Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va


- ILOVA Yangi o’quv materiali bayoni



Download 3,1 Mb.
bet47/49
Sana05.07.2022
Hajmi3,1 Mb.
#741252
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Sanitariya 2-sem

6- ILOVA
Yangi o’quv materiali bayoni
Chipqon, furunkul — soch xaltachasi (follikula) va atrofidagi yogʻ bezi hamda toʻqimalarining oʻtkir yiringli nekrotik yalligʻlanishi. Stafilokokklar qoʻzgʻatadi. Terida yogʻ va ter ajralishining kuchayishi, avitaminoz, moddalar almashinuvining buzilishi, tozalikka va shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik, terining tirnalishi, chaqalanishi sabab boʻladi. Terining tukli qismida, koʻpincha boʻyin (ensa sohasi), yuz, bel, dumba, son va boshqa joylarga chiqadi. Ostiofollikulit, gidradenit, follikulit, sikoz va streptokokkli impetigo bilan birga furunkul piodermiya — yiring-yallig’lanish tabiatli dermatologik kasalliklar guruhiga tegishli hisoblanadi. Har xil kattalikda boʻlishi mumkin. Dastlab dumaloq, konussimon, qizgʻish tuguncha yuzaga kelib, teridan koʻtarilib chiqadi, bezillab ogʻriydi, atrofidagi toʻqimalar shishadi. Agar lab, qovoq kabi yogʻ koʻp yigʻiladigan sohada paydo boʻlsa, atrofi juda shishib ketadi, hatto bemor ogʻzi bilan koʻzini ocholmay qoladi, qattiq ogʻriydi. Kasallik sekinasta avj oladi; doʻmbayib turgan tuguncha 3—4 kuvdan soʻng kattalashib yalligʻlanadi, oʻrtasi yiring boylaydi, keyin koʻkimtir tusga kiradi, yiring koʻpayib, Ch. uch beradi va yoriladi. Yorilgan yerdan bir oz yiring chiqib, yara paydo boʻladi. Yara oʻrtasida soch va uning atrofidagi toʻqimalardan iborat Ch. "oʻligi" koʻrinib turadi; 2—3 kundan keyin yara kattalashib, ichidan qon aralash yiring chiqadi. Bu vaqgda ogʻriq kamaygan, Ch. atrofidagi shish va yalligʻlanish alomatlari ancha pasaygan boʻladi. Keyinchalik Ch. "oʻligi" butunlay chiqib, yara chandiklanib bitadi. Ch.ning ayni vaqtda koʻplab toshishi furunkulyoz deyiladi. Mahalliy va umumiy furunkulyoz farq qilinadi. Mahalliy yoki chegaralangan furunkulyoz, asosan, terining maʼlum bir qismida (koʻpincha boʻyin, bel, dumba sohasida) uchrab, sanitariyagigiyena qoidalarining buzilishi, Ch.ni oʻz vaqtida davolamaslik yoki notoʻgʻri davolash natijasida vujudga keladi. Umumiy yoki tarqoq furunkulyoz terining anchagina qismini egallaydi, bunga koʻpincha moddalar almashinuvining buzilishi (diabet, kolit, nevrit, anemiya va boshqalar), gipovitaminoz (A, V, S), tuzuk ovkatlanmaslik, ogʻir infeksion yoki surunkali kasalliklar, birdan sovqotish, issiqlab ketish, shuningdek, jismonan toliqish, nerv sistemasi faoliyatining buzilishi va boshqa sabab boʻladi. Furunkulyozni mutaxassis vrach davolaydi; davo kasallik bosqichi, oʻrni va tanada tarqalishiga qarab olib boriladi. Ch.ni har kim oʻz bilgicha sitishi yaramaydi, aks holda ogʻir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Ch. yoki furunkulyoz chiqqanda hammomga tushish, shuningdek, dush, vanna qabul qilishga ruxsat etilmaydi; vrach tavsiyasi boʻyicha dezinfeksiyalovchi vanna (margansovka bilan) kilish mumkin. Parhez saqlash, xususan, achchiq, shoʻr ovkatlar va shirinliklarni cheklash, servitamin ovkatlar tavsiya etiladi. Ch.ga davo kilinganda avvalo unta sabab boʻlgan asosiy kasallikni davolash lozim.


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish