasiyalari 2016 yilga nisbatan 2017 yilda berilgan qisqa muddatli kreditlar nisbatan 98307396 sumga ortganligini 2018 yilga ham berilgan qisqa muddatli kreditlar hajmi kо‘payganlishgini ya’ni 247817680 sumga bajarilganligini kо‘rish mumkin. Berilgan uzoq muddatli kreditlar bankning asosiy operasiyalaridan biri hisoblanib bankning xizmati yildan yilga ortib bormoqda. Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinib turibdiki 2016 yilga nisbatan 2017 yilga 22,95 foizga о‘sgan uoq muddatli kreditlar 2018 yilga kelib yana 9,51 ga foizga ortgan. Bu esa banklarni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash natijasida bank faoliyatini yildan yilga kengayib borishiga zamin yaratmoqda.
Bankning kredit operasiyalarida 2016 yilda 2492609008 sumni tashkil etgan bо‘lib bunda uzoq muddatli kreditning ulishi 69,96 foizni ya’ni qisqa muddatli kreditlarga nisbatan 39,92 foiz kо‘p ekanligini bildiradi. Bu kо‘rsatkichlar 2017 yilga kelib о‘skanini kо‘rishimiz mumkin. Belgilangan kreditlar summasida uzoq muddatli kreditlarning hajmi 91,68 foizni tashkil etgan va о‘tgan yilga nisbatan о‘sish kuzatilgan jadval ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki bank о‘z faoliyatini davomida uzoq muddatili kreditida axamiyat qaratgan. Uzoq muddatli kreditlar tadbirkorlik faoliyatini yurituvchilar uchun qulay hisoblanadi. Uzoq muddatli kreditlar kapital quyilmalarni, loyihalarni moliyalashtirishda asosiy manbai sifatida davlatimiz iqtisodi va rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz bank amaliyotida О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004 yil 17 iyuldagi 578-sonli “О‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi boshqaruvlari hisob-varaqalar rejasi” nomli yо‘riqnomasiga asosan о‘rta muddatli kreditlar toifasi bekor qilindi (1-jadval).