Sintaksis haqida umumiy ma'lumot


Gap tarkibidagi so'zlar ham ma'no tomondan, ham grammatik tomondan o'zaro bog'lanadi



Download 238 Kb.
bet10/50
Sana27.06.2022
Hajmi238 Kb.
#708162
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
ona tili sintaksis

Gap tarkibidagi so'zlar ham ma'no tomondan, ham grammatik tomondan o'zaro bog'lanadi.
Biz morfologiya bo'limida o'rgangan kelishik, egalik, son, shaxs-son qo'shimchalari, shuningdek, ko'makchi va bog`lovchilar sintaksisda so'zlarni o'zaro bog'lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so'zlar tartib va ohang yordamida ham o'zaro bog'lanadi. Masalan, Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-quvnab. Bu gapda oq va paxtalar so'zlari bir-biri bilan so`z tartibi orqali bog'langan.
Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi. Og'zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo'ladi. Ohang, ayni vaqtda, gaplarni bir-biridan ham ajratib turadi.
Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so'z (Kuz. Tong.) yoki so'z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi: Ko'm-ko'k dala. G`arbiy chegaralardan biri.
Ayni bir sodda gapning ohangini o'zgartirish orqali ba'zan uch
xil mazmun ifodalash mumkin:
Buvijonim keldilar. - xabar
Buvijonim keldilar! - his-hayajon
Buvijonim keldilar? - so'roq
Yozma nutqda ana shu ohangga qarab bir gap oxiriga yo nuqta, yo so'roq, yo undov belgisi qo'yiladi.
GAPNING IFODA MAQSADIGA KO'RA TURLARi
DARAK GAPLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Har bir gapda ma'lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So'zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi yoki o'ziga noma'lum bo'lgan narsa va voqea-hodisalar to'g'risida ma'lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo'yicha buyruq-xitobni bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlariga ko'ra turlicha quriladi: o'ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo'lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi. So'zlovchining so'zlash maqsadiga xoslangan gap turlariga gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari deyiladi.
Ifoda maqsadiga ko'ra gaplar:
1) darak gaplar,
2) soroq gaplar,
3) buyruq gaplar,
4) istak gaplarga bo'linadi.
Darak, so'roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig`iq va yoyiq, sodda va qo'shma gap shaklida bo'lishi mumkin.
Darak gaplar darak, xabar ma'nosini bildiruvchi gaplardir.
Sizga ma'lum bo'lgan biror axborotni boshqalarga yetkazmoqchi bo'lsangiz, darhol shu maqsadingizga muvofiq kelgan gap shaklini (qolipini) tanlaysiz. Bunday gaplarning xarakterli xususiyati:
-kesimi tasdiq yoki inkor shaklida turgan aniqlik maylidagi fe'llar bilan, ba'zan tasdiq yoki inkor shaklidagi otlar bilan ifo­dalanadi;
-yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo'lgan voqea-hodisani tasdiq yoki inkor qilish yo'li bilan ifodalaydi;
-darak ohangi bilan talaffuz qilinadi;
-darak ohangi gap oxiriga qarab pasayib boradi;
-gap bo'laklari to'g'ri tartibda joylashadi.

Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish