Sirtqi bugalteriya fakulteti talabasi komiljonov zohidjon obidjon o’g’li


Kadrlar tayyorlashda ham faqat son izidan quvilib sifat esdan chiqdi



Download 136,92 Kb.
bet3/7
Sana04.09.2021
Hajmi136,92 Kb.
#164031
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zohid komiljonov sbxt-1

Kadrlar tayyorlashda ham faqat son izidan quvilib sifat esdan chiqdi.

Milliy tahqirlash va kamsitish ayniqsa, kadrlar siyosatida yaqqol ko’zga tashlanardi. O’zbekistondagi respublika, viloyat, shahar va tuman partiya va sovet tashkilotlarining rahbar hodimlari, bo’lim boshliqlari Moskva “nomenktatura”sida bo’lib, KPSS Markaziy Komiteti tomonidan tayinlanar edi.5

Mahalliy rahbarlar faqat nomiga qo’yilgan asosiy ish mahalliy rahbar bo’lmagan ikkinchi rahbar qo’lida edi. Kadrlar tanlashda O’zbekistonning hech qanday o’rni va roli bo’lmagan. Bu haqidagi quyidagi I.Usmonxo’jayevning iqrori nihoyatda ahamiyatlidir: “Bir so’z bilan aytganda, hamma narsani markaz hal qilardi. U nima desa, shu bo’lardi.Hattoki obkomning bo’lim boshlig’idan tortib, raykomning birinchi kotibigacha Moskva ixtiyorida turardi.Moskva topshirig’iga ko’ra 40 yoshdan oshgan kishi raykomning birinchi kotibi, 50 yoshdan oshgan kishi esa obkomning birinchi kotibi bo’la olmasdi.U har qancha ishbilarmon bo’lsin, baribir Moskva uning nomzodini o’tkazmasdi”
2. Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “O’zbek ishi” ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbarlari qo’llab-quvvatlashdi. Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o’rinlarni egallab, o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni avj oldirdilr. Qatag’on qilichi eng avvalo O’zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o’ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o’limidan so’ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.sovet rejimining paxta ishioqibatida O’zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo’jaligi sohalarida qo’shib yozish, poraxo’rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSR ning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo’lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O’zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko’plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag’on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o’zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag’on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O’zbekistonning o’sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamd tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g’arazli ishlariga ko’maklashgan yrim qo’rqoq va xoinlar ham faollik ko’rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati.

3. Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi.Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir.
4. 4-iyundanboshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg‘onagashoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining 13 ming kishilik bo‘linmasi keltirildi.Ur-yiqit 7-iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo‘qon shahriga, Rishton, O‘zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda Qo‘qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortig‘i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, uryiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo‘ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo‘ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo‘ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.Voqealarning keng miqyosda fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chirishni tashkil etdilar, ular qurolli askarlar tomonidan qo‘riqlandi, oziq-ovqat bilan ta’minlandi va tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtirildi.
5. 1989 yil 21 oktyabrda “O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun 30 moddadan iborat edi. 1-moddada “Davlat tili – o‘zbek tilidir” deyildi. Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida s’ezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis, kengash va boshqa masalalar davlat tilida olib borilishi aytilgan.

1990 yil 19 fevralda “Davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat programmasi qabul qilindi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasi davlat tili o‘zbek tili ekanligi aytildi. 1993 yil 2 sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o‘zbek alifbosi joriy etilishi qayd qilindi. 1994 yil 16 iyunda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu qonunni amalga oshirish maqsadida davlat dasturi qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutiq belgisidan, so‘zlari 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan so‘zlar bilan almashtirildi). 1995 yil 21 dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonunning yangi tahriri 24 moddadan iborat. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan 2, 10-bandlardagi “2005 yil” so‘zlari “2010 yil” deb almashtirildi.
6.  jamiyatni rivojlantirishning tezlashuvi davlatchilik tizimining asta-sekin yangilanishi, prezidentlik lavozimining demokratik tabiatini belgilovchi kafolatlarning SSSR Konstitutsiyasida mustahkamlanish 1990 yilda Sovet Ittifoqida prezidentlik lavozimining ta`sis etilishiga olib keldi. Shundan so’ng, ittifoqdosh respublikalarda ham prezidentlik lavozimlari ta`sis etilib, respublikalar prezidentlik boshqaruviga o’ta boshladilar. O’zbekiston Respublikasi ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo’lib prezidentlik boshqaruviga o’tdi va respublikada Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. «Prezident» tushunchasi Konstitutsiyaviy – huquqiy ma`noda davlat boshlig’ini anglatsa, lug’aviy ma`nosi «oldinda o’tiruvchi» yoki «yuqorida o’tiruvchi» demakdir.Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta`minlashi lozim.Prezident davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning oliy vakilligini amalga oshiradi.O’zbekistonda Respublikasida prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda Respublika Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ta`sis etildi va shu munosabat bilan O’zbekistonning 1978 yil Konstitutsiyasiga Respublika prezidenti haqidagi maxsus 12-bob kiritildi. Respublika Konstitutsiyasiga 118 – moddada O’zbekiston Respublikasi prezidenti davlat boshlig’i deb e`lon qilindi.O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida xalq deputatlari tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylandi.1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan respublika prezidentligiga saylov «O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to’g’risida»gi 1991 yil 18 noyabr Qonuniga asosan amalga oshirilgan. 1991 yil dekabridagi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik vaqtida ushbu lavozimga ikkita nomzod: O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasidan I.A.Karimov va «Erk» partiyasidan uning rahbari M.Solih ko’rsatilgan edi.Saylov to’g’risidagi qonunga asosan, Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarni ko’rib chiqib, ikkala nomzodni ro’yxatga oldi.Markaziy Saylov Komissiyasi 1991 yil 30 dekabrda saylov natijalarini yakunlab, saylov to’g’risidagi qonunning 35-moddasiga asosan, saylovchilarning 86 foiz ovozini to’plagan I.A.Karimov 1991 yil 29 dekabrdagi saylovda saylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ekanligi to’g’risida qaror chiqardi .
7. Mustaqillik deklaratsiyasi (1990 yil 20 iyun) — O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasida qabul qilingan. U O’zbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam bo’ldi. M.D.da "O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, O’zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chu-qur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mu-staqilligini eʼlon qiladi", deb yozib qoʻyilgandi. Ana shu hujjat asosida O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi va 1991 yil 31 avg .da "Ozbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida" qonun qabul qilindi.
8. O’zbekiston mustaqil davlat SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi. 1991 yil 25 avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya organlari , shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 1991 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mastaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.

Download 136,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish