KORXONA OPERATSION FAOLIYATI TAHLILI
Reja:
1.Korxona faoliyati turlari: operatsion, investitsion,moliyaviy faoliyat.
2.Korxona operatsion faoliyati samaradorligini (mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning innovatsion mahsulot, eksport hajmi ko‘rsatkichlarini) baholash.
3. Operatsion leveridj tahlili.Operatsion risklar va ularni boshqarish.
Tayyorladi: Mamarasulov Sadriddin
1.Korxona faoliyati turlari: operatsion, investitsion,moliyaviy faoliyat
Operatsiya – (lotincha “Operatsion” so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlarni anglatadi.Faoliyat – maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni. Operatsion faoliyat xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.Operatsion faoliyat-mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan.
Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.
Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir.
Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining moliyaviy natijalarining ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir
Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir.
Investitsion tahlil – investitsion faoliyat, uning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir.
Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.
Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik subyektining moliyaviy harakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.
Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan
shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab- quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi. Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan keladi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi.
Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi:
- Aylanma mablag‘lar miqdori;
- resurslarni safarbar qilish yo‘llari;
- moliyaviy mablag‘lardan samarali
foydalanish usullari;
- sarf-xarajatlarni optimallashtirish;
- asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib
olish;
- tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati
o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;
- sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar.
2.Korxona operatsion faoliyati samaradorligini (mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning innovatsion mahsulot, eksport hajmi ko‘rsatkichlarini) baholash.
Tahlil etishda eng murakkab jarayon bu operatsion faoliyat samarali baholash masalasidir. Operatsion faoliyat samaradorligida resurslardan darajada foydalanish darajasiga baho beriladi.Opreatsion faoliyat samaradorligi xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishga yetkazib berish, raqobatchilarning sarfidan kam bo‘lgan chiqimlar hisobiga mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni sotish afzalliklariga egaligi bilan tavsiflanadi.Operatsion faoliyat samaradorlikning umumiy ko‘rsatkichi sotishdan tushumni sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxiga bo‘lish asosida topiladi:
Ko=St/Mt
St–sotishdan sof tushum;Mt –sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi.
Operatsion faoliyat samaradorligi baholashda birlik ko‘rsatkichlar sifatida mahsulot ishlab chiqarishda qatnashuvchi, kelgusida iqtisodiy naf keltiruvchi aktivlar (moddiy, nomoddiy, intellektual mulk)ning, mehnatning samaradorlik ko‘rsatkichlari olinadi.
Operatsion faoliyat samaradorligini baholashda:
- moddiy resurslar sarfi (samarasi)ga
- mehnat sarfi (unumdorligi)ga;
- mehnat vositalari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi (sa-
marasi)ga;
- innovatsion mahsulotga (raqobatdoshligi);
- eksport qilingan mahsulot hajmiga alohida ahamiyat qaratiladi
(eksport salohiyatiga);
3.Operatsion leveridj tahlili
Har bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida, albatta moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Foydani ko‘paytirishga yo‘naltirilgan aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda leveridj kategoriyasi bilan harakatlanadi.
Leveridj bu– tom ma’noda og‘ir narsalarni o‘zgartira oladigan ma’lum bir kuch (yelka) bo‘lib, uning yordamida nisbatan og‘ir yuklarni joyida ko‘chirish mumkin. Iqtisodiyotga tatbiq qilganda u uncha katta bo‘lmagan o‘zgarish
natijaviy ko‘rsatkichning sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keluvchi omil sifatida qaraladi.
Mahsulot tannarxining asosiy elementlari o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil bo‘lishi mumkin. Bu farq korxonaning texnika va texnologiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. Mahsulot tannarxining o‘zgarishi umumiy soha daromadni o‘zgartirishga olib keladi. Asosiy vositalarni moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‘sishiga va o‘z vositalarni xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq bu o‘zgaruvchanlik to‘g‘ri chiziq orqalicifodalanmaydi. Shuning uchun ham doimiy va o‘zgaruvchan harakatlarning optimal nuqtasini talab etiladi. Ushbu bog‘lanish ishlab chiqarish leveridjini tashkil etadi.
Operatsion leveridj – bu mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish hajmini tuzilmalarini o‘zgarishi natijasida yalpi foydaga ta’sir ko‘rsatishning potensial
imkoniyatidir. Operatsion leveridj ko‘pincha ishlab chiqarish leveridji deb ham yuritiladi.Qiymat bo‘yicha operatsion leveridj quyidagi formula orqali hisob kitob-qilinadi:
Or=V/P;
Or=(F+Xo‘+Xd)/F=1+Xo‘/F+Xd/F.
Bu yerda: Or-operatsion richag;F- sotishdan foyda;Xo‘-o‘zgaruvchan xarajat;Xd-doimiy xarajat.Natura shaklidagi operatsion richag quyidagi bog‘lanishda topiladi: Or=T-Xo‘/F.
Operatsion risklar va ularni boshqarish.
Ishlab chiqarish leveridji faqatgina bir xil ishlab chiqarishningzaxiraviy darajasiga ega bo‘lgan korxona uchun ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkichning ko‘proq ahamiyati yuqori texnika-texnologiya bilan qurollangan korxonalar uchun xarakterlidir. Aniqroq qilib aytganda, korxonaning o‘zgaruvchan xarajatlariga qaraganda qanchalik doimiy xarajatlarning yuqori bo‘lishi, ishlab chiqarish leveridjining yuqoriligidan dalolat beradi. Shunday qilib, o‘zgaruvchan xarajatlarni kamaytirish maqsadida o‘zining texnika-texnologiya bilan qurollanganlik darajasini yaxshilashda, korxonada texnika-texnologiya ishlab chiqarish leveridjini o‘sishiga olib keladi. Yuqori darajadagi tijoriy leveridjga ega bo‘lgan korxona ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan ko‘proq tavakkalchilikka (riskka) ega bo‘ladi. Bu risk-umumiy foydani to‘liq ola olmaslikni ifodalaydi.Shu sababli, bugungi kunda risklarni aniqlash va ularni boshqarish yuzasidan aniq metodika ishlab chiqilmagan va u har bitta korxonaning faoliyat, boshqaruv funksiyalari ijrosidan kelib chiqqan holda u yoki bu darajada yuritilmoqda.Risklarni modellashtirish yuzasidan turli modellari ishlab chiqilgan. Ularning tarixiy qiymatga bog‘langan, statistic tahlil, tajriba modellarini tarkiblash mumkin.
Operatsion risklar bo‘yicha axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
- risklarning muhim indikatorlari monitoringi;
- baholash;
- biznes jarayonlar reglamenti;
Qonunchilik normalariga amal etilishi nazorati;
- informatsion texnologiyalarning risk nazorati;
- xodimlarni o‘qitish, rag‘batlantirish va motivlashni takomillashtirish;
- biznes jarayonlarni avtomatlashtirish;
Operatsion risklar bo‘yicha ichki hisobotni tartibi;
- faoliyat uzluksizligini ta’minlash rejalarini tuzib chiqish;
- operatsion risklar sug‘urtasi;
- alohida funksiyalarning autsorsingi.
Operatsion risklarni boshqarish yuzasidan quyidagi usullardan foydalaniladi:
Xulosa
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.Xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyat daromadlari samaradorligini oshirish xalqaro standartlar tizimi asosini tashkil qilish asoslari ko’rib chiqildi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarining jaxon amaliyotida qabulqilingan uslubiy tamoyillari uyg’unligini taminlash, bu bevosita xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim zamin bo’lib xo’jalik yurituvchi subektlar salohiyatin yanada oshirishga olib keladi.Biznesni harakatga keltiruvchi kuch faoliyatning (esubektlar ko‘rinishdagi harakatlar) yakunida erishiladigan foyda hisoblanadi. Shu sababli, foyda mulk shaklidan qat’i nazar barcha korxonalarning faoliyatini baholashning yagona ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Shuningdek, foyda bu – maqsadli harakatning rag‘bati hamdir. Tijorat faoliyati va uning davomiyligi ko‘pincha ushbu unsurning hajmiga, to‘g‘ri taqsimotiga va ishlatilishiga bog‘liq. Foyda o‘z-o‘zidan iqtisodiy aktivlarni oldingi harakatlarining mutanosibligidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |