O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi va tarixiy axamiyati



Download 2,39 Mb.
Sana10.08.2021
Hajmi2,39 Mb.
#143882
Bog'liq
1 4961065437405118651

O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi va tarixiy axamiyati

NAMDU MATEMATIKA FAKULTETI “AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNALOGIYALARI” YUNALISHI K.ATI,BU.20 I- BOSQICH TALABASI SHODMONOV SUHROB

O'zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilinishi va uning ahamiyati Qonun ustunligi haqida fikr yuritganda, avval davlatni asosiy qonuni hisoblangag Konstitusiyani ustuvorligini ta'minlash muhimdir. O'zbekiston Respublikasini Konstitusiyasini va huquqiy davlatni rivojini barpo etishda hal qiluvchi o'rin egallaydi. Konstitusiya me'yorlari birlamchi hisoblanadi. Birorta ham qonun yoki boshqa me'yoriy-huquqiy xujjat Konstitusiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Konsititusion me'yorlar boshqa qonunlardan yuqori turadi. Chunki davlani barcha joriy qonunlari va boshqa huquqiy xujjatlari Konstitusiya qabul qilishda ob'ektiv va sub'ektiv, ichki va tashqi omillar birinchi o'rinda turadi

.


. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 1992 yil 8 dekabrda 12 chaqiriq O'zbekiston Respublika Oliy Kengashini 11-sessiyasida qabul qilindi. Konstitusiya 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. O'zbekiston Republikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengashning 11-sessiyasida Konstitusiya loyihasi yuzasidan so'zlagan nutqida bunday deb ta'kidlandi: «Hur O'zbekistonimizni tarixida birinchi Kontitusiyani qabul qilish jumxuriyatimizni yangidan tuzishda haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir, «Konstitusiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo'lishi muqarrardir». .

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.

Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.

  • Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

Birinchi Prezidentimiz sessiyada Konstitutsiyani “xalqchil qomus” deb atab, uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o‘tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boytilganini, sayqal topganini ta’kidladi. Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o‘zgarishlar, qo‘shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi. Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o‘zgartishlar kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.

Shunday qilib, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tug‘ildi, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yildi


Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish