Erkin iqtisodiy zonalar:
• mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida hududiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.
• O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059 farmoniga muvofiq Navoiy viloyati hududida “Navoiy erkin iqtisodiy-industrial zonasi” tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-sonli farmoniga ko‘ra, “Angren maxsas industrial zonasi” tashkil etildi.
• O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2013-yil 8-martdagi PF-45l6-sonli qaroriga ko‘ra “Jizzax maxsus Industrial zonasi» tashkil etllgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-sentabrdagi “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida” PF-5825-son Farmoni
1. Navoiy erkin iqtisodiy-industrial zonasi. Navoiy viloyati ahamiyatli tabiiy resurslarga, shu jumladan, tabiiy gaz, neft, rangli metall va qurlishi uchun xom-ashyo materiallariga boy hisoblanadi. Viloyat iqtisodiyotining asosiy tarkibi yirik konchilik, metallurgiya va kimyoviy majmualardan iborat. Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilardan biridir. 2020-yilda jahonda eng ko’p oltin qazib olingan konlar reytingida Navoiy Muruntov koni 1 o‘rinda qayd etilgan. Viloyatda, shuningdek, sement zavodi, kimyo majmui va bir qator yirik sanoat zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari bu paxta va qorakoʻl qoʻy mahsulotlaridir. Agar kerakli sugʻorish manbalari topilib yoʻlga qoʻyilsa, unda viloyat hududidagi yerlarning 90 %ida unumdorlik salohiyati mavjud boʻladi.
- Aynan Navoiy hududida erkin iqtisodiy zonani tashkil qilish sabablari quyidagilardir:
yuqori ishlab chiqarish imkoniyatiga egaligi;
strategik ahamiyatga ega markaziy qismda joylashganligi;
shaharning ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish;
yetarli ishchi kuchi va xomashyo resurslari (Navoiy viloyati aholisi 986,4 ming kishini tashkil etadi. Aholisini asosiy qismini Oʻzbeklar tashkil etadi. 2022 yil ma’lumoti asosida)
jahonning 50 dan ortiq mamlakatiga eksport mahsulotlari yetkazib berish imkoniyatiga egaligi.
Erkin iqtisodiy-industial zonada turli ilmiy izlanishlar natijalari ham amaliyotga jalb qilinishi uchun zaruriy investitsion va huquqiy asoslar yaratilgan.
2010-yil avgust oyining oxirida O‘zbekiston mustaqilligining 19-yilligi arafasida «Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi»da elektronika avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi, polimer va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan 5 ta korxona faoliyati boshlandi;
Bugungi kunda ushbu hududda 20 dan ortiq korxonada Janubiy Koreya, XXR, Singapur, Hindiston, BAA kabi xorijiy rnamlakatlardan investorlar faoliyat yuritmoqda;
Navoiy erkin iqtisodiy zona tashkil etilganidan boshlab 19 ta ishlab chiqarish investitsion loyihasi joriy etilib, ularning jami qiymati 100 million dollarni tashkil etadi. Yuqori texnologik sifat asosida modem, TV-pristavka, elektroenergiya hisoblagichlari, kuchlanish kabellari, isitish qozonlari, telefon apparatlari, tayyor dori-darmonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo'yildi. 2013-yilda 100 milliard so‘mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |