2. Angren maxsus ishlab chiqarish zonasi. 2012 yil tuzilgan Toshkent viloyatidagi.
3. Jizzax erkin iqtisodiy zonasi. 2013 yil 18 yanvarda PF asosida O‘zbekistondagi uchinchi iqtisodiy zona sifatida tashkil etilgan. Bu loyiha uchun Xitoy Taraqqiyot banki tomonidan 50 million mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutiladi.
Erkin iqtisodiy zona tashkil qilishdan asosiy maqsad Jizzax viloyati va u bilan qo‘shni hududlardagi ishlab chiqarish va eksport potentsialini rivojlantirish, shuningdek zahiradan samarali foydalanish uchun investitsiya va yetakchi texnikalarni jalb qilish ekani aytiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar faqat depressiv ahvolga tushgan hududlarda tashkil qilinadi. Ya‘ni tabiiy iqtisod deyarli mavjud bo‘lmagan joyda. Bunday zonalar 50-100 yillar uchun emas, balki qisqa muddatlarda iqtisodni ko‘tarishga mo‘ljallanadi. Va iqtisodni ko‘tarish uchun maxsus sharoitlar yaratiladi. Jumladan juda oz soliq miqdori va mahsulotlarning aylanishi uchun keng maydon, ishchi kuchi va boshqalar deganidir. Albatta bunday sharoilar mintaqaning boshqa joylaridagidan farq qiladi.
Urgut, G'ijduvon, Qo'qon va Xozaraspda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.
Samarqand viloyatining Urgut tumani, Buxoro viloyatining G'ijduvon tumani, Farg'ona viloyatining Qo'qon shahri va Xorazm viloyatining Xozarasp tumanida "Urgut", "G'ijduvon", "Qo'qon" va "Xozarasp" erkin iqtisodiy zonalari (EIZ) tashkil etiladi. Davlat rahbarining O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlangan shu haqdagi qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirildi.
Yangi tashkil etiladigan EIZlar mineral-xomashyo resurslari va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo'yicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, to'rt viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish bo'yicha qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Ko'rsatib o'tilgan zonalarni shakllantirish muddati kelgusida uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etib, mazkur muddat davomida bu yerda alohida soliq va bojxona imtiyozlari amalda bo'ladi. EIZ hududlarida logistika markazlari hamda bojxona postlari tashkil etiladi.
Meva-sabzavot hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, tekstil, gilamchilik, oyoq kiyimi va charm, ekologik xavfsiz kimyoviy, farmatsevtik, oziq-ovqat, elektronika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo'nalishlar bo'yicha yangi ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
XULOSA
Mamlakat o’zining taraqqqiyoti uchun o’z imkoniyatlarini munosib va qulay joylashtirishi, sanoat va qishloq xo’jaligi bo’yicha rivojlangan hududlar bilan bu sohada nisbatan qoloq hududlar o’rtasida o’zaro sinergetik(hamkorlik) faoliyatini yo’lga qo’yishi, kam taraqqiy etgan hududlarga qolgan hududlar bilan teng raqobatga ega bolib olishi uchun zaruriy ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy imtiyozlar yaratib berishi dunyo mamlakatlari tajribasida ijobiy baholangan. Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini iqtisodiy rayonlarga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot institutida XX asrning 60-yillari boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa surilgan5.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlardan tashqari hududiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy geografik oʻrin (turli xoʻjalik obyektlarining — vujudga kelganligi, joylashganligi, rivojlanish xususiyatlari)ni ham tadqiq etadi. Hududiy ishlab chiqarish majmualarini toʻgʻri tashkil qilish, infrastruktura tizimidan oqilona foydalanish esa iqtisodiy geografik samaradorlik va farovonlikni ta ʼminlaydi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya oʻz tadqiqotlarida bir qancha anʼ anaviy va hozirgi zamon ilmiy texnika metodlaridan foydalanadi. Geografik taqqoslash, haritagrafiya, tarixiy, statistik, kuzatish, balans, matematik metodlar shular jumlasidandir. Oʻzbekiston va uning iqtisodiy rayonlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarini oʻrganish va xoʻjalikning turli tarmoklarini joylashtirish boʻyicha yirik iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston FAning sobiq Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganuvchi kengashi tomonidan uyushtirilgan Fargʻona va Zarafshon ekspeditsiyalari natijasida iqtisodiy geografik maʼlumotlar toʻplangan. Oʻzbekiston Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya boʻyicha M.Akramov, A.S.Soliyev, A.Roʻziyev va boshqalarning asarlari mavjud. Oʻzbekistonda iqtisodchi-geograflar davlat tashkilotlari, FA institutlari, ilmiy tadqiqot va loyihalash institutlarida respublika ishlab chiqarish institutlarini joylashtirish muammolarini hal qilishda hamda xalq taʼlimi sistemasida bevosita faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Yuqori malakali iqtisodchi-geograflar va geograflar yurtimizning ko’plab oliygohlarida tayyorlanadi. Bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida 2019 yilning 31 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator ilm-fan vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universitetini tashkil qilish tashabbusiniilgari surdi 2020 yil 8 iyun kuni esa ana ushbu tashabbusning amaliyotga tadbiqi sifatida “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya sohasida yetuk kadrlarni tayorlash hamda bu sohada munosib islohotlarni olib borish jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir. Bu sohani nafaqat geograf kadrlar, balki jamiyatning har bir a’zosi yaxshi bilishligi mamlakatimiz salohiyatiga katta ijobiy ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |