Reja: Kirish Ichki auditni tashkil etishning maqsadi va vazifalari Ichki auditning normativ asoslari Ichki audit tizimiga qo’yilgan talablar Ichki audit natijalarini umumlashtirish va baholash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 185,18 Kb.
bet1/10
Sana20.06.2022
Hajmi185,18 Kb.
#679223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
audit kurs ishi (3)


Reja:
Kirish………………………………………………………………….……..3

  1. Ichki auditni tashkil etishning maqsadi va vazifalari………………...….6

  2. Ichki auditning normativ asoslari…………………………………..…..14

  3. Ichki audit tizimiga qo’yilgan talablar…………………………….…...26

  4. Ichki audit natijalarini umumlashtirish va baholash……………………33

Xulosa………………………………………………………………….…...44
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………...46


Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lishning asosiy quroli bu ichki auditdir.
Shu o`rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilgi murojaatnomalarida “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerakligi va shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarurligi ta`kidlab o`tgan bo`lsalar Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Unga ko`ra iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti bo‘lgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz, , iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifadir.Kelgusi yili eksport hajmini 30 foizga oshirib, 18 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilib qo‘ymoqdamiz. Biz eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishimiz, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirishimiz zarur.”1deb ta`kidlab o`tdilar.
Korxona ichki auditi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida” gi nizom asosida tartibga solinadi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda, shuningdek aktivlarning balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida ichki auditni tashkil etishga qo‘yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi.2
Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ichki audit — korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to‘liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi bo‘yicha korxona tarkibiy bo‘linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati;
Ichki audit xizmati — mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linmasi.
Korxona ichki auditi nazoratning bir shakli sifatida bozor munosobatlariga asoslangan tizimga mos keladi. Korxonaning turli xalkaro tashkilotlarda faol qatnashishi, jahon iqtisodiyot hamjamiyatiga qo’shilishi jarayonida iqtisodiy ko’rsatkichlarni xorijiy mezonlarga taqqoslanishi ichki auditning uslubiy tamoyillarini jahon amaliyotida qabul qilingan standartlar talabiga javob berishini ta’minlashni talab etmoqda.
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida korxonaning hisobotni ichki audit yordamida tasdiqlashning roli va ahamiyati ham oshadi, bu axborotlar investitsiya va moliyaviy faoliyatda turli bitimlar tuzish chog’ida boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish uchun ham asos bo’ladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda uning infratuzilmalaridan biri bo’lgan korxonalarda ichki auditorlik faoliyatini mujassamlashtirishda ichki audit faoliyatini kompyuterlashtirish ishlarini ishlab chiqish va uni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega va bu masalalar bilan Respublikamizdagi va xorijiy etuk olimlar shug’ullanishmoqda.


Download 185,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish