Sirdaryo abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


yil 8 dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi



Download 349,01 Kb.
bet10/27
Sana04.04.2022
Hajmi349,01 Kb.
#527852
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
uzb tar mavzular toplami

3. 1992 yil 8 dekabrda 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida”gi masala ko‘rildi. Bu xususda Konstitutsiyaviy komissiya Raisi. Prezident I.A.Karimov ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan O‘zbekistonning Asosiy Qonuni. Respublikada avvalgi yillarda qabul qilgan qonunlardan farqli o‘laroq, demokratik yo‘l bilan tayyorlangan bo‘lib, unda yillar davomida sinovdan o‘tgan umuminsoniy qadriyatlar o‘z aksini topganligi, u ko‘plab taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribalarini o‘ziga singdirganligi alohida uqtirildi. “SHuning uchun ham mazkur Konstitutsiya har qanday etakchi mamlakatning konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin”,-deb ta’kidlandi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgarish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Jumladan, loyihadagi Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarining vakolat muddati o‘n yildan besh yilga tushirildi. Oliy Kengash 84-moddani quyidagi yangi qism bilan to‘ldirdi: “Oliy Majlis Raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga har yili hisobot berib turdilar”. 78-moddaning 8-bandiga esa shunday jumla qo‘shildi: “Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish” va hokazo.1
Albatta, deputatlar takliflarining rad etilganlari, loyihaga qo‘shilmaganlari ham bo‘ldi. Masalan, deputat V.A.Kozlov Oliy Majlis ikki palatadan iborat bo‘lishini taklif etdi. Biroq bu taklif qabul qilinmadi, tajribada sinalgan bir palatalik tizim saqlanib qolindi. Sababi, O‘zbekistonda bunday an’ana bo‘lmaganligi va shuningdek, mamlakatda xalqlar o‘rtasida barqarorlik, millatlararo munosabatlar, milliy totuvlik yo‘lga qo‘yilgani bilan ajralib turadi. Gap ko‘p pog‘onali parlament tuzishda emas, balki davlatning dono, puxta o‘ylangan milliy siyosatida, asrash va rivojlantirish zarur bo‘lgan xalq an’analarida edi. SHuning uchun O‘zbekistonda tuzilajak parlament bir palatali deb lozim topildi.
SHunday qilib, suveren demokratik O‘zbekiston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Asosiy Qomusimiz davlat, mustaqilligimizning mevasi, mahsuli sifatida dunyoga keldi va hurligimiz, ozod-erkinligimiz qalqoni sifatida yashamoqda. Kosntitutsiya kelajagi buyuk O‘zbekistonning qad rostlashi uchun, adolatli huquqiy davlat barpo etish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, Konstitutsiyaviy komissiyaning Raisi I.A.Karimov Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiyasida Konstitutsiya ta’kidladi: “Hur O‘zbekistonimizning tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul qilish-jumhuriyatimizning yangidan tug‘ilishidir, huquqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir... Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar”1.
Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan Konstitutsiyani qabul qildilar. Konstitutsiya 6 bo‘lim, 128 moddadan iboratdir.
Faqat milliy istiqlol, davlat mustaqilligiga erishish tufayli O‘zbekiston Respublikasining tamomila yangi, inson manfaatlarini, haq-huquqini himoya qiluvchi chinakam demokratik Konstitutsiyasini yaratishdek ulkan tarixiy imkoniyat vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrdagi o‘n birinchi sessiyasi tomonidan O‘zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea edi.
O‘zbekistonning YAngi Konstitutsiyasi o‘ziga xos xususiyatlari bilan diqqatga sazovordir.
Birinchidan, shuni ta’kidlash joizki, ushbu hujjat huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini, hozirgi zamon konstitutsiyaviylik ilmini o‘zida mujassam etgan.
Ikkinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanilganligi ham uning o‘ziga xos muhim xususiyatidir.
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasidagi avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy, davlat-siyosiy tizimidan amalda boshqa tizimga o‘tilganligini, tubdan yangilanish ro‘y berganligini konstitutsiyaviy rasmiylashtirish bilan ajralib turadi. Masalan, “sotsialistik” o‘tmishdan, ayni vaqtda sovet namunasidagi tizimdan ham voz kechgan holda, ijtimoiy ong davlatlashib ketgan umumxalq mulkchiligini ijtimoiy taraqqiyotga to‘g‘anoq sifatida inkor etib, xususiy mulkni, iqtisodiy erkinlik va yakka tartibdagi tadbirkorlarni tan oldi. YAngi Konstitutsiya mohiyatining o‘ziga xos tomoni ana shu omillar bilan belgilanadi. Demak, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan yangi, prinsipial siyosiy xujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun va mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillari e’tiborga loyiqdir.
Davlat suverenitetining mazmuni Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan va juda aniq ochib berilgan. CHunonchi, 1-bobda “O‘zbekiston suveren demokratik respublika” ekanligi mustahkamlab berilgan. Konstitutsiyada davlat hokimiyati, bir tomondan, mamlakat ichida ustunlik va mustaqillikka ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tashqi siyosat, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatda o‘zi erkin, mustaqil ish yuritishi belgilab qo‘yilgan. Davlat o‘z hududi va milliy boyliklariga nisbatan eng oliy huquqqa egadir. “O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo‘linmasdir” (3-modda). O‘zbekiston Respublikasi mustaqil ravishda o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyatni va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, respublika Konstitutsiyasi o‘z hududida ustunlikka ega bo‘lgan qonunlar qabul qiladi.
Davlat suverenitetining beistisno barcha ijtimoiy hokimiyat vakolatlari faqat konstitutsiyaga binoan tuzilib, amalda bo‘lgan davlat institutlaridagiga to‘la va so‘zsiz jamlanishini taqazo qiladi. Ana shu nuqtai nazardan 10-modda mantiqan juda katta ahamiyatga ega: “O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylangan Respublika Oliy Majlisi va Parlamenti ish olib borishi mumkin”.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida vakolat berilgan idoralar amalga oshirishi ham nazarda tutilgan. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan atrtibda davlat hokimiyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi tizimlarini yaratish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi (7-modda).
Xalqaro doirada O‘zbekiston Respublikasining ustunligi va mustahkamligi uning davlatlararo muloqotlarning to‘laqonligi va teng huquqli sub’ekti sifatidagi maqomiga asoslanadi. Konstitutsiyada O‘zbekiston davlatining alomatlari qayd etilgan bo‘lib, ular davlatimiz xalqaro munosabatlarining teng huquli sub’ekti ekanligini ta’minlaydi.
YAngi Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi qoidasi mukammal tarzda o‘rin olgan. SHu bois u xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki ekanligini anglatadi. Xalq hokimiyati o‘z vazifalarini ham bevosita, ham o‘zi saylangan davlat organlari orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Konstitutsiyada davlat o‘z faoliyatini xalq manfaatlarini, jamiyat faravonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yilgan.
Asosiy Qonunda xalq hokimiyatining real omillari ko‘rsatib berilgan. Xalq saylov ahli bilan vakillik hokimiyati organlarini tuzadi, mamlakat Prezidentini saylaydi, umumxalq muhokamasi va referendum orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, qrorlar (qonunlar) qabul qilinishida ishtirok etadi (9-modda). SHu tarzda xalqning suveren xohish-irodasi, uning o‘z davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish usullari konstitutsiyaviy yo‘l bilan mustahkamlanadi.


Download 349,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish