etishi hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog’liqdir»
O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:
- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
- davlatning bosh islohotchi ekanligi;
- qonun ustuvorligi;
- kuchli ijtimoiy himoyalash;
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish.
O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.
O’zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
12. Qonun ustunligi haqida fikr yuritganda, avval davlatni asosiy qonuni hisoblangag Konstitusiyani ustuvorligini ta'minlash muhimdir. O'zbekiston Respublikasini Konstitusiyasini va huquqiy davlatni rivojini barpo etishda hal qiluvchi o'rin egallaydi. Konstitusiya me'yorlari birlamchi hisoblanadi. Birorta ham qonun yoki boshqa me'yoriy-huquqiy xujjat Konstitusiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Konsititusion me'yorlar boshqa qonunlardan yuqori turadi. Chunki davlani barcha joriy qonunlari va boshqa huquqiy xujjatlari Konstitusiya qabul qilishda ob'ektiv va sub'ektiv, ichki va tashqi omillar birinchi o'rinda turadi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 1992 yil 8 dekabrda 12 chaqiriq O'zbekiston Respublika Oliy Kengashini 11-sessiyasida qabul qilindi. Konstitusiya 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. O'zbekiston Republikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengashning 11-sessiyasida Konstitusiya loyihasi yuzasidan so'zlagan nutqida bunday deb ta'kidlandi: «Hur O'zbekistonimizni tarixida birinchi Kontitusiyani qabul qilish jumxuriyatimizni yangidan tuzishda haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir, «Konstitusiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo'lishi muqarrardir».
Do'stlaringiz bilan baham: |