13. O’zbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgandan keyin o’z Davlat Ramzlariga ega bo’lishni boshlagan, shu jumladan Bayroq , Gerb va Madhiya O’zbek milliy qadaryatlari va davlatchilik tarixidan kelib chiqib qabul qilingan. Davlat Ramzlaridan biri hisoblangan bayroq 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan va '407-XXI sonli qonun bilan tasdiqlangan hisoblandi.O’zbekiston Respublikasing Davlat Gerbi 1992-yil 2-iyulda Oliy kengashning o’ninchi sessiyasida qabul qilingan. Oʻzbekiston Davlat Madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan va Oliy kengashning 768-On ikkinchi sonli qonuniga muofiq tasdiqlangan hisoblanadi. Madhiya Xalq shoiri Abdulla Oripov sheri va Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan. Madhiya oʻn olti qator va ikki naqorotdan iborat hisoblanadi.
14. O’zbekiston mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an’analar bilan yo’g’rilgan o’ziga xos rivojlanish yo’lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, respublika konstitusiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo’linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi.Insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari XII-XIII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament so’zining lug’aviy ma’nosi fransuz tilidan olingan bo’lib, "gapirmoq" ma’nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi.Endilikda aksariyat mamlakatlarning parlament institutiga ega ekanligini ta’kidlab o’tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200 ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi-parlamentlar bor.
15. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o’zgartirildi. 1990- yil 24- martda O’zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining "O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida" farmoni chiqdi. Unga muvofiq O’zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo’ldi. Respublikada Vitse- Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O’zbekistonda davlat Ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo’ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binоаn O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib, Ijro etuvchi hokimiyatdi
16. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.O‘tgan davr mobaynida sud tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tartibini takomillashtirish, har bir ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ma’muriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim chora bo‘ldi.Shu bilan birga, sud hokimiyati organlari faoliyatining tahlili ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.Xususan, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlari qoniqarsiz darajada tashkil etilganligi sud faoliyatini lozim darajada yoritish imkonini bermayapti hamda aholining sud hokimiyatiga ishonchi pasayishiga olib kelmoqda.Sudyalarni moddiy ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishning amaldagi tizimi sud hokimiyatining alohida mavqei va obro‘siga, sudyalar mustaqilligi prinsiplariga muvofiq emasligi kasbiy o‘sishni yanada rag‘batlantirishga to‘sqinlik qilib, kadrlar qo‘nimsizligiga olib kelmoqda.
17. “Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashnita’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‘zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir”.Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin.
18 .O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lganidan so’ng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O’zbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 y. 8 dek.), O’zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to’g’risida"gi qonuni (1996 y. 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, o’z ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan. Konunga kora, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huqukliligi, o’zini o’zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko’rsatadi.
19. Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»
20. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi ma’ruzasi, xususan, «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi.Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» — deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.
21. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo’nalishlari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o’zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |