Qo’shma so’zga misollar:
1.«Boshog'riqni ko'paytirmang», - dedi o'qituvchimiz.
2.Bola jarohatlangan oqqushni davoladi.
3.Qizilishton daraxt po'stlog'i orasidagi qurtlarni terib edi.
4.Qizilurug' kechroq unadi, lekin ko'p hosil beradi.
5.Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo'l qo`ydi.
SO'Z BIRIKMASI VA TURG'UN BOG'LANMA
So'z birikmasida so'zlar o'zaro erkin bog'langan bo'ladi: tushuncha anglatadi, turg'un bog'lanma (ibora)larda esa so'zlar ma'noviy butunlik uchun birlashgan - yaxlitlangan bo'ladi va bir leksik ma'no anglatadi.
Turg'un bog'lanma (ibora)ga bir so'z sifatida qaraladi, lug'atlarda so'zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so'zlar kabi ma'no ifodalaydi. Masalan, ko'zini yog' bosgan iborasi mag'rurlangan, yog' tushsa yalagudek iborasi toza, to'nini teskari kiyib olmoq iborasi qaysarlik qilmoq ma'nosini beradi, ammo bu ma'nolarni oddiy emas, obrazli tarzda ifodalaydi.
So'z birikmalaridagi so'zlarni, erkin bog'langani uchun, almashtirish mumkin, turg'un bog'lanma (ibora)lardagi so'zlarni almashtirib bo'lmaydi, ular bir ma'no ifodalash qonuniyati asosida turg'unlashgan, yaxlitlangan bo'ladi: bo'yniga qo'ymoq (iqror qilmoq), ko'nglidan o'tkazmoq (o'ylamoq), o'pkasi yo'q (hovliqma) kabi.
So'z birikmasi va turg'un bog'lanma (ibora) gapda o`xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin biri tushuncha, biri leksik ma`no ifodalaydi. Masalan, hozirgina qizcha ushlab olgan tog' kapalagi uchib ketdi - so'z birikmasi. Sigirning ahvolini ko'rdi-yu, uning ham kapalagi uchib ketdi - turg'un bog'lanma (ibora).
Quyidagi birikmalarni so'z birikmasi va turg'un bog'lanma (ibora) sifatida ishlatish mumkin: bo'yniga ilmoq, tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq, to'nini teskari kiymoq, qo'li ochiq, tosh otmoq.
Misollar:
1.Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi – so`z birikmasi.
2.Qo'rsligi, bema'ni gaplari axiri uning boshiga yetdi ; - ibora.
3.Shifokor dorini bolaning qulog'iga quydi - so'z birikmasi.
4.Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini o'g'lining qulog'iga quydi - ibora.
5.Semiz qo'y go'shti o'z yog'ida qovurildi - so'z birikmasi.
6.Yakka qolgan Hasanboy vijdon azobida o'z yog'ida qovurildi - ibora.
7.«Qizingizning ko'zlari yaxshi ko'radi», - dedi hakim - so'z birikmasi. 8.«Shahzoda falon mahallada yashovchi kosib qizini yaxshi ko'radi», - dedi tabib - ibora.
Do'stlaringiz bilan baham: |