Baholash mezonlari
T/r
|
Baholash mezoni
|
Ball
|
1.
|
Olgan bilimlarni hayotda qo`llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog`lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni to`liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o`quvchilarga o`rnak bo`ladigan
|
5
|
2.
|
O`quv ko`rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini tibbiyotdagi o`rnini to`g`ri tushungan, mustaqil fikrlash, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan.
|
4
|
3.
|
Davlat ta`lim standartlaridan kelib chiqib, darslarda 95% gacha qatnashgan, ma`ruza matnini yozgan, o`quv qurollari to`la bo`lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan.
|
3
|
4.
|
Yuqoridagi shartlarni 50-60% ni bajarishda qiynalgan, qo`shimcha va qayta topshirgan.
|
2
|
O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li
Reja:
O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li
O‘zbekiston Konstitutsiyasi – demokratik jamiyatning
huquqiy asosi
1992 yil 8 dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi.
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlar mustaqillikka erishgandan boshlab shakllana boshladi. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi, jumladan, demokratiya, huquqiy davlat, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati haqida g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, ma’ruzalarida, nutqlarida asoslab berildi. Hozirgi vaqtda respublikamiz olimlari tomonidan bu borada tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmoqda.
“Demokratiyaning asl mohiyati-inson qadr-qimmati, hurmati hamma narsadan ulug‘, degan aqidadan iborat bo‘lmog‘i lozim”.1
“CHinakkam demokratiyaning oliy mazmuni esa shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati tinch-totuv yashaydi".2 –degan g‘oyalarni ilgari surgan edi Prezidentimiz I.A. Karimov.
Demokratiya –bu avvalo, xalq hokimiyatchiligidir. U davlat tuzumining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng jamiyatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. Binobarin, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir.
Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan olgan besh tamoyilning muhim qismi aholini kuchli ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi hamda respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |