Psoriaz (yunoncha: psoriasis — qichima), qipiqli temiratki — yuqmaydigan surunkali teri kasalligi. Mod-dalar almashinuvi (xususan, yogʻ va uglevod almashinuvi), nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, tonzillit, gaymorit, xoletsistit, adnek-sit va boshqa oqibatida kelib chiqishi, "suyak surishi" mumkin. Koʻpincha boshning sochli qismi, tizza, tirsak va qoʻl-oyoq yuzasida paydo boʻladi. Dastlab terida mayda, pushti yoki qizgʻish tugunchalar hosil boʻlib, ularning usti qipiqlanuvchi oqish, kumush rang poʻstloqb-n qoplanadi. Tugunchalar asta-sekin kattalashib, bir-biriga qoʻshilib ketadi. Kasallik zoʻrayganda P. toshmalari badanni butunlay egallab oladi (psoriatik eritrodermiya); bunda bemor oʻzini yomon his qiladi, isitmalaydi, limfa tugunlari kattalashadi.
P.ning baʼzi turida tirnoq, boʻgʻimlar ham zararlanib, shakli oʻzgaradi, qarakat qilganda qattiq ogʻriydi, tirnoq yuzasi qalinlashib, xira tortadi (qushlar tirnogʻiga oʻxshab qoladi). Kasallik, odatda, kuz va qish oylarida qoʻzgʻab, yozda bir oz yengillashadi (remissiya). Asabiyruhiy shikastlar, spirtli ichimliklar ichish, quvvatsizlanish, parhez buzilishi natijasida P. toshmalari qaytadan paydo boʻladi. Teri kasalligiga xos belgilar koʻzga tashlanganda, albatta, vrachga uchrashish va uning koʻrsatmasi boʻyicha davolanish lozim. Maxsus davo tadbirlaridan tashqari, sut-oʻsimlik mahsulotlaridan tayyorlangan parhez taomlar, xususan, toʻla bemorlarga tvorog , oʻsimlik moyi, vitaminga (A, V, S) boy ovqatlar tavsiya etiladi. P.ning xili va kechish davrlariga qarab vrach buyurganda iqlim bilan davolanish yaxshi naf beradi.
ZAMBURUG’LI KASALLIKLARNI DAVOLASH
Patologiyalarni davolash va tegishli kompleks terapiyani tayinlash bilan shifokor-dermatolog shug’ullanadi. Terapiyada turli xil farmokologik shakllar qo’llaniladi: tabletkalar, malhamlar, kremlar, kukunlar, aerozollar va ularning kombinatsiyasi, masalan, bir vaqtning o’zida tabletka ichish va malhamlarni surtish.
Immunoterapiya — organizmning himoya xususiyatlarini (immunitetini) rag’batlantirish va vitaminli terapiya ortiqchalik qilmaydi. Tizimli zamburug’larga qarshi vositalardan itrakonazol, flukonazol, terbinafin gidroxlorid, ketokonazol ajratiladi. Mitseliydan qutulish uchun 60%li giposulfit natriy eritmasi, so’ngra 6%li xlorid kislotasi eritmasi bilan artish belgilanishi mumkin. Boshning sochli qismi shikastlanganda, ketokonazol asosli shampunlar buyuriladi.
Kandidozni davolashda: antibakterial dorilarni qabul qilishni to’xtatish, tizimli antifungal terapiya, zamburug’larga qarshi dori vositalari, malhamlar (lamizil, klotrimazol) va kremlarni va ichak mikroflorasini tiklash uchun preparatlarmi (probiotiklar) qo’llash ko’rsatiladi.
OLDINI OLISH
Zamburug’li kasalliklarni oldini olish uchun oddiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish: kishi o’z tarog’i, oyoq kiyimlaridan foydalanishi kerak. Mushuk, it, sigir, ot kabi hayvonlar bilan yaqin kontakda bo’lgandan keyin qo’llarni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |