Sirdaryo abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi



Download 349,01 Kb.
bet13/27
Sana04.04.2022
Hajmi349,01 Kb.
#527852
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
uzb tar mavzular toplami

9 O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Reja:
1. O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo`nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
2. Iqtisodiyotda yuz bergan o`zgarishlar, bozor infratuzulmasining shakllanishi.
3. Qishloq xo`jaligida o`tkazilayotgan islohotlar, uning vazifalari va yo`nalishlari. 

Darhaqiqat, mustaqillik qo‘lga kiritilgan davr murakkab davr bo‘lib, u paytda sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat tobora keskin tus ola boshlagan edi. SHunday murakkab vaziyatda o‘zligimizni anglash va toptalgan milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish yanada kuchaydi. respublika rahbari i.A.Karimov bosiqlik, chidam va bardosh bilan ish tutib, qat’iy siyosiy irodani namoyon etib, mamlakatni chuqur tanazzuldan olib chiqishga qaratilgan, barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning har tomonlama puxta o‘ylangan islohotlar strategiyasini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. YUrtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida mashaqqatli taraqqiyot yo‘li bosib o‘tildi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olindi: iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustuvorligini ta’minlash; o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi; butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi; bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish; bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Ushbu tamoyillarga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning iqtisodiy masalalarni va iqtisodiy islohotlar yo‘nalishlarini maqsadli hal qilish vazifa qilib belgilandi. Bunda totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirishga, respublikaning o‘ziga xos sharoiti va xususi yatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirishga alohida e’tibor berildi. Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.Karimov bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini belgilab berar ekanlar inqilobiy yo‘l bilan emas balki tadrijiy yo‘l bilan aholini zaif qatlamini ijtimoiy himoya qilish orqali amalga oshirilishi haqida alohida ta’kidlab o‘tganlar: O‘zbekistonning yo‘li shuki, biz tinchlik va osoyishtalikni saqlab, bozor iqtisodiyotiga o‘tishni shoshmasdan, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga etarli shart-sharoitlarni yaratib berib, ana undan keyin amalga oshirishga bel bog‘ladik 1 .Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakat iqtisodiyotida olib borilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi bozor iqtisodiyotini shakllantirish hamda rivojlantirish deb belgilab olindi va bu jarayonlarning negizida bozorga o‘tish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsipi asos qilinib davlatning asosiy islohotchi sifatida faol ishtiroki ta’minlandi. O‘tgan bir yilda xususiy mulkchilikka ham munosabat o‘zgardi. U mulkning boshqa shakllari qatorida to‘la e’tirof etildi va huquqiy himoyaga olindi. Bozor munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini rivojlantirmoq uchun huquqiy asos yaratuvchi qonunlar majmui qabul qilindi. Bozor infrastrukturasining dastlabki kurtaklari - birjalar, tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, savdo uylari, turli shirkatlar, kichik va qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Mamlakatda keng amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlariga faqat savdo, mahalliy sanoat va maishiy xizmat tarmoqlarigina emas, balki amalda barcha xalq xo‘jalik tarmoqlarining korxonalari kiritilishi belgilab olindi. Natijada iqtisodiyotning ko‘pchilik tarmoqlarida korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari o‘zgarib, ya’ni davlat korxonalari aksiyali, ijara, kollektiv korxonalarga aylantirilibgina qolmasdan, balki mulkdorlarning yangi, «uchinchi» qatlami vujudga keltirildi. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni yanada takomillashtirish boshlandi. dastlab, 300 dan ortiq sovxoz davlat tasarrufidan chiqarilib ko‘p qismi jamoa va kooperativ xo‘jaliklariga aylantirildi. Qolganlari ijarachilarga berildi yoki mulkchilikning boshqa turlariga aylandi. Qishloq xo‘jaligida 12,5 mingdan ortiq dehqon-fermer xo‘jaliklari tuzilib ularga 112 ming gektar er biriktirib berildi. 1993 yil oxiriga borib davlat tasarrufidan chiqqan qishloq korxonalarining soni 700 tadan oshishi rejalashtirilgan edi. Islohotlarning dastlabki davrida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha islohotlarni izchil amalga oshirila borib aholi turmush sharoitining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan iqtisodiyotni barqarorlashtirish mamlakat iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan choratadbirlar amalga oshirildi. iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda 1993 yil burilish davri bo‘ldi. respublikaning bozor iqtisodiyotiga o‘tish qoidalari va shakllarini to‘g‘ri belgilash, bozor munosabatlarini astasekin shakllantirish tufayli O‘zbekiston o‘sha yili iqtisodiy ko‘rsatkichlar tanazzulini to‘xtatdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda esa muayyan darajada o‘sishga erishdi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, mulkchilik shakllari xilma-xilligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar olib borildi. respublikada 54 mingga yaqin korxona davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirildi. Bu islohot boshlangan tarmoqlardagi inshootlarning qariyb 80 foizini tashkil etdi. Uy-joylarni xususiylashtirish amalda nihoyasiga etdi, savdo, mahalliy sanoat aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida «kichik xususiylashtirish» amalga oshirildi. Sanoat, qurilish majmui, naqliyot, dehqonchilik-sanoat majmuining go‘sht-sut, oziq-ovqat, paxta tozalash tarmoqlaridagi yirik korxonalarni aksiyalashtirish jadal olib borildi. Tanlab olingan iqtisodiy islohotlar yo‘liga amal qilish, bozor munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini bosqichma-bosqich, iqtisodiyotni erkinlashtirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yomonlashib boruvining oldini ma’lum darajada olish imkonini berdi. iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy negizi barpo etildi. Ishlab chiqarish sur’atining, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi, to‘lov holati yaxshilandi, ishlab chiqarish ustuvor tarmoqlarini takomillashtirishga e’tibor berildi. SHu davrda mulk, korxonalar, ishbilarmonlik, tashqi iqtisodiy faoliyat, banklar va bank faoliyati, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xo‘jalik jamiyatlari va birlashmalari to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Islohotlarning huquqiy asosini shakllantirish jarayonini ta’minlovchi bir qancha prezident Farmonlari va hukumat qarorlari chiqdi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish va miqyosini kengaytirish ishlari keng joriy qilindi. Fond birjalari, qimmatbaho qog‘ozlarni hisobga oladigan va saqlaydigan milliy depozitariy barpo etildi. O‘rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi jamiyatlarga aylantirish amalga oshirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham jiddiy yangilanishlar amalga oshirildi. «Xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida», «Bankrotlik to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar tashqi iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada kengaytirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli sharoit yaratdi. Eksport ahsulotini va uning hajmini ko‘paytirishga erishgan korxonalarga katta imtiyozlar berilgani e’tiborga sazovor. Milliy valyutaning joriy qilinishi tashkiliy yangilanishlarni amalga oshirishda yanada muhim omil bo‘ldi. respublika valyuta birjasi tashkil etilib, bu birjada o‘tkazilayotgan savdo natijasiga qarab pulning rasmiy almashuv qiymati belgilana boshlandi. iqtisodiyotda barqarorlik va ma’lum darajadagi iqtisodiy o‘sish alomatlari ko‘rina boshladi. Neft va gaz kondensati qazib olish bir necha marotabaga ko‘paydi, oltin, don, engil sanoat, ozuqa sanoati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish ancha oshdi. etakchi asosiy tarmoqlarning barqaror rivojlanib borishi hisobiga respublikaning yoqilg‘i-energetika mustaqilligini ta’minlovchi, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchi va aholi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarning salmog‘i ortdi. Birinchi Prezidentimiz i.A. Karimov iqtisodiyotimizda erishilgan natijalarni quyidagicha izohladi: Birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirilib, puxta ishlab chiqilgan pul-kredit, byudjet va emissiya siyosatini qo‘llab, narx o‘sish sur’atlarini pasaytirishga, valyutamizni mustahkamlash muammolarini echishga kirishildi; ikkinchidan, sanoatni, va umuman ishlab chiqarishning ustuvor yo‘nalishlarini davlat tomonidan doimiy ravishda qo‘llab quvvatlanishi oqibatida ishsizlikni chegaralashga, mehnat resurslarining band bo‘lishiga, aholi daromadi va byudjet daromadini barqarorlashtirishga olib keldi. Uchinchidan, davlatimiz iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishini nazarda tutib, xalqimizning ehtiyojini qondiradigan g‘alla, don, go‘sht, sut mahsulotlarini chetdan olib kelishni keskin kamaytirildi. Neft va neft mahsulotlarini qo‘shni davlatlardan olib kelishni kamaytirish sari hal qiluvchi qadam qo‘yildi. To‘rtinchidan, xorijiy sarmoyalarni mamlakatimizga jalb etish uchun keng imkoniyatlar va muhim shart-sharoitlar yaratildi. 1995 yil jamiyatni, iqtisodiyotni, mamlakat hayotining barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili bo‘ldi. Yil yakunlari biz ishlab chiqqan yo‘nalish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor jihatlari to‘g‘ri ekanini tasdiqladi va o‘z samaralarini bera boshladi. SHularning natijasida va ta’sirida O‘zbekiston iqtisodiyotida yalpi mahsulot ishlab chiqarishning pasayish sur’ati amalda to‘xtatildi. CHuqur islohotlarni amalga oshirishda makroiqtisodiy barqarorlikka erishilganligining ahamiyati juda katta bo‘ldi. O‘zbekistonda samarali iqtisodiy siyosat va bozor islohotlarini izchillik bilan olib borilishi natijasida 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanmoqda. Hamdo‘stlik mamlakatlarining aksariyatida yalpi ichki mahsulot hajmi 30-40 foizga kamaygani holda O‘zbekistonda 1996 yilda yalpi ichki mahsulot 1995 yilga nisbatan 101,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, olib borilgan iqtisodiy islohotlar va jarayonlar jiddiy samarasi o‘laroq, 1997 yilga borib iqtisodiyotimiz barqarorlashdi. Natijada, yalpi ichki mahsulot 2007 yilda 109,5 foizga, 2008 yilda 109,0 foizga, 2009 yilda 108,0 foizga, 2010 yilga kelib 108,5 foizga o‘sdi. YAlpi ichki mahsulot hajmi 3,5 barobarga, aholi jon boshiga YAiM 2,5 barobarga o‘sdi. diagrammadan ko‘rinib turibdiki, yalpi ichki mahsulotning o‘sishi natijasida iqtisodiy rivojlanishning yuqori sifat darajasiga ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa buyuk kelajak sari dadil qadam tashlanayotganligidan dalolat beradi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotning deyarli boshqa barcha soha va sektorlarida ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan bevosita bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida 5,8, qurilishda 2,6, savdoda 12,7, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish sohasida 21,3 foizni tashkil etadi. Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish 11,2 foiz ko‘paydi. iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida barqaror va muqim natijalarga erishildi. Neft qazib olish, gaz kondensati, tabiiy gaz, yonilg‘i-moylovchi materiallar, elektr quvvati, ko‘mir, qimmatbaho metallar va boshqa strategik ahamiyatga molik mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko‘paydi. SHu o‘rinda xorijiy investitsiyani jalb etishga alohida e’tibor berilganini aytib o‘tish kerak. investitsiya va tuzilma siyosatida asosiy e’tibor amaldagi ishlab chiqarish tarmoqlarini jihozlash hamda yuksak qo‘shimcha qiymat ulushini ta’minlovchi yangi, ilg‘or texnologiyalarga ega korxonalar qurishga qaratildi. Umumiy sarmoya miqdorining 30 foizi zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar xarid qilishga sarflandi. diqqatga sazovor joyi shundaki, jami investitsiyalarning 63 foizidan ortig‘i iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektorida o‘zlashtirildi. investitsiya va tuzilma siyosatida asosiy e’tibor amaldagi ishlab chiqarish tarmoqlarini jihozlash hamda yuksak qo‘shimcha qiymat ulushini ta’minlovchi yangi, ilg‘or texnologiyalarga ega korxonalar qurishga qaratildi. Umumiy sarmoya miqdorining 30 foizi zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar xarid qilishga sarflandi. Mazkur tadbirlar natijasida, qisqa muddatlarda iqtisodiyotning mutlaqo yangi, samarali tizimlarini shakllantirishga imkon beruvchi yirik korxonalar qurilib, foydalanishga topshirildi. Yiliga 2,5 milliard kub metr gaz haydash quvvatiga ega Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo‘qon spirt ishlab chiqarish birlashmasi, YAngiyo‘l biokimyo zavodi, Toshloq ip yigiruv fabrikasi shular jumlasidan-dir. Mamlakatimizda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilikni mustahkamlash, bozor infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan ishlar shular jumlasidandir. SHuningdek, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalash-tirilib tartibga solindi. Tadbirkorlarga, avvalo, kichik biznes sub’ektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo‘lgan moddiy resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishlarining amalga oshirilishi oqibatida nodavlat xususiy iqtisodiy sektor va xususiy mulk hamda mulkdorlar mavqei oshib bordi. YAlpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 52,5 foizga etdi. 2000 yilda 31%, 1991 yilda 1,5 foizni tashkil etgan. Xususiy mulkning iqtisodiyotdagi ta’sirini oshib borishida dastlabki kapital va uning jamg‘arilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqilligimizning 20 yili davomida jamg‘arilgan xususiy kapital o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. davlat mulkini xususiylashtirish, daromadlarning kapitallashuvi va xususiy kapital rivoji uchun berilgan kreditlar hisobidan milliy iqtisodiyotda xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi hissasining o‘sib borishiga erishildi. YUridik shaxslar uchun daromad solig‘i 9 %gacha, kichik biznes va mikrofirmalar uchun 6 %gacha kamaytirildi. 2010 yilda 9,7 milliard AQSH dollariga teng miqdorda investitsiyalar o‘zlashtirildi, bu YAIMning qariyb 25 foizini tashkil etadi. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 28,8 foizni tashkil etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,4 milliard dollarni tashkil etdi. investitsiyalarning 37,5 %i korxonalarning texnik va texnologik qayta jixozlash uchun yo‘naltirildi. Faol investitsiya siyosati yuritilishi natijasida 2010 yilning o‘zida 200 dan ziyod loyiha amalga oshirildi. Jumladan: dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi qurilishi, Xonjiza konida polimetall rudalarga ishlov berish, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot” kompaniyasining bir qancha yangi ob’ektlari, “Navoiy” erkin-industrial zonasi hududida 19 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Malakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni diversifikatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 2010 yilda sanoat ishlab chiqarish tarkibida yuqori qo‘shimga qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlarning ulushi 50 %dan ziyodni tashkil etdi va 160 dan ortiq yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. jumladan, “Spark” avtomobili, “MAN” avto-mobillari, energiya tejaydigan lampalar, “Elji” rusumidagi xolodilniklarni yig‘ish, kaliy o‘g‘itlari va mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga quyildi. Moliya-bank tizimi likvidligini yanada mustahkamlash, uning barqarorligini kuchaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Tijorat banklarining jami kapitali 36 %ga ortdi. 15 ta tijorat banki “Fitch reytings”, “Mudis” va “Standart end purs” kabi etakchi xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” degan reyting darajasiga ega bo‘ldi. Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 1,4 barobar ko‘paydi va 2,7 trillion so‘mdan ortig‘ini tashkil etdi. Tijorat banklari balansiga berilgan 147 ta bankrot korxonaning 140 tasida ishlab chiqarish qayta tiklandi. Ularning 64 tasi yangi investorlarga sotildi. iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi va rolini oshirish borasidagi islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 2010 yilda 52 %ga, xizmat ko‘rsatish sohasining salmog‘ini tegishli ravishda 49 %ga, 2010 yilda yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlarini kasanachilik asosida 250 mingtaga etkazildi. So‘ngi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xo‘jalik yuritishning sovet davridan qolgan, o‘zini oqlamagan shakllaridan voz kechilib, ularning o‘rniga butun dunyoda keng joriy etilgan xususiy fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasining bosh bug‘ini bo‘lgan xususiy fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va yanada rivojlantirish lozim. Kuchli va adresli ijtimoiy siyosat yuritilishi, aholini ijtimoiy himoya qilishning butunlay yangi tartiblari joriy etilishi so‘ngi yillarda faqatgina odamlar turmush darajasining o‘sishiga emas, balki ularning daromadlari o‘sishiga ham olib keldi. Aholi daromadlari 3,8 barobar ko‘paydi. Aholini ijtimoiy himoya qilishga davlat xarajatlari 5 barobar oshdi. iqtisodiyot barqarorligining o‘ziga xos ko‘rsatkichi, belgilangan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy mezoni bo‘lgan o‘z valyutamizni mustahkamlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarnigina emas, balki ijtimoiy islohotlarning ham eng ustuvor yo‘nalishidir. Respublika iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirish uning sanoatini rivojlantirish milliy valyutaning tovarlar bilan ta’minlanishiga bu esa, natijada milliy valyutaning qadrini saqlab turishga olib keladi. Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va ushbu tizimda sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish ta’minlandi. Aholiga bepul shoshilinch va yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashtirilgan shifoxona va bo‘limlar tarmog‘i, uning respublika markazi hamda 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi. SHuningdek, bo‘lajak onalar salomatligini muntazam nazorat qilib boradigan, sog‘lom bolalar tug‘ilishiga xizmat qiladigan keng tarmoqli Skrining markazlari tashkil etilib, ular samarali faoliyat yuritmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish uchun jami 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilib, buning 85 %i byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Qishloq vrachlik punktlarining soni 3 200 tadan oshdi va 2000 yilga nisbatan 2 barobar ko‘paydi. Keyingi 10 yilda onalar o‘limi koeffitsienti 33,1 promilldan 19,7 promillga, bolalar o‘limi koeffitsienti esa 18,9 promilldan 10,1 promillga tushdi. Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2011 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. inqirozga qarshi dastur quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilib borilmoqda: korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. joriy kon’yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.


Download 349,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish