4 Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
REJA:
1. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi” “O’zbek ishi”
2. Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar. I.Karimov O’zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati
3.1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
Siyosiy tizimdagi o’zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y-harakatlar. Mustaqil O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.1980-yillarning o’rtalariga kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining
barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi va boshqaruvda
ma’muriy— taqsimlash tizimi hukmronligi tobora kuchayib bordi, natijada ishlab chiqarishning o’sish
sur’atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib ketdi, ishlab
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat samaralari va shu kabilardan begonalashuvi
yanada ortib bordi.
Xalq xo’jaligini tanazzulga olib kelgan chuqur izdan chiqish jarayonlari, xalq ijtimoiy manfaatlarining
nazar-pisand qilinmasligi kabi boshqa omillar bilan birgalikda KPSSning ulkan, lekin kutilayotgan
natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning oqsashini oldindan belgilab
berdi. CHunki bu vaqgga kelib, xalqning bunyodkorlik g’ayrati partiya-davlat tuzilmalarining siyosiy
hukmronligi bilan butunlay siqib qo’yilgan edi.
Sarf-xarajatlarga to’lib-toshgan sovet iqtisodiyotining jiddiy nuqsonlari, boshqaruv tizimining o’ta
markazlashganligi va taraqqiyotga to’g’anoq bo’layotganligi markaziy siyosiy rahbariyatni bu yo’nalishda muayyan islohotlar o’tkazishga undadi. Masalan, 1950-yil va 1960-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatini
bir oz bo’lsa-da demokratlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish jarayonlarini isloh qilishga urinishlar
bo’lgan edi. Vaqt jihatidan farq qiluvchi ana shu islohotlar strategiyasida xalq xo’jaligi va siyosiy sohada, shunchaki juz’iy o’zgarishlar qilish bilan cheklanilgan edi. Eskilikka yopishib olgan holda ma’muriy tizim
doirasida, iqtisodiyotga partiya rahbarligi va uning haddan tashqari mafkura izmida bo’lishi sharoitida
qilingan islohotlar kutilgan natija bermadi, iqtisodiyotning jonlanishiga erishib bo’lmadi.
“Aksincha,—deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov,— so’nggi o’n
yillar mobaynida soxta obro’ orttirish maqsadida qabul qilingan va mavjud imkoniyatlarni hisobga
olmagan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi ko’pgina dasturlar
iqtisodiy qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirib yubordi. Natijada iqtisodiyotni batamom izdan chiqarib,
moddiy va moliyaviy mablag’lar taqchilligining dahshatli tarzda o’sishiga olib keldi”.
Xo’jalik organizmiga mustabid tuzum davrida o’rnashib qolgan illatlar O’zbekiston iqtisodiyotiga tag’in
ham ko’proq darajada zarar yetkazar edi. Yo’l qo’yilgan qo’pol xatolar, nuqsonlar, madaniy xo’jalik
yuritish printsiplarining to’g’ridan-to’g’ri buzilishi natijasida iqtisodiyot olg’a tomon siljishida eng muhim
bo’lgan yo’nalishlar barbod bo’la boshladi.
1980-yillarning o’rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha respublika ittifoqda oxirgi
o’rinlardan birini egallar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad hosil qilish O’zbekistonda o’rtacha ittifoq
darajasiga qaraganda ikki baravar kam edi. O’zbekiston aholisining mamlakatdagi boshqa mintaqalarga
nisbatan moddiy va ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanish darajasidagi farq jiddiy ravishda ortib ketgan
edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning yangi mustamlakachilik rejasiga ko’ra respublika
iqtisodiyoti uchun bir tomonlama, faqat “xom ashyo” yo’nalishida bo’lish oldindan belgilab qo’yilgan ediNatijada, respublikada sanoatning xom ashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog’liq tarmoqlari ko’proq
rivoj topdi. O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishining ko’payishi, asosan paxta tozalash, yoqilg’i sanoati resurs sohalari, qora va rangli metallurgiya tarmoqlari hisobiga ta’min etildi. Qora va rangli metallurgiya
tarmoqlarining ulushi 60—65%ga yetdi. Holbuki, mashinasozlik va metallga ishlov berish salmog’i ko’pi
bilan 2 band yuqori ko’tarilib 16%dan ko’proqni tashkil etgan edi.
O’zbekistondagi iqtisodiy va ekologik keskinlikni yumshatish, milliy o’zlikni anglash, Markaz tomonidan o’tkazilayotgan tazyiqni bo’shashtirishga bo’lgan urinishlarni, respublikaga eng maqbul va xos bo’lgan
yo’llarni belgilashga intilishning har qanday ko’rinishi “mahalliychilik”, “millatchilik” deb qaraldi va
qattiqqo’llik bilan barham toptirildi (hatto markazlashgan holda ajratiladigan mablag’lar va resurslarni
cheklashgacha borib yetildi).
Mustabidchilik merosi va iqtisodiy tanglik oqibatlarini barham toptirish yuzasidan qatьiy chora-tadbirlar
ko’rish o’rniga vaqtli matbuotda, radio, televidenie va shu kabi vositalar orqali sovet jamiyatining
“muammolardan holiligi”, mutlaqo “tangliksiz” holda rivojlanayotganligi haqidagi, KPSS tanlagan
“sotsialistik taraqqiyot yo’lining to’g’riligi” xususidagi ilgaridan hammaga ma’lum bo’lgan aqidalar,
safsatalar yangrashda davom qildi. Biroq unitar Sovet davlatining o’z xalqiga, hatto eng oz miqdordagi
hayotiy ne’matlarni, madaniy davlatlarda beriladigan ijtimoiy kafolatlar va erkinliklarni ham ta’minlashga qodir emasligi kun sayin yaqqol ma’lum bo’lib bordi.
Avvalgi tugallanmagan islohotlardan farqli o’laroq 1985 yilda jamiyatni har tomonlama yangilashga o’tish zarurligi e’tirof qilindi. Qayta qurishning tarkibiy qismlari sifatida jamiyat hayotini demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohotlar o’tkazishdir, deb e’lon qilindi. O’sha yillardagi partiya-hukumat hujjatlarida jamiyatni “turg’unlik” illatlaridan tozalashga, uni “inqilobiy yangilash”ga, oddiy inson ehtiyojlariga diqqat-e’tiborni kuchaytirishga chaqiriqlar yangi kuch bilan yangradi.
Rahbarlikning eskirib qolgan shakllari va usullari, to’g’anoqlik va tanglik holatlarining mavjudligi,
jamiyatda oshkora tanqidning, fikrlar xilma-xilligining, hokimiyat tuzilmalarida va iqtisodiyotni
boshqarishda demokratiyaning, Markaz bilan milliy o’lkalar manfaatlarida oqilona nisbatning yo’qligi,
inson omilining yetarli darajada hisobga olinmasligi qoralandi. Binobarin, siyosat va ijtimoiy
munosabatlar sohasida fikr erkinligiga, rahbar lavozimlarga saylashning muqobilligiga yo’l qo’yish,
mahalliy sovet organlari vakolatlari va mas’uliyatining kengaytirilishi nazarda tutildi.
Xususan, mahalliy sovet organlari sanoat korxonalarining o’zlariga buysunishidan tashqari ular faoliyatini nazorat qilishlari, joylarda keng iste’mol qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish
imkoniyatlarini qidirib topishlari, ularning sotilishini nazorat qilishlari lozim edi. Davlat tizimini isloh
qilishda ustivorlik milliy respublikalarga ko’proq mustaqillik berilishiga qaratilmog’i kerak edi.
Ittifoqdagi mavjud yakkapartiyaviylikning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini hech bo’lmaganda
cheklash, ekvivalentli bo’lmagan iqtisodiy ayirboshlashga, qishloq xo’jalik va mineral xom ashyo ishlab
chiqarishga ixtisoslashtirishga, respublikalar, ayniqsa, O’zbekiston uchun zararli bo’lgan ana shunday
iqtisodiy yo’nalishga barham berilishi zarur edi.
Biroq qayta qurish “kontseptsiyasi” avvalboshdanoq noilmiy bo’lib, u mag’lubiyatga mahkum edi.
Qayta qurish borasidagi dastlabki tajribalarning ko’rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi
kundanoq “qayta qurish” mafkurasini anglab yetishda nihoyatda soddalashgan nuqtai nazar bilan
yondashdi. Qayta qurish “kontseptsiyasi” “qardosh” ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va
muammolarini chuqur ilmiy tahlil qilishga, ularni bilishga asoslanmagan edi. O’sha davrda sovet
sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, tarixiy istiqbol
sotsializm tomonida deb qaraldi.
Sotsializmga sun’iy ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud yaramas
illatlarini “tasodifiy hol”, ular uchun “sotsialistik jamiyatda asos yo’q”, shuning uchun ularni, ayniqsa,
boshqaruv tizimidan olib tashlash kifoya deyildi. SHu bilan birga, sovet iqtisodiyotining, butun xo’jalik
tizimining ana shu illatlari kelib chiqishi jihatidan sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlarining
xususiyatiga, bozor iqtisodiyoti imkoniyatlaridan to’la-to’kis foydalanishni inkor qiluvchi kommunistik
mafkura monopoliyasiga bog’liq ekanligi tan olinmadi. 1980yillarning ikkinchi yarmi mobaynida ro’y bergan “qayta qurish”islohotlari turkumi sub’ektiv tarzda,
faqat ichki his-hayajonga asoslanib, ixtiyoriy ravishda shunchaki sinab ko’rishlar va xato usullar bilan
tashqi tomondan ta’sirchan bo’lishini umid qilib, aniq ilmiy jihatdan savodli ishlab chiqilgan, siyosiy
jihatdan asoslab berilgan dastursiz amalga oshirildi. I.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda ro’y bergan buzilishlarni ta’riflar ekan, bunday deb ta’kidlagan edi: “Inqiroz sabablari va omillarini to’liq tasavvur etmagan, o’zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo’lmagan butun iqtisodiy siyosat
empirik xarakterda bo’lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga og’ishlardan boshqa
narsa emas edi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o’tishning turlicha yondashuvlarga asoslangan
dasturlari loyihalarining ko’pligi islohotlarning aniq maqsadi yo’qligidan, ularni ro’yobga chiqarish
muddatlari — “besh yuz kun” deb belgilab qo’yilishi esa zarur o’zgartirishlarning tub mohiyati va
nihoyatda murakkabligi to’la anglab yetilmaganligidan dalolat berar edi”. SHu bilan birga, iqtisodiyotda,
ijtimoiy-madaniy sohada amalga oshirilayotgan, hatto eng yuzaki “qayta qurish” jarayonlari ham odatda
shunchaki, oshkora siyosiy tus berilgan jarayonlar edi.
Xalq xo’jaligida “qayta qurish”ning samarasizligi. O’zbekiston bilan markaz manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi. Iqtisodiy va ilmiy-madaniy salohiyatga ega bo’lgan O’zbekiston ham qayta qurish oqibatida puxta o’ylab
ko’rilmagan volyuntaristik islohotlar oqimiga jalb qilindi. Sovet rahbariyatining 1985 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish yuzasidan ilgari surgan vazifasini bajarish borasidagi
dastlabki urinishlari omad keltirmadi. Iqtisodiy tizimni qayta qurish, uning moddiy bazasini qayta ko’rib
chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqtisodiyotni va
ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish mo’ljallangan edi.
Masalan, O’zbekiston xalq xo’jaligini jadallashtirish umumdavlat dasturini ta’minlash rejasida
1990 yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 24—27%ga oshirishga erishish, tarmoqda mehnat
unumdorligini 19%ga, qurilishda 14%ga ko’tarish nazarda tutilgan edi. Ayni vaqtda 300 dan ortiq yirik
sanoat ob’ektini ishga tushirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi sanoat tarmoqlarini
rivojlantirish sur’atlarini jadallashtirish, nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarishni 1,4 baravar oshirish
mo’ljallandi.
Iqtisodiy islohotning yangilangan kontseptsiyasi boshqarishning ma’muriy usullaridan ko’proq iqtisodiy
usullariga o’tishga yo’naltirdi, lekin bu chora-tadbirlar kommunistik mafkura yo’l-yo’riqlari doirasida
amalga oshirilganligi sababli ko’pgina ilg’or tashabbuslar kutilgan natija bermadi. Boshqaruvning yuqori
pog’onasini “takomillashtirish”ni diqqat markaziga qo’ygan oldingi tadbirlardan farqli o’laroq
islohotlarning yangilangan dasturi birinchi navbatda iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalarni
(birlashmalarni) o’zgartirishga qaratdi.
“Sovet iqtisodiyotini qayta qurish”ning yo’nalishini belgilab beruvchi hujjatlar qatoriga 1987 yil
iyun’ oyida qabul qilingan “Davlat korxonasi to’g’risidagi” qonun yetakchi o’rin egalladi. Unda
ta’kidlanishicha, xo’jalik yuritishning shart-sharoitlari va usullarini tubdan o’zgartirish, korxonalar
faoliyatida markazlashtirish bilan “to’liq xo’jalik hisobi”ni birga qo’shib olib borish, mustaqillik va
mas’uliyat, bularning hammasi mehnat jamoalari uchun yangi shaklda o’z-o’zini boshqarishning kundalik
qoidasiga aylanishi lozim edi.
Bu jarayon I.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo’lib saylanganidan so’ng (1989 y. Iyun’) sezilarli miqyosda faollashdi. Uning tashabbusi bilan xo’jalik yuritishning iqtisodiy usullarini
o’zgartirish borasidagi ishlar jiddiy tus oldi, iqtisodiyotdagi ma’muriyatchilik va salbiy hodisalarga qarshi
kurash kengayib bordi. Ijara haqidagi, mulkchilik va yer to’g’risidagi qonunlar o’sha yillarda o’ta
murakkab bo’lgan O’zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. SHu bilan birga, “qayta qurish”ning
“yakunlovchi” bosqichida mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari sohasida qo’ldan boy berilgan fikr
erkinligining tiklanishi e’tiborga loyiq hodisa bo’ldi.
1920-yillardagi yangi iqtisodiy siyosatdan keyin birinchi marta davlat va kolxoz-kooperativ mulkidan
tashqari mulkchilikning jamoa, hissadorlik, shaxsiy shakllari ham qonuniy maqomga ega bo’la boshladi.
Markaziy rahbariyatdan farqli o’laroq mulkchilik muammosiga O’zbekistonda ancha jiddiyroq
yondashildi, bu yerda yuqorida sanab o’tilgan mulkchilik shakllari bilan bir qatorda xususiy mulkchilik
ham joriy etila boshlandi.
Garchi “sotsialistik” tushunishda bo’lsa ham, bozor munosabatlariga o’tilishi, bu jarayonda korxonalar va
ishlab chiqarish jamoalarining tutgan o’rni to’g’risidagi masalani keskin qilib qo’ydi. 1990 yil iyun oyida
qabul qilingan “SSSR korxonalari to’g’risida”gi Qonun korxonalarning iqtisodiy va siyosiy huquqlarini
anchagina kengaytirdi. O’sha vaqtdan boshlab korxonalar mulkchilikning har qanday shakliga
asoslanadigan, soliqlarni to’lagandan keyin qolgan sof foydadan mustaqil foydalanadigan, o’zlarining
davlat bilan munosabatlarini faqat bozor asoslarida belgilaydigan bo’ldilar.
1980-yillarning oxiriga kelib qariyb 20 ming oliy ma’lumotli mutaxassis va 140 mingdan ortiq
o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar aqliy mehnat bilan emas, balki jismoniy mehnat bilan band
bo’ldilar. Milliy ishchi kadrlarni shakllantirish muammosi avvalgidek keskin bo’lib qolayotgan edi.
Sanoatda band bo’lgan mahalliy millat kishilarining salmog’i nihoyatda kam edi. Masalan, Toshkent
traktor zavodida o’zbek ishchilarining salmog’i 1980-yillarning oxirida qariyb 17%ni, “Etalon” ishlab
chiqarish boshqarmasida 22%ni tashkil etdi. Milliy mehnat resurslarining sanoatga kelishiga qo’l
mehnatining yuqori darajada ekanligi, ish haqining pastligi, mehnat jarayonlarining bir xildaligi, uy-joy
olishning, maktabgacha bolalar tarbiya muassasalaridan joy olishning uzoq muddat kutilishi xalaqit berar
edi. Respublikaning yangi rahbariyati dastlabki kundanoq O’zbekiston xalqlari milliy manfaatlarini himoya qilib chiqay, ularning azaliy, yillar davomida to’planib qolgan ehtiyojlarini izchil hal qilishga intildi.
Diqqatga sazovori shundaki, yangi rahbariyat paxta yakkahokimligiga qarshi keskin kurash olib borajagini
o’sha mustabid tuzum “hayotligi”dayoq ochiq e’lon qildi. I.Karimov achinish bilan qayd qilib o’ttanidek,
“Paxta yakkahokimligi respublikaga Markaz amri bilan tiqishtirilgan bo’lib, O’zbekistonga, uning aholisiga behisob zarar keltirdi.”
Respublika rahbariyatining ko’rgan chora-tadbirlari natijasida (chigit ekiladigan maydonlarning
kamaytirilishi, paxta tayyorlash rejasining mo’’tadillashuvi va hokazolar) 1990 yildayoq ekin ekiladigan
maydonlarning umumiy miqdorida paxtaning calmog’i 63,9%ga tushirildi. Ayni vaqtda paxta va boshqa
qishloq xo’jalik ekinlarining boshqa turlari mahsulotlari narxlarini qayta ko’rib chiqish masalasi ko’tarildi 1989 yilda xo’jalik yuritishning yangi shakli—fermerlik vujudga keldi. O’zbekistonda o’sha
yillarda fermer xo’jaliklari soni birmuncha kamroq edi. Ular xali ko’p jihatdan agrokorxonalar
ma’muriyatiga bog’liq edi. Yerga, mablag’larga egalik qilish, yetishtirilgan maxsulotlarni tasarruf qilish
huquqining yo’qligi dehqonni haqiqiy dehqon bo’lish imkoniyatidan mahrum etgan edi.
Kadrlar muammosi ahvolni yanada chuqurlashtirib yubordi. Sovet hokimiyati yillarida qaror topgan
qishloq xo’jalik mutaxassislari tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi zamon talablariga mos kelmay qolgan edi, uni zamonaviy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va fan- texnika inqilobi talablarini hisobga olgan holda tubdan qayta qurish zarur edi.
Qishloq xo’jaligining bunday og’ir ahvolda ekanligi, faqat imperiyacha “qayta qurish” siyosatining
noilmiyligi yoki soxtaligi emas, balki butun sovet xo’jalik yuritish tizimining, ijtimoiy tuzumning
noqobilligida, yetilgan masalalarni hal qilishga qodir emasligida edi.
Umuman, “qayta qurish”
jarayonida Markaz bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarda azaldan mavjud bo’lgan ziddiyatlar
oshkoralik va demokratiyalashtirish tufayli yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. Jumladan, “sotsializm qurilishi”
yillarida KPSS mablag’larni qayta taqsimlashning barcha jihatlarini qamrab oluvchi nihoyatda
markazlashgan tizimni vujudga keltirdiki, xalq ommasining o’zi bu mablag’larni taqsimlashni yuqori
partiya rahbariyatining tor doirasi qo’liga o’z “ixtiyori” bilan topshirishga majbur qilindi.
3.”QAYTA QURISH” VA O’ZBEKISTON MADANIYaTI
1980-yillarning o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” madaniyat sohasini ham qamrab oldi. Mamlakat
siyosiy rahbariyatining madaniyat sohasini “qayta kurish”i aslida ma’naviy jabxada ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi, rivojlanishning ekstensiv yo’li yaroqsiz bo’lib qolganligidan dalolat edi. Haqiqatdan
ham shunday edi. CHunki uzoq yillar davomida mustabid tuzumning milliy respublikalar madaniyatini
inkor etib, butun mamlakatda yagona “sotsialistik madaniyat”ni shakllantirish borasida olib borgan
g’ayriilmiy siyosati madaniyatda ham ijtimoiy-iktisodiy sohalarda bo’lganidek tushkunlik, turg’unlik
mexanizmini yuzaga keltirdi.
1985—1990 yillar xalq ta’limi tizimidagi ayrim siljishlar ma’muriy-buyruqbozlik tizimining zo’r berib
qilgan harakati bilan tavsiflanadi. Lekin bu davrda ta’lim va tarbiya soxasida ziddiyatli holatlar yanada
keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimi moddiy jihatdan yetarli darajada ta’minlanmadi.
Sovet ta’lim tizimi jahon andozasidan ajralib qoldi, jahonning ilg’or tajribalaridan bahramand bo’lmadi.
SHuningdek, o’quvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ortib borgan sari ta’lim tizimining kontseptual
tarzda cheklanishi xalq maorifidagi eng katta muammoga aylandi. Ta’lim, tarbiya sohasi kadrlarini sifat
jixatdan qayta ko’rib chiqa olmadi, mafkuraviy cheklashlar tobora kuchayib bordi.
1980-yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar juz’iy ahamiyatga ega bo’lib, mavjud
muammoni hal qilishdan ko’ra uni keng xalq ko’z o’ngidan yashirish, “bo’yab-bejab” ko’rsatish
ma’qulroq ko’rindi. Aslida, islohotdan ko’zlangan maqsad “sovet ta’limi tizimi”ni xalqaro darajaga
ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilim saviyasi sifatini oshirish, ta’limni demokratlashtirish va
insonparvarlashtirishdan iborat edi.
Ammo ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmadi. Buning sababi islohotning o’lib borayotgan kommunistik
“ta’limot”ga, mustabid jamiyatning tafakkuriga asoslanganligi bo’ldi. Bulardan tashqari, islohotni quruq
va’dalarga asoslanib o’tkazib bo’lmas edi, u kuchli moddiy bazaga ega bo’lishi kerak edi. Lekin u moddiy jixatdan ta’minlanmadi, shuning uchun ham u kutilgan natija bermadi. Masalan, xalq ta’limi soxasida
belgilangan islohotlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston SSR Maorif vazirligi respublikadagi tabiiy o’sishni e’tiborga olgan holda yuqori saviyadagi ta’lim tizimini yaratish maqsadida 1985—1990 yillarga mo’ljallab tuzilgan istiqbolli rejada 3693 ming o’quvchiga mo’ljallangan yangi maktablar qurishni ko’zda tutgan edi.
1989—1991 yillarda O’zbekiston xalq xo’jaligining yangi istiqbolli yo’nalishini hisobga olgan xolda oliy
ta’lim tizimida amalga oshirilgan bu tadbirlar keyingi yillarda O’zbekiston FA “Quyosh fizikasi” o’zining ijobiy natijalarini 1985—1990 yillarda O’zbekiston fanida ham bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasi, oliy o’quv yurtlari tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy
laboratoriyalar o’z faoliyatlarini “qayta qurish” talablari asosida takomillashtirishga harakat kildilar.
Ta’kidlash lozimki, bu davrda O’zbekiston fani o’zining uyg’onish davrini boshidan kechirayotgan, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo’yicha jiddiy izlanishlarga qo’l urilayotgan edi. Xususan, 1987 yilda Toshkent
viloyatining Parkent tumanida nihoyatda noyob ilmiy-eksperimental majmua — bizerkalь optika—
energetika qurilmasi foydalanishga topshirildi.
1991 yilda FA tarkibida Suv muammolari instituti tashkil etildi. Fan bilan ishlab chiqarishni yaqinlashtirish maqsadida ba’zi institutlar qoshida ishlab chiqarish birlashmalari, markazlari tashkil qilindi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar sohasi uchun “kayta qurish” uyg’onish va hurfikrlilik davri bo’lib xizmat qildi.
Ilgari mumkin bo’lmagan mavzularni o’rganishga qisman bo’lsa-da imkon yaratildi. Falsafa, tarix, ayniqsa,
Vatan tarixini o’rganish uning uslubiyatiga, “oq dog’lari”ga doir masalalar faol muhokama etila
boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi
masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag’ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik
maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi.
Agar, 1985 yilda O’zbekistonda 46 muzey faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 1989 yilga kelib ular soni 58 taga
yetdi. Lekin, yuqorida qayd etganimizdek, ular asosan hali hukmron bo’lib turgan kommunistik
mafkuraning “targ’ibotchilari” sifatida faoliyat ko’rsatar edi. Ammo, shunday sharoitda ham tarixiy-
madaniy yodgorliklarni saqlash masalasiga bo’lgan kommunistik munosabat o’zgarmadi, yodgorliklarni
hisobga olish, muhofaza kilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishdek muhim va murakkab jarayonga
e’tiborsizlik bilan qaraldi.1980-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistonda 9310 ta tarixiy va madaniy
yodgorlik hico6ra olingani holda ulardan faqat 6466 tasigina (70%) davlat muhofazasiga o’tkazildi, xolos. SHu yillarda ijod qilgan A.Oripov, E.Vohidov, H.Xudoyberdieva, O’.Hoshimov, SH.Xolmirzaev, X.Sultonov,
Tog’ay Murod, U.Azimov, Nazar Eshonqul kabi yozuvchi va shoirlarning she’riy asarlari, qissa va
hikoyalarida ham sovet davri illatlarini fosh etish istagi ustuvorlik qildi. CHunonchi, E.Vohidov
“Donishqishloq latifalari” hajviy she’rlar turkumida, A.Oripov “Ranjkom” dostonida sovet davrining
samarasi bo’lgan jamiyat va kishilar hayotidagi noxush manzaralarga kitobxon e’tiborini qaratdi.
Kommunistik partiyaning XX s’ezdidan (1956 yil) keyin begunoh qamalgan qator yozuvchilar
oqlanganiga qaramay, CHo’lpon va Fitrat singari yozuvchilarning adabiy xizmatlarini tiklash oson
bo’lmadi. Sovet tuzumining maxalliy “posbonlari” ularning ijodkor sifatida oqlanishi va asarlarining
xalqqa qaytarilishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko’rsatdilar.
Qayta qurish va oshkoralik davrida o’zbek adabiyoti erishgan eng salmoqli yutuqlardan biri nomlari
yuqorida qayd etilgan ana shu jabrdiyda yozuvchilar ijodining qayta baholanishi bo’ldi. Zikr etilgan
yozuvchilarning “oqlanishi” bilan ular adabiyotimiz tarixidagi qonuniy o’rnini egalladilar va ularning
asarlari gazeta va jurnal sahifalari orqali xalqqa qaytarildi. SHu tarzda M.Behbudiy, A.Avloniy, Fitrat,
A.Qodiriy, CHo’lpon, Elbek singari yozuvchilarning asarlari va ular to’g’risidagi maqolalar muntazam
ravishda e’lon etilib borildi. Ayni paytda bu yozuvchilar ijodi umumta’lim maktablarining adabiyot
dasturlaridan qonuniy o’rnini ham topdi.
O’zbekiston ma’naviy madaniyatida teatr san’atining o’rni va roli muhimdir. 1980-yillar o’rtalaridan
boshlab, qayta qurish tufayli teatrda “real hayotga” murojaat qilish hollari ko’rina boshladi. M.Boboev,
SHukrullo, S.Ahmad, R.Abdullaev va boshqalar asarlarida ma’muriy-buyruqbozlik davrida respublikada
paydo bo’lgan va shakllangan muammolar tanqid qilindi, o’tmish madaniy merosi, xalq tarixi, paxta
yakkahokimligi, ekologik muammolar kabi xalqni tashvishga solayotgan ijtimoiy masalalarga qiziqish
kuchaydi. Ayniqsa SH.Boshbekovning “Temir xotin” asarida birinchi bor muhim ijtimoiy masala lar ustida fikr yuritildi.
Masalan, 1985 yilda O’zbekistondagi 30 ta teatrga 4802 ming tomoshabin tashrif buyurgan
bo’lsa, bu raqkam 1989 yilga kelib 4387 mingga tushib qoldi. Bu sharoitda teatr o’z tomoshabinini
“qidirib” qishloqlarga borishga va asosan kontsert dasturlari bilan mablag’ ishlashga majbur bo’lar edi.
Birgina 1988 yilda respublika teatrlari 5534 kontsert tlmlshalari bilan chiqdilar. Bu esa o’z navbatida
spektakllar sifati va soniga salbiy ta’sir qildi. Xususan, 1989—1990 yillarda hammasi bo’lib 43 sahna asari
yaratildi, xolos.
Milliy ma’naviy madaniyat tarkibida tasviriy san’atning o’rni alohidadir. Qayd etish lozimki, 1980-yillar,
ayniqsa, uning ikkinchi yarmida tasviriy va ifodali vositalarni boyitish va yangilash, ijodiy izlanishlarga
qiziqish ortdi. “Qayta qurish” yillarida, ayniqsa, rassomlar ijodida milliy badiiyatga xos bo’lgan ifoda
vositalariga e’tibor, azaliy an’anaviy ruhiy qadriyatlarga intilish kuchaydi. Tasviriy san’atda milliylik ruhi
bilan bir qatorda avangard yo’nalishlari (simvolizm, modernizm va boshqa)ga ham e’tibor berildi. Bu
V.Oxunov, M.To’xtaev, SH.Bobojonov, A.Ikromjonov, J.Umarbekov, B.Jalolov, I.Isaev, A.Mirzaev ijodiga
taalluqlidir.
“Qayta qurish” yillarida zamonaviy voqelik, siyosiy hayot va muhit, demokratik harakat va so’z erkinligi
tufayli tasviriy san’atga yosh ijodkorlarning kirib kelishini jadallashtirdi, yangi izlanishlar va g’oyalarni
ifodalash bilan boyitdi. Rassomlar safiga A.Hazratov, A.Umarov, X.Hasanov, K.Odilov, SH.Qo’zieva,
B.SHodieva kabi ko’plab yosh ijodkorlar qo’shildi. Ularning asarlarida Afg’onistondagi qonli urush fojiasi,
tabiatga yetkazilgan zarar, Orol dengizining qurib borishi, paxta yakkahokimligining salbiy oqibatlari kabi
ijtimoiy muammolar o’z aksini topdi, ma’naviy qadriyatlarga yetkazilgan putur, ularning toptalgani
haqidagi dard-alam bilan ifodalangan asarlar yaratildi.
M.To’xtaev, V.Oxunov, T.Ahmadaliev, A.Nuriddinov, R.Qodirov kabi san’atkorlar asarlari yorqin
ramziy ifoda vositalari orqali teran va chuqur falsafiy ma’nolarga boy bo’ldi. SHunday qilib, 1980-
yillarning o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” o’zbek milliy madaniyatida mavjud bo’lgan muammo-
larni hal eta olmadi, aksincha, ularni yanada keskinlashtirib yubordi. CHunki “qayta qurish” madaniyat
borasidagi mustabid sovet tuzumi siyosatini tamomila inkor etish asnosida yuz bermadi, aksincha, ilgarigi
siyosat yangi shaklda, eski mazmunni mustahkamlash tarzida davom etdi. SHuning uchun ham, “qayta
qurish” milliy madaniyat takdirida aytarlik darajada ijobiy rolь o’ynamadi.
4.IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTNING DEMOKRATIYALASHUVI.
XALQ MILLIY ONGINING O’SISHI. MUSTABID TUZUM
INQIROZINING MUQARRARLIGI
“Gorbachevcha” qayta qurish natijasida mamlakatda yalpi kommunistik tsenzura zaiflashdi va deyarli
yo’q holiga keltirildi, uzoq vaqtdan buyon kutib kelingan hurfikrlilik va matbuot erkinligi pallasi
boshlandi. “Qayta qurish”ning eng birinchi natijasi “oshkoralik” bo’ldi. Oshkoralik tazyiqi ostida
sotsialistik mafkura o’zining “jozibadorligini” tobora yo’qotib bordi. Oshkoralik natijasida sovet
jamiyatining ahvolini tah,lil qilish va mamlakat oliy darajasidagi siyosiy rahbariyatning yo’l qo’ygan
xatolariga birinchi bor ochiqchasiga baho berishga qo’l urildi. Lekin shu bilan birga, “oshkoralik”
O’zbekiston uchun o’zining bir qator salbiy tomonlari bilan ham namoyon bo’ldi.
1983 yilda Markaz tomonidan ataylab o’ylab topilgan uydirma asosida O’zbekistonda paxtani terish va
qayta ishlashdagi “o’g’irlik,” “qo’shib yozish,” moliyaviy buzilishlarni tergov qilish bilan markaziy
prokuratura va ichki ishlar organlari maxsus shug’ullandi. Buning natijasida respublikadagi jamoa
xo’jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%idan ko’prog’i, qishloq xo’jaligi yetakchi
mutaxassislarining qariyb 45%i, har uch paxtachilik brigadasi boshlig’idan biri vazifasidan olib tashlandi
(jami 40 mingga yaqin fuqarolar tergov qilingan edi). Ularning aksariyat ko’pchiligi tergov izolyatorlarida
bo’lishdi, turmalar va lagerlarga yuborildi. Agrosanoat xodimlariga nisbatan qilingan bu qatag’onlar
O’zbekiston qishloq xo’jaligida kadrlar salohiyatini sezilarli ravishda zaiflashtirdi.
“Qayta qurish” jarayoni avvalboshdanoq asosan siyosiy sohani qamrab oldi. Iqtisodiy islohotlar esa,
oqibatda bo’ysunuvchan ahamiyat kasb etdi, u iqtisodiyot qonunlari asosida emas, balki mafkuraviy
andozalar tarzida amalga oshirildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar
bilan sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o’rtasida katta farq ko’zga tashlana boshladi. SSSRning tarkibiy
qismi bo’lgan O’zbekiston ham “qayta qurish” girdobiga tortildi, uning “qonunlariga” amal qildi. Jamiyat
har tomonlama demokratiyalashuvining e’lon qilinishi eng avvalo sotsialistik xalq hokimiyati va o’zini-o’zi
boshqkarish rivojlanishidan iborat deb tushunildi.
O’zbekistonda saylov tizimini demokratiyalashtirish maqsadida 1990 yil fevral-aprelda respublika Oliy
Sovetiga ko’p mandatli okruglar bo’yicha eksperiment sifatida saylov o’tkazib ko’rildi. Biroq
yakkapartiyaviylik tizimi sharoitida bu yangilik rasmiyatchilikdan nariga o’tmadi. CHunki bu saylovlar Oliy
Sovet tarkibini demokratlashtirmadi, aksincha, avval ishlab turgan Oliy Sovetga nisbatan deputatlar
orasida ishchilar, kolxozchilar, xotin-qizlar, yoshlar soni kamayib ketdi, avvalgidek davlat hokimiyatining
oliy organi deyarli mutlaq partiya a’zolaridan iborat bo’lib qoldi, deputatlarning qariyb 95%i
kommunistlar edi. Lekin, bu saylovda ko’pgina okruglarda birinchi bor deputatlik mandatiga bir
nechtadan nomzodlar da’vogarlik qildi. SHunga qaramasdan, 500 okrudan 174 tasida muqobil
nomzodlar ko’rsatilmadi.
O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishini bir qancha omillar, eng avvalo, SSSRda 1990
yil boshlariga kelib mustabid davlat siyosiy inqirozining kuchayganligi taqozo etdi. SHuningdek, bu
inqiroz iqtisodiyotda va ijtimoiy-siyosiy sohada qilingan va Markazning ittifoqchi respublikalar bilan
aloqalarni yangilashga qaratilgan islohotlarining barbod bo’lishi bilan ham namoyon bo’ldi. 1990 yil
martda Litvaning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, Latviya bilan Estoniyaning SSSR tarkibidan chiqishga
faollik bilan ochiqchasiga tayyorgarlik ko’rayotgani unitar (qo’shma) Sovet davlatining haqiqiy yemirilishi
boshlanganidan dalolat edi.
O’zbekiston xalqi oshkoralik va demokratiyalashtirishdan, milliy va ma’naviy qadriyatlarini tiklashdan, o’z
haq-huquqlarini, jumladan, o’z taqdirini o’zi belgilash va iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan ittifoq
hokimiyati tuzilmalariga qaramlikdan xalos bo’lish huquqlarini amalga oshirishdan tobora ko’proq
manfaatdor ekanliklarini ochiq namoyon qila boshladilar.
1990 yil iyunda KPSSning navbatdagi s’ezdiga tayyorgarlik ko’rish doirasida O’zbekiston
Kompartiyasining XXII s’ezdi bo’lib o’tdi. S’ezdda respublika yangi rahbariyatining shijoati va
tashabbuskorligi yaqqol sezilib turdi. S’ezd I.Karimovning siyosiy ma’ruzasini tingladi. Unda respub-
likadagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga quyidagicha baho berilgan edi:
Dastlab “O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish kontseptsiyasini” tayyorlashga kirishildi.
Kontseptsiya respublika, Davlat reja qo’mitasi, moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot
institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. SHuning
asosida “O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy
printsiplari” ishlab chiqildi va u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. Res-
publika aholisi bu muhim hujjatni muhokama qilishda faol ishtirok etdi.
Ko’rinib turibdiki, respublikaning yangi siyosiy rahbariyati vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan
chiqish uchun xalq ommasiga tayangan holda iqtisodiy va siyosiy islohotlarni ildam va samarali qilib
amalga oshirish, fuqarolarni davlat yo’li bilan ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilish, O’zbekistonning siyosiy suverenitetiga erishish asosida milliy davlatchilikni barpo qilish yo’lida mustaqil harakat qila boshladi.
O’zbekiston xalqlarining manfaatlarini ko’zlab I.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan ana shu
dastlabki tadbirlarning o’ziyoq Prezidentlik boshqaruvining o’z vaqtida ta’sis etilganligidan dalolat berar edi. 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan “Mustaqillik Deklaratsiyasi” ana
shunday tadbirlardan edi. Bu muhim hujjat O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan
navbatdagi muhim qadamlardan biri edi.
Mavzuga oid tarixiy hujjat
Mustaqillik deklaratsiyasi
O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti:
O’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsadi haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad bilgan holda, O’zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy
mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va
demokratiya printsiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
1.O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida barcha tarkibiy
qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
2.O’zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay
turib o’zgartirilishi mumkin emas.
3.O’zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo’linmas qismlari
ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.
4.SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston SSR hududida kuchga ega bo’ladi.
5.O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha
masalalar kiradi.
6.O’zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy printsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
7.O’zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o’zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy
va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8.O’zbekiston SSR o’zining taraqqiyot yo’lini, o’z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq,
madhiya) o’zi ta’sis etadi.
9.Qoraqalpog’iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika
Konstitutsiyasi ta’min etadi. O’zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi
asosida Qoraqalpog’iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi.
10.O’zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O’zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O’zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy
sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.
11.O’zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga
qaror qilganini bildiradi, O’zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy,
iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12.Ushbu Deklaratsiya O’zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini
ishlab chiqish uchun asosdir.
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilindi. Toshkent shahri, 1990 yil 20 iyun.
Suverenitet haqida Deklaratsiya qabul qilar ekan, Oliy Sovet davlat qurilishining tarixiy tajribasiga va
O’zbek xalqkining shakllangan an’analariga, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi
ta’minlanishiga, shuningdek, xalqaro-huquqiy normalarga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik
tamoyillarga asoslandi. O’zbekistonning e’lon qilingan davlat suvereniteti uning o’z hududi barcha
tarkibiy qismlarida va barcha tashqi aloqalarida ustivorligi bilan shakllandi.
Deklaratsiyaga muvofiq respublikaning davlat hokimiyati uning butun hududiy qismlari ustidan amalga
oshiriladigan va unda istiqomat qilayotgan butun aholiga taalluqli bo’ldi. Ichki va tashqi siyosatning
barcha masalalari respublika davlat hokimiyati ixtiyoriga berildi. O’zbekiston o’zining ittifoqdosh
respublikalar va boshqa davlatlar bilan aloqa printsiplarini shartnoma asosida belgiladi va siyosiy, iqti-
sodiy, madaniy va boshqa munosabatlarni shartnoma asosida amalga oshiradigan bo’ldi, u o’zining
taraqqiyot yo’lini, o’z nomini belgiladi, o’zining davlat ramzlarini ta’sis etdi. Deklaratsiya O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasini va yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asos bo’ldi.
Respublika rahbariyati deklaratsiyani amaliy jihatdan hayotga tatbiq qilish borasida bir qator ishlarni
amalga oshirdi. Xitoy va Afg’oniston bilan tashqi savdoni va chegara yaqinidagi savdoni faollashtirish,
xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan qo’shma korxonalar tashkil etilishi, tashqi iqtisodiy faoliyatni
qonun yo’li bilan tartibga solish (bu faoliyatni qatnashuvchi tomonlarning mulkchilik shakllariga bog’liq
qilib qo’ymas edi), xorijiy investorlar uchun xalqaro normalar va qoidalarga rioya qilish kafolatlari,
respublika yoshlarining harbiy xizmatga chaqirilishi va uni o’tash tartibining o’zgarishi—bularning bari
suverenitetni rivojlantirish va mustahkamlash yo’lidagi muhim qadamlar edi.
O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida teng huquqli munosabatlar birmuncha qaror topib bordi, ular har ikki
tomonning suverenitetini e’tirof qilishga asoslangan edi. O’zbekiston bilan Leningrad, shuningdek,
Leningrad viloyati o’rtasidagi iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risidagi
shartnoma 1990 yil 1 yanvardan amal qila boshladi va bevosita aloqalarni (ya’ni Markazni chetlab
o’tuvchi aloqalarni) boshlab berdi.
O’zbekistondagi jamoat tashkilotlari tizimi ijtimoiy- siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda o’zgarib bordi.
Ulardan o’ta siyosiy tus berilganlari — kasaba uyushmalari va komsomol tashkiloti bo’lib, ular
“turg’unlik” yillaridan boshlaboq aholining va yoshlarning keng qatlamlari orasida haqiqatan ham
chinakamiga ishonchni yo’qota boshladilar. Komsomol va xalq nazorati organlari partiyaning rahbarlik
ta’siri, homiyligi va obro’si tobora zaiflashib borayotganini his qilib, 1990-yillarning boshlarida odatdagi
ijtimoiy- siyosiy mavqelarini yo’qotdilar va shunchaki, rasman mavjud bo’lib, faoliyatsizlik qila boshladilar.
“Eski” jamoat tashkilotlari—o’rtoqlik sudlari, xalq drujinalari, faxriylar kengashlari bilan bir qatorda,
qayta qurish yillarida paydo bo’lgan atrof muhitni muhofaza qilish jamoat tashkilotlari, sovet madaniy
fondi kabi tashkilotlar ham faoliyat ko’rsatdi. Lekin ular paydo bo’lgani bilan aholi o’rtasidagi ularning ij-
timoiy faoliyati samarasiz bo’ldi.
O’zbekistonda demokratiyalash va milliy o’z-o’zini anglash jarayonining tobora avj olishi jamoat
tashkilotlarining yoki o’sha vaqtda “ommaviy norasmiy” tashkilotlar deb atalgan tashkilotlarning yuzaga
kelishi bilan bog’liq bo’ldi. Jumladan, “Birlik” xalq harakati 1989 yil may oyida tashkil bo’ldi. O’ziga,
asosan gyc tilida so’zlashuvchi ziyolilarni qamrab olgan “Intersoyuz” (O’zbekiston xalqlarining
baynalmilal ittifoqi) va “Erk” xalq harakati (1990 yil fevraldan “Erk” demokratik partiyasi) yuzaga keldi.
Ular bilan bir qatorda “O’zbekiston erkin yoshlari birlashmasi” (u 1990 yilda “O’zbekiston erkin yoshlar
itgifoqi”ga aylantirilgan bo’lib, VLKSMdan ochiq dan-ochiq uzoqlashdi) va O’zbekiston xotin-qizlarining
“To’maris xalq harakati” degan xotin-qizlar tashkiloti ham faoliyat ko’rsata boshladi.
Biroq vaqg o’tishi bilan ulardan ayrimlari, avvalo “Erk” va “Birlik” o’zlarining dastlabki ijobiy ahamiyatini
yo’qotdilar. Ularning rahbarlari jamiyatni birlashtirish, dolzarb muammolarni birgalikda hal qilish yo’lini
emas, balki uni bo’lib yuborishga, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan yo’lni, tanqidbozlik va
qarama-qarshilik yo’lini tuta boshladilar. Ularning faoliyati amalda bunyodkorlik xususiyatiga ega
bo’lmadi, aksincha, tobora buzg’unchilik xususiyatiga ega bo’lib bordi. Ular O’zbekiston mustaqilligini
mustaxkamlash vazifalarini hal qilishga ochiqdan-ochiq to’g’anoq bo’la boshladilar.
Farg’ona voqealaridan so’ng, O’zbekistonning yangi raxbariyati millatlararo munosabatlarni
takomillashtirishga alohida e’tibor berdi. 1990 yilning oxirida O’zbekiston Prezidenti Kengashida milliy-
madaniy markazlar va ularning ishini takomillashtirish to’g’risidagi masala muhokama qilindi. Mahalliy
kengashlar, vazirliklar va idoralarga milliy-madaniy markazlar tomonidan qo’yilayotgan muammolarni hal
etishda yordam berish va har bir xalqning madaniyatini, o’ziga xosligini saqlab qolish va rivojlantirishga
millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning muhim omili sifatida qarash tavsiya etildi.
O’zSSR Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklariga milliy tillarda o’qitish dasturini ishlab chiqish,
Toshkent Davlat universitetida uyg’ur filologiyasi kafedrasini tashkil etish vazifasi topshirildi. O’zSSR
Davlat matbuot qo’mitasiga respublikada yashovchi barcha millat va elatlar vakillarining talab-
ehgiyojlarini qondirish uchun o’quv va badiiy adabiyotlarni nashr etishni, shu bilan birga ularni res-
publika tashqarisidan keltirishni kuchaytirish, madaniy markazlar mablag’larini kooperatsiyalash asosida
“Millatlar hayoti” haftalik gazetasini chop etish imkoniyatlarini qarab chiqish tavsiya qilindi. Bu gazeta
Respublika baynalmilal madaniyat markazining organi bo’lishi kerak edi.
Milliy munosabatlarni rivojlantirishni yetarli darajada tashkiliy-siyosiy va huquqiy jihatdan ta’minlamay
turib, faqat targ’ibiy-tashviqiy ta’sir yo’li bilan millatlararo munosabat sohasidagi yuksak madaniyatni
shakllantirish mumkin emas edi. Buning uchun millatlararo munosabatlarni boshqarishning yaxlit tizimini
yaratish kerak edi. Va bunday tizimlar respublikada 1990—1991 yillarda yaratila boshlandi. O’zbekiston
SSR Prezidenti devonida Millatlararo munosabatlar bo’limi tashkil etildi. Bunday bo’limlar
Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi Ministrlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya
qo’mitalarida tuzildi.
SHuningdek, joylarda jamoatchilik tizimlari— mehnat jamoalarida, o’quv yurtlarida, aholi istiqomat
joylarida “Do’stlik kengashlari” shakllana boshladi. Ular tarkibi turli millatlar vakillaridan iborat edi. 1991
yilning yanvarida faqat Sirdaryo viloyatining o’zida 32 ta yirik korxona, muassasa hamda 4 ta o’quv
yurtida “Do’stlik kengashlari” tashkil etildi.
KPSS s’ezdining qarorlari va ko’pgina boshqa muhim masalalarning yechimi O’zbekiston vakillarini
qanoatlantirmadi. Щu sababdan, ilgari qaror qilinganidek, 1990 yil dekabrda O’zbekiston
kompartiyasining XXII s’ezdi yana bir majlis o’tkazdi, unda barcha muhim muammolar yuzasidan o’zining
nuqtai nazarini mustaqil ravishda belgilab oldi. S’ezd “Siyosiy va iqtisodiy suverenitet uchun, ma’naviy
yangilanish, ijtimoiy adolat va O’zbekiston aholisining munosib turmush sharoitini yaratish uchun” degan
harakatlar dasturini qabul qildi.
Jamiyatdagi ichki ziddiyat va keskinlik nihoyatda kuchaydi, eski tuzumning portlashi va buzilishi muqarrar
bo’lib qolgan edi. CHunki tayyorlangan yangi ittifoq shartnomasi mustabid davlat tuzilmalaridagi eskilik
tarafdorlari va reaktsion kuchlar uchun ma’qul kelmadi. SSSRning yuqori rahbarlaridan bir guruhi 1991
yil 19—21 avgustda o’zlarini favqulodda holat Davlat qo’mitasi (GKCHP) deb atab, davlat to’ntarishi
qilishga urinib ko’rdi, lekin bu urinish barbod bo’ldi. Bu kommunistlar hokimiyatining 73 yillik davri va
mustabid SSSR davlatining tugaganligini, u bilan birgalikda esa “qayta qurish” ham barbod bo’lganligini
anglatar edi.
Favqulodda holat munosabati bilan mamlakatda (shu jumladan, O’zbekistonda ham) o’ta murakkab
vaziyat yuzaga keldi. O’zbekiston xalqining keyingi taqdiri ana shu murakkab sharoitda qaysi yo’lni
tanlashiga bog’liq bo’lib qolgan edi. I.Karimov boshliq O’zbekiston rahbariyati “Mustaqillik
Deklaratsiyasi”ni amaliy jihatdan hayotga tatbiq qilish va milliy davlatchiligimizni tiklashdek o’ta
murakkab va mas’uliyatli, shu bilan birga adolatli yo’lni tanladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |