Sirdaryo abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


O‘zbekiston Konstitutsiyasi – demokratik jamiyatning huquqiy asosi



Download 349,01 Kb.
bet9/27
Sana04.04.2022
Hajmi349,01 Kb.
#527852
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
uzb tar mavzular toplami

2. O‘zbekiston Konstitutsiyasi – demokratik jamiyatning huquqiy asosi
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri uning asosiy Qonuni-Konstitutsiyasi hisoblanadi. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan bevosita ilgari surilgan edi. Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida mustaqillik deklaratsiyasining muhim tamoyillari asosida davlatning yangi konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident I.Karimov raisligidan 64 kishidan iborat konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1
Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan konstitutsiyaning g‘oyaviy mag‘zi, ya’ni konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi: respublika fanlar akademiyasi falsafa va huquq institutining konsepsiyasi, siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsepsiyasi va boshqaruv institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik bo‘limi tayyorlangan konsepsiya ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos uchun qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazavor g‘oyalari bilan boyitilib, umumlashgan, puxta yagona g‘oyaviy asos shaklga keltirildi. Konstitutsiyaviy komissiya va uning raisi tomonidan ma’qullangan ana shu konsepsiya asosida bo‘lajak konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991 yil oktyabr-noyabrlarigacha tayyorlab bo‘lindi. Bu muqaddima, olti bo‘limga taxsim qilingan 158 moddadan iborat edi.1 Ushbu loyiha byuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash bayonoti qabul qilindi. Bu bilan respublika parlamenti mustaqil O‘zbekiston respublikasi, suveren davlat qaror topganini butun dunyoga e’lon qildi. Qonunda xalq hokimiyatchiligi, demokratik davlatchilik, inson huquqlari muqaddasligi, qonun ustivorligi, hokimiyat bo‘linishi. Mamlakatning hududiy yaxlitligi kabi muhim prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu ilg‘or demokratik g‘oya va prinsiplar Konstitutsiya loyihasi mazmuniga ham singdirildi. SHunga qaramasdan dastlabki loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. YAnada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash lozim edi.
1992 yil bahorida loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Ta’kidlanishicha, ishchi guruh O‘zbekiston xalq deputatlari, mehnat jamoa rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda loyihaning uchinchi ko‘rinishini tayyorladi. Unda O‘zbek halqining tarixiy, milliy va ma’naviy xususiyatlarini imkon qadar aks ettirishga harakat qilindi. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan qabul qilingan qarorga binoan konstitutsiya loyihasini uzil-kesil ishlab chiqish uchun ishchi guruh (komissiya) tuzildi. Uning tarkibi 25 kishidan iborat bo‘ldi. Guruh zimmasiga huquqiy demokratik davlat barpo etish jahon tajribasini, O‘zbekistonning demokratik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzini, uning taraqqiyoti tajribasini har tomonlama umumlashtish va uni Konstitutsiya loyihasida hisobga olish vazifasini yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasining loyihasi puxta ishlovlardan so‘ng Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992 yil 26 sentyabrda umumhalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Mustaqil davlatimizning har bir fuqarosi, butun xalq ommasi Konstitutsiya loyihasini katta qiziqish va ozod Vatan uchun cheksiz iftixor tuyg‘ulari bilan kutib oldi. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli holat. Zero, davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko‘p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo‘lishiga bog‘liq, aniqrog‘i har qanday davlatning Konstitutsiyasi unda yashovchi xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi.1
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi nihoyatda keng ko‘lamli bo‘lib, yuksak ijodiy ko‘tarinkilik va ishchanlik kayfiyatida o‘tdi. U jamiyatimizda chinakam demokratiya qaror topishining yorqin namoyishi bo‘ldi. O‘z ruhi va mazmuni jihatidan muhokama davlat va jamiyat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha butun xalqning umumiy suhbatiga aylanib ketdi. Loyihaning qizg‘in hamda manfaatli muhokamasi xalqimizning o‘zi mustaqil O‘zbekiston Asosiy Qonunining bevosita ijodkori bo‘lganligini ko‘rsatdi.
Umumxalq muhokamasi qariyb uch oy davom etdi. Unda mamlakatda yashayotgan turli millat va elatga mansub bo‘lgan barcha katta yoshdagi aholi ishtirok etdi. Matbuotda, radio va televidenie orqali, korxona, muassasa hamda tashkilotlardagi yig‘ilishlarda, auditorilarda qizg‘in muhokama, bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Loyiha qoraqalpog‘iston Oliy Kengashi sessiyasida, ivloyatlar, tumanlar va shaxarlardagi faollar yig‘ilishlarida muhokama etildi. Oliy Kengash Rayosati, viloyat hokimliklari taklif va mulohazalarni muntazam ravishda umumlashtirib, yakuniy jadvallar tuzib, ularni Konstitutsiyaviy komissiyaga yuborb turdilar.
SHu davrda O‘zbekiston Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilie bo‘ldi. Uning mazmuni shundaki, Konstitutsiyaviy komissiya dastlab belgilangan ikki yarim yillik muddat mobaynida muhokama qilingan loyiha muhnatkashlar takliflari asosida qayta tuzatilib, 1992 yil 21 noyabrda muhokamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi. SHunday qilib, huquqiy protsendent ro‘y berdi-umumxalq muhokamasi ikki bosqichda amalga oshirildi. Bu hol muhokama ishtirokchilarini siyosiy jihatdan faollashtiruvchi qudratli turtki bo‘ldi. Uning maqsadi fuqorolarga ularning muhokamadagi jonbozligi, mahsuli va samaralarini aniq ko‘rsatishdan iborat edi.
Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Faqatgina Konstitutsiyaviy komissiyaga mingdan ziyod xatlar tushdi. Ularda loyihaning ixcham, lo‘nda, chuqur ma’noli va barchaga tushunarliligiga yordam beruvchi mulohazalar bildirildi.
Taklif va mulohazalarning aksariyati fuqorolarning huquqiy va burchlari, shaxs daxlsizligi, dinnnig jamiyatdagi o‘rni va roli, iqtisodiy huquqlar, jumladan, mulk huquqi, bozor munosabatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqiy tartibot va qonuniylikning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga qara tilgan moddalar, boblar va bo‘limlarga taalluqli bo‘ldi.
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O‘zbekiston halqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdek muhokama davomida to‘plangan boy materialni har tomonlama va chuqur o‘rganib, umumlashtirib, uni mujassam davlat irodasi tarzida Asosiy Qonunda ifodalash imkonini berdi1. Konstitutsiya xalqimizning siyosiy donoligi va tafakkuri mahsuli bo‘ldi.
Umumxalq muhokamasi davom etayotgan davrda ham konstitutsiyaviy komissiya raisi loyihani takomillashtirishga katta e’tibor qaratdi. Fuqarolar va mehnat jamoalaridan tushayotgan taklif-mulohazalar jamlanib, uning e’tiboriga havola qilib turildi. Mamlakat Prezidenti Konstitutsiya loyihasi ustida ishlar ekan, uning ortida millionlab kishilarning taqdiri turganligini qayt-qayta ta’kidlar edi. Buni quyidagilardan bilsa bo‘ladi. Masalan, loyihaning 1-moddasida “O‘zbekiston-demokratik respublika” deb yozilgan edi. Prezident bunga aniqlik kiritib, “suveren” so‘zini qo‘shib qo‘shgan. Natijada bu modda “O‘zbekiston-suveren demokratik respublika” tarzida bo‘ldi. Ma’lumki, suverenitet har qanday davlatning muhim belgisidir. Konstitutsiyada bu jihatga urg‘u berilishi O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega. CHunki O‘zbekiston endi ilgarigidek Ittifoq davlatining tarkibida emas. Ikkinchi tarafdan, uning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga qo‘shilganligi mustaqillikni va davlat suverenitetini yo‘qotdi, degan ma’noni anglatmaydi. Bu MDH shakllanayotgan va uning atrofida turli qarama-qarshi mulohazalar bildirilayotgan bir paytda katta siyosiy ahamiyatga ega edi.
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi mana bunday tahrirda edi: “O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar tomonidagina amalga oshiriladi”. Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritib, respublikada davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab... amalga oshiriladi, deb belgilab qo‘ydi. Bu bilan Konstitutsiyaning “xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” (7-modda, 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik kuchaydi.

Download 349,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish