Sirtqi” fakultet “Bank ishi” yo’nalishi


Tijorat banklarida qisqa va uzoq muddatli kreditning zarurligi, iqtisodiy va huquqiy asoslari



Download 69,82 Kb.
bet2/9
Sana20.06.2022
Hajmi69,82 Kb.
#681035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Avalbayev Jamshid. Moliyaviy tahlil

Tijorat banklarida qisqa va uzoq muddatli kreditning zarurligi, iqtisodiy va huquqiy asoslari

О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 2 martdagi “Tijorat banklari tо‘g‘risida”gi Nizomga asosan bankning kredit siyosatiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Bankning kredit siyosati kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir kо‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq va tushunarli kо‘rsatishi, aniqlab berishi shart”.
Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki kо‘p xodim ishlashidan qat’iy nazar bankda bu siyosat bо‘lishi lozim. Chunki bu siyosat kredit bо‘yicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillarining bajarilishini, operasiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari, kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil bо‘lmog‘i lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va yechimlar tо‘plami deyiladi.
Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank о‘z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amlga joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro \tish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi. Kredit siyosatining tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank о‘z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli kredit siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart. Bankning kredit siyosati uning joriy bank strategiyasi va iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta’minlash uchun bank Kengashi tomonidan yilida kamida bir marta tegishli yilning 1 fevraligacha bо‘lgan muddatda qayta kо‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak. Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur bо‘lim bank maqomi va joylashgan manzildan qat’iy nazar kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bо‘lgan umumiy masalalar ruyxitini belgilab beradi. Bunda kredit siyosatining yо‘nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar о‘rtasidagi nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag‘larning qaytariltishini ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim.
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyiladigan talablar ya’ni, uzoq muddatli investisiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta’minlash, likvidlikni saqlab turadi, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va meyoriy hujjatlarga rioya qilish, hududningkreditlarga bо‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat bо‘lishi kerak. Kreditlashning strategik yо‘nalishlari bank kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Kredit siyosati kredit berish jarayonida jalb etilgan kredit xodimining lavozimi va vakolatlariga qarab ularning har biri uchun kreditlash jarayoni tо‘g‘risida qaror qabul qilish va kredit miqdorini cheklash tartibini belgilab beradi. Kreditlash uchun ma’sul bо‘lgan barcha shaxslar vakolatlari kredit siyosatida qayd etiladi. Kredit qо‘mitasi majlislari va uning bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi davriyligi ham kredit siyosatida belgilab qо‘yilishi kerak. Kredit siyosatida maxsus ssudalarni berish direktiv tomoyillari aniq ifodalangan holda mazkur bank uchun mos kelmaydi yoki maqbul bо‘lmaydi, deb hisoblangan kredit turlari va toifalari ham kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak.
Kredit siyosati kreditlashning turli kо‘rsatkichlari (kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, jug‘rofiy hududlar) bо‘yicha kreditlarning tо‘planishi darajasini aniqlash va uni monitoring qilish tо‘g‘risidagi talablarni о‘z ichiga olishi zarur. Kredit siyosati muntazam ravishda rahbariyatga topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga doir talablarni belgilashi lozim.
Kredit tо‘lash muddati uni tо‘lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosati rahbariyat puqtai nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni tо‘lashning ma’qul dasturlaridan iborat bо‘lishi zarur. Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat shuningdek kreditning asosiy summasini kredit tо‘lash muddatining sо‘ngida va kredit tо‘lashning boshlang‘ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish tartibini ham о‘z ichiga olishi kerak. Kredit siyosati tо‘laovlarni о‘z vaqtida tо‘lanishi ta’minlash, mablag‘larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bо‘yicha qarzdorlikni undirib olish kerak.
Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichida ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan quyiladigan talablarni о‘z ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan о‘tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma’lumotlar bо‘yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qо‘yiladigan talablar aniq ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib о‘tish lozimki, banklar talab qiladigan ma’lumotlar milliy buxgalteriya hisobi standartlariga muofiq taqdim etilishi kerak. Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatida (likvidlik, qoplanish, muxtorlik koyeffisentlari, kapitallashtirish darajasi, garov ta’minoti eksportizasi) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning kredit qobilyati mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi kerak. Bunday tashqari, kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va bank kreditidan foydalangan holda kо‘rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish bо‘yicha talabni о‘z ichiga olish kerak.
Kredit siyosati muayan turdagi qimmatliklar (kо‘chmas mulk, avtomobillar va boshqalarb) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini о‘z ichiga olishi hamda ta’minlangan ssudalar har bir turi uchun kredit hujjatlari tо‘plamini rasmiylashtirish tadbirlarini belgilashi lozim. Bank kredit siyosatida garov kreditlashning uni berish vaqtidayoq kreditni tо‘lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan ta’minlangan kreditlar bundan mustasno) hisoblangan yagona asosi bо‘lmasligi belgilab qо‘yilishi zarur. Kredit siyosati garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzusiga nisbatan quyiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatan о‘z ichiga olish kerak. Mazkur bandda garov mavzui uni sotish lozim bо‘lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan zarar о‘rnini qoplashi lozimligini aniq yaratilishi zarur. Hujjatda garov mavzui mustaqil baholovchi va ichki bank baholovchisi tomonidan baholanadigan hollar kо‘rsatib о‘tilishi kerak. Turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi lozim. Siyosat kо‘chmas mulk, ishlab chiqarish jahozlari va iste’mol kreditlarini tо‘lash hisobiga qarzdor tomonidan bank tо‘lovlarini kiritishga doir muayyan talablarni о‘z ichiga olishi zarur.
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim. Kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bо‘lgan salbiy о‘zgarishlar tо‘g‘risida rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yoqotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bо‘yicha “tо‘lovsiyalik” tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni о‘stirmaslik mezonlari, shuningdek bank boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni о‘z ichiga olishi lozim. Hisobotlarda avolning yomonlashishi, yashirin zararlar sabablari va sog‘lomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi. Kredit siyosati qarzlarni qaytarishga doir izchil bosqichma-bosqich chora-tadbirlar kо‘rilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muoviq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va boshqaruvi a’zolariga yuklatilgan. Odatda tijorat bankining kredit siyosati yо‘nalishlari quyidagilardan tashkil topishi mumkin:

  • bank о‘rni va obrо‘sini moliyaviy barqaror banklar singari yaxshilash;

  • О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativlariga muvofiq darajada о‘z kapitalining yetarliligini ta’minlash;

  • bankning samaradorligi va barqarorligini qо‘llab-quvvatlagan holda uning daromadlarining maksimallashuvini ta’minlovchi aniq kredit va investisiya siyosatini о‘tkazish;

  • strategik jihatdan muhim bо‘lgan shahar rayonlarida yangi omonat kassalarini ochish bilan bog‘liq bо‘lgan bank tarmog‘ini kengaytirish.

Kredit siyosati turli kreditlar va qarzdorlar bо‘yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan omillarni о‘z ichiga olishi kerak. Bunda hech bо‘lmaganda resurslar qiymati, kredit bо‘yicha xizmat kо‘rsatishga loir kutilayotgan xarajatlar, vositachilik haqi, ma’muriy sarflar, ehtimoliy yoqotishlarga qarshi zaxiralar va bank marjon baholanishi zarur.
Kredit siyosati bank bilan bog‘liq shaxslarga beriladigan kreditlar bо‘yicha Markaziy bank talablariga muvofiq keluvchi limitlarni о‘z ichiga olishi lozim. Kredit siyosatida bank bilan bog‘liq, shaxslar bilan bitimlarni qisqartirish yoki ularni tuzishning har qanday imkoniyatlarini bartaraf etish maqsadida bog‘liq shaxslarga beriladigan kreditlarni tasdiqlash va qayta tiklash tartibi va tadbirlari belgilab qо‘yilishi kerak.
Kredit siyosatida kafolatlar va akkereditivlarning maqsadi va ishlatilishi, mansabdor shaxslarning bunday majburiyatlarni chiqarishga doir vakolatlari mumkin bо‘lgan hollar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga nisbatan qо‘yiladigan talablar batafsil yoritilishi lozim. Balansdan tashqari majburiyatlarni berishda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga oid talablar kreditning istalgan boshqa turlarini berishda foydalanadigan hujjatlar va hisobotlar bilan bir xil bо‘lishi zarur. Tijorat akkreditivlari bо‘yicha tо‘lovlarni о‘tkazish, tо‘lov va yuk ortish hujjatlari (yuk xatlari), sug‘urta polislari hamda xalqaro andozalar va tadbirlarga muvofiq talab qilinadigan boshqa hujjatlarga nisbatan quyiladigan qо‘shimcha talablar qayd etilishi kerak.
Siyosat bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan baholashga javobgar bо‘lgan mansabdor shaxslar rо‘yxatini belgilashi hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va tuzishlar minimal yuzaga keluvchi yо‘qotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli kreditlarni aniqlash uchun zarur bо‘lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini belgilab qо‘yishi lozim. Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan, tasdiqlangan kredit siyosati muvofiqligini ta’minlash va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tadbiri, moliyaviy tahlil, garovni rasmiylashtirish va baholash, kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash, qonunchilik meyorlariga rioya qilish. Kredit siyosati bank xizmatlari va bо‘limlari tomonidan bank boshqaruvi va Kengashiga kreditlashning turli jihatlari bо‘yicha topshiriladigan hamda kredit portfeli sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bog‘liq bо‘lgan ma’lumotlarni о‘z ichiga olgan hisobotlar turi va davriyligini belgilashi lozim. Hisobotlar filiallar va bank bо‘yicha umuman kreditlash vositalari va yо‘nalishlariga qarab tavakkalchiliklarni baholash uchun boshqarishning turli darajalariga moslashtirilgan va batafsil yoritilgan bо‘lishi kerak. Tijorat banklari ichki kredit siyosatlarini ishlab chiqishda kredit yig‘indisi, kredit nima maqsadda olinayotganligini, kreditni qoplash qaysi mablag‘lar hisbidan amalga oshirilishi va kreditga layoqatlilikni aniqlash kabi tushunchalardan foydalanishida.
Bank mijozning arizasida kо‘rsatilgan kredit yig‘indisining asoslanganligini tekshirishi shart. Agar kredit yig‘indisi tо‘g‘ri aniqlab olinmasa, bu bankni noxush xolatlarga olib kelishi mumkin. Aytaylik, bank xodimlari arizada kо‘rsatilgan kredit yig‘indisini asossiz kamaytirib belgilashdi. Baunda bank uchun ikki muammo yuzaga keladi:

  • mijoz amalga oshirayotgan tadbirini nihoyasiga yetkazish uchun qо‘shimcha resurslarga ehtiyoj sezadi va bankdan yana kredit sо‘raydi. Bank uchn qо‘shimcha kreditni berish yoki bermaslik muammosi paydo bо‘ladi;

  • bank uchun qо‘shimcha kreditni berilmagan tadbirda, oldin berilgan kredit yig‘indisini yо‘qotish xafi paydo bо‘ladi. Chunki mijoz amalga oshirayotgan tadbir nihoyasiga yetgani yо‘q. Demak, bu tadbirdan hali daromad kelmaydi.

Kredit amaliyotidan shu narsa ma’lumki, mijozlar kо‘pchilik hollarda, kredit yig‘indisini asossiz ravishda oshirib kо‘rsatadi. Shuning uchun kredit yig‘indisini aniqlashda bank xodimlari kreditlanayotgan tadbirning real qiymatini bilishga harakat qilishlari zarur. Buning uchun, agar qurilish maqsadlariga kredit olinayotgan bо‘lsa, loyiha smeta hujjatlarini sinchklab kо‘zdan kechirishi va lozim bо‘lgan hollarda, ekspertlar xizmatidan foydalanishi maqsadga muovifdir.
Kreditni berish vaqtida uni qoplash manbai aniq belgilab olingan bо‘lishi lozim. Odatda, kreditni qoplashning ikki manbai mavjud:

  • kelib tushadigan daromadlar;

  • aktivlarni sotishdan tushadigan daromad.

Tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning kreditga loyoqatliligi u oladigan foydaning miqdoriga va doimiyligiga bog‘liq. Bunda bank, albatta korxonaning boshqa korxonalar bilan bо‘ladigan aloqalariga e’tibor berishi lozim. Agar korxonaning daromadi bir yoki ikkita korxonadan kelib tushadigan bо‘lsa yoki bitta yirik operasiyadan keladigan bо‘lsa, kreditning qoplanmay qolish xafi kuchayadi. Qimmatbaho qog‘ozlarni, qо‘zg‘almas mulkni va boshqa aktivlarni sotish yо‘li bilan kredit qoplanganda asosiy xavf-xatar shundaki ularni sotishdan tushgan mablag‘ kredit yig‘indisini qoplashga yetmasligi mumkin.
Kreditni nima maqsadga olinayotganligini bilishning bank uning katta axmiyati bor. U quyidagilarda nomiyon bо‘ladi.
a) kreditning maqsadini bilish orqali xavf-tatar darajasini aniqlash mumkin. Masalan, bank spekulyativ operasiyalarga kredit berishda bank manfaatdor emas. Chunki bunday kreditlarni qaytarish kо‘proq amadga bog‘liq. Aytaylik, mijoz chetdan tovar sotib olish maqsadida (dollorning kursi kо‘tarilib borishi nazarga olgan holda) bankdan dollor kо‘rinishida valyutavik kredit oldi. Kredit yig‘indisi 1 mln dollor deylik. Olib kelingan tovarlarni sotish hisobiga olinadigan milliy valyutadagi tushumni konvertatsiya qilish 1,5 mln dollor ishlab olishga (mavjud valyuta kursi) imkon keradi, deb hisoblaylik. Milliy valyuta kursining kо‘tarilishi yuz beradigan bо‘lsa, buning natijasida olinadigan tushum kamayadi va oqibatda, mijoz bank kreditini qaytarishga qiynaladi. Mana shunday sprekulyativ maqsadlarga kredit berishdan, odatda, bank qochishga harakat qiladi;
b) kreditning maqsadi kreditlash shaklini aniqlab beradi. Masalan, kredit oluvchi ssuda yordamida vaqtinchalik oraliqlarda yuzaga keluvchi tо‘lovlar va tushumlar о‘rtasidagi farqqa barham bermoqchi bо‘lsa, u holda eng qulay kreditlash shakli overdraftdan foydalanadi.
Kredit loyoqatlilik deganda korxonaning bankdan sо‘ragan ssudani о‘z vaqtida va tо‘liq qaytara olish imkoniyati tushiniladi. Korxonaning kreditga layoqatliligini о‘rganish tijorat bankining kredit berish mumkinligini aniqlashga, uning miqdorini, foiz stavkasining darajasini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari, kreditga layoqatlilikni aniqlash ssudani о‘z vaqtida qaytarish ehtimolini chamallashga ham imkon beradi. Kreditga layoqatlilikni baholash korxonaning о‘ziga ham katta ahmiyat kasb etadi. Korxonaning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ma’lumotlar manbai bо‘lib, buxgalteriya balansi, moliyaviy va statistik hisobotlar, analitik materiallar, boshqa banlardan va korxonalardan kredit sо‘rayotgan korxona tо‘g‘risidagi ma’lumotlar hisoblanadi.
Tijorat banklari korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda quyidagi kо‘rsatkichlarga e’tibor berishlari lozim:

  • asosiy kо‘rsatkichlar, bunda qoplash koyeffisenti va korxona balansining likvidlilik koyeffisenti kiradi;

  • qо‘shimcha kо‘rsatkichlar, bunda korxonaning о‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik kо‘rsatkichi, о‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi va ularni moddiy zaxiralar va xarajatlarni tashkil qilishda ishtirok etish kо‘rsatkichi, aylanma mablag‘larning aylanish tezligi kabi kо‘rsatkichlar kiradi.

Tijorat banklari tomonidan taklif qilinayotgan kreditlar kredit tamoyiliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bular kreditning qaytarib berishligi, kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va tо‘lovlilik tamoyillaridir. Kredit siyosatini ishlab chiqishda bu tamoyillar alohida e’tiborga olinadi va bu kreditning asosiy qonunidir.
Kreditning qaytarib berish tamoyili kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytarib berishlik о‘z-о‘zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatining aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashiga bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditdan samarali foydalanish asosidagi qaytarib berishlilik butun bank faoliyatining markaziy punkiti hisoblanadi. kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit berish muassasa hisobiga kо‘chirish yо‘li bilan tо‘lanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida “qaytarilmas kredit” tushunchasi bozor iqtisodi tamoyillariga yod bо‘lib bunday kreditning amaliyotda bо‘lishi iqtisod uchun xavfli hioblanadi. Kreditning muddatliligi kredit beruvchidan olingan kreditni о‘z vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga kо‘ra kredit uzoq va qisqa muddatli kreditlarga kо‘linadi. Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bо‘lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida kо‘rsatilgan ma’lum muddatda kreditning qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkali tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun ham muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan о‘z vaqtida qaytib olsa, uni egasiga о‘z vaqtida qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bо‘ladi. kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jо‘natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga bog‘liqdir.kreditning tovar-moddiy boshliklar bilan ta’minlanganligi tamoyili yordamida xalq xо‘jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish о‘rtasida bо‘lishi zarur bо‘lgan proporsiyalarining bir meyorda bо‘lishi ta’minlanadi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xо‘jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir sо‘miga muayyan boyliklarning bir sо‘mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xо‘jiligi tarmoqlariga berilgan kreditlar tо‘liq tovar moddiy boyliklari va ma’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bо‘lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankga qaytib kelmasligiga asos bо‘ladi. bu о‘z navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Bank ssudalarini tovar-moddiy boyliklari bilan tо‘liq ta’minlanganligi pul muomalasini barqarorligini ta’minlaydi, chunki bank aylanishi pullar naqt pulga va aksincha transformatsiyalanib turadi.
Tо‘lovlilik tamoyili aylanma fondlarining doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi tо‘lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘lari uchun kreditorga foiz shaklida tо‘lovni о‘tkazadilar. Kreditning tо‘lovligi uni tо‘liq summada emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi iо‘lov bilan qaytarilishini ifodalaydi.
Kreditning maqsadliligi tamoyilining mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yо‘naltirilgan bо‘lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yо‘naltirilganligi korxona bilan bank о‘rtasida tuziladigan kredit shartnomada kо‘rsatilgan bо‘ladi bunda kredit muayyan, aniq obektga ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga va boshqa maqsadlarga yо‘naltirilgan bо‘ladi.Tijorat banklarida kredit siyosatining zarurligining mohiyati shundaki, kreditlar banklarning asosiy faoliyati ekanligi va daromad keltiruvchi sohasi ham hisoblanadi.


Download 69,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish