II BOB. O‘ZBEKISTONDA RAYONLASHTIRISH MASALALARI VA ISTIQBOLLI IMKONIYATLARI
|
18-32
|
2.3.
|
O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlar.…...………….
|
18-25
|
2.4.
|
O‘zbekistonning yirik tabiiy-iqtisodiy mintaqalari
|
25-32
|
XULOSA………………………………………………………
|
33-35
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….……….
|
36-37
|
KIRISH
Har bir mamlakat taraqqiyoti birinchidan, shu mamlakat geografik joylashuvi, tabiiy boylik va imkoniyatlari bilan, ikkinchidan shu mamlakat xalqining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy ongi yuksalish darajasi bilan belgilanadi. Xalq o’z tabiiy boyliklaridan unumli foydalanishi uchun unda iqtisodiy bilim zarur darajada shakllangan bo‘lishi lozim. Masalan, Yapon xalqi tabiiy qazilma boyliklari boshqa davlatlarga nisbatan katta bo’lmasada, xalqining iqtisodiy bilimi va intellektual salohiyati samarasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o’rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan xalqning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, munosib islohotlarni, yangiliklarni o’z vaqtida amalga oshirishga doir bilimlarini oshirishda geografiya va iqtisodiyot fanlarining o’rni beqiyos.
Mavjud resurs (inson – ishchi kuchi resursi, xomashyo resursi, eksport-import omillari)larni to’g ‘ri taqsimlash, ulardan oqilona foydalanish mamlakat qudratini namoyon etishning asosiy shaklidir. Mustaqillik ne’mati o’laroq O’zbekiston o’z boyliklarini o’zi tasarruf etish, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini qo’lga kiritdi. Dastlabki mustaqillik yillaridagi islohotlar samarasida o’z imkoniyatlarimizdan o’zimizning manfaat va maqsad yo’lida foydalanishimiz mumkin bo’ldi. Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Yurtimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi. O‘zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot mustahkam makroiqtisodiy asos yaratilganidan dalolat beradi. Xorijiy sarmoyadorlarning faol va erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilgan. Bunday imtiyoz va imkoniyatlar xorijliklarning O‘zbekistonga qiziqishini tobora oshirmoqda”1. Mustaqillik yillarida ijtiomiy-iqtisodiy rayonlashtirish masalalarida ko’plab islohotlar amalga oshirildi. Masalan, joriy yilda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy-siyosiy rayonlashtirish sohasida yangi Ko’kdala tumani tashkil etildi. (Chiroqchi tumani 1926-yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda tuman markazidan eng chekka qishloqqacha bo‘lgan masofa 65-100 kmni tashkil etar edi. Bu esa, aholining tuman markaziga borib-kelishi uchun 2-3 ta yo‘lovchi transportidan foydalanishiga va bir kun yo‘qotilishiga sabab bo‘layotgan edi. Shuningdek, Chiroqchi tumanida 45 mingdan ortiq tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 230 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 93 mingdan ortiq o‘quvchisi bo‘lgan 234 ta umumta’lim maktabi hamda 8 ta oilaviy poliklinika faoliyat yuritib, ularni samarali boshqarish birmuncha qiyinchiliklar tug ‘dirayotgan edi.2)
Jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi, xalqning tafakkurini yuksaltiruvchi bilim sohalari turlicha. Lekin ular qatorida Ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar alohida ajralib turadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya — turli mamlakat va hududlarda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiy ijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan tabiiy fandir. Uning asosiy vazifalari ishlab chiqarish va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni tahlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholash, ularni bashorat qilish(prognozlash) va boshqarishdan iborat. Shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ishlab chiqarishni joylashtirish bilan aloqador tabiatdan foydalanish va geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xoʻjalik strukturasini tartibga solib borishdek muhim vazifalarni ham oʻrganadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas bogʻliq. Uning tabiiy sharoitlarni oʻrganuvchi boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi, ayniqsa, ekologik muammolarning keskinlashuvi jarayonida yanada kuchaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya umumiy, sohalar yoki xoʻjalik tarmoqlari geografiyasi, jahon xoʻjaligi geografiyasi, aholi geografiyasi, regional iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga boʻlinadi.
Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ishlab chiqarishni yaxlit va uning alohida tarmoqlarining joylashish qonuniyatlarini oʻrganadi.
Soha iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida sanoat geografiyasi, qishloq xo’jaligi geografiyasi, transport geografiyasi keng rivojlanmoqda. Ayni global o’zgarishlar va taraqqiyot davrida xizmat koʻrsatish sohalari geografiyasi, rekreatsiya geografiyasi, tabiiy resurslar geografiyasi, tibbiyot geografiyasi kabilar shakllanib rivojlanmoqda.
Regional iqtisodiy va ijtimoiy geografiya aniq mamlakat va rayonlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barcha hududiy xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining ilmiy-amaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqadi. Aynan shu maʼnoda uning asosiy tushuncha va qonuniyatlari, ilmiy gʻoyalari hozirgi zamon talabi nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga oʻtish davrida ishlab chqarish kuchlarini joylashtirishni davlat tomonidan tartibga solib borish va boshqarish, regional ijti-moiyiqtisodiy dasturlarning ilmiy asoslarini yaratish, regional va milliy iqtisodiyot rivojlanishini jonlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi oʻsish qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislari, raqobat muhiti, investitsiya makoni, erkin iqti-sodiy integratsiya sharoitlarini vujudga keltirish masalalarini tadqiq qilish muhimdir. Aholi geografiyasi madaniyat, tibbiyot va ijtimoiy geografiya bilan bogʻliq. Uning oʻzi esa aholining joylashishi, aholi manzillarining tiplari va boshqa xususiyatlarini oʻrganadi. Aholi geografiyasining deyarli barcha masalalari iqtisodiy va ijtimoiy geografiya doirasida oʻrganilishi mumkin. Aholi geografiyasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa tarmoqlari (sanoat geografiyasi, qishloq xoʻjaligi geografiyasi, transport geografiyasi) orasida alohida oʻrin tutadi. Bundan tashqari, siyosiy geografiya masalalari ham iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning doirasiga kiritiladi. Siyosiy geografiya oʻrganadigan siyosiy voqealar, mamlakatning geosiyosiy va geostrategik mavqei koʻp jihatdan maʼlum iqtisodiy sharoitlarning mahsuli sifatida namoyon boʻladi va, aksincha, siyosiy barkamollik xoʻjalik hayotiga katta taʼ sir koʻrsatadi.
Iqtisodiy geografik maʼlumotlar antik davr va oʻrta asrdagi geograf va sayyohlarning asarlarida ham uchraydi. Ammo, uning keng rivojlanishi hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi hamda savdo va transport taraqqiyotiga bogʻliq. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning ahamiyati shoʻrolar imperiyasi parchalangach, mustaqillikka erishgan koʻpgina mamlakatlarning bozor munosabatlariga oʻtish davrida yanada ortdi. Negaki Sovet Ittifoqining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati hududlarni aniq bir mehnat taqsimotiga, muayyan mahsulotga ixtisoslashuvi ostida ushlab turish usulidan unumli foydalangan edi. Ayni vaqtda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqotlari aniq iqtisodiy fanlarning tadqiqotlarini takrorlamaydi. Uning oʻziga xos geografik xususiyatlari mavjud:
Ishlab chiqarish tarmoqlarining joylashishi oʻrganilganda ularning butun hududiy majmuasi birgalikda tahlil qilinadi;
muayyan hudud (mamlakat, rayon, aholi punkti) aniq tabiiy va ijtimoiy tarixiy sharoitlar bilan birga oʻrganiladi;
tabiiy-geografik sharoit albatta eʼtiborga olinadi;
tadqiqot jarayonida masalaning hududiy (geografik) tomoniga alohida ahamiyat beriladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tabiiy geografiya bilan bevosita bogʻliq. Oʻrganilayotgan mamlakat yoki hududining tabiiy sharoiti, foydalanilayotgan yoki foydalanishi mumkin boʻlgan tabiiy resurslarini bilish zarur. Chunki tabiiy sharoit xoʻjalik ixtisosiga, mehnat unumdorligiga, aholi va aholi manzilgohlarining joylashish xususiyatlariga katta taʼ sir koʻrsatadi. Shuning uchun bunday tadqiqotlarda tabiiy sharoit va resurelarga iqtisodiy baho berish muhim oʻrin tutadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, rayonlashtirish masalalari har bir mamlakat iqtisodiy qudratining, xalqaro obro’sini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |