teng bog'lanish - ikki so'zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo'ysunmay bog'lanishi: opam va kitob, uy va tom kabi
tobe bog'lanish - bir so'zning (tobe so'zning) boshqa so'zga (hokim so'zga) bo'ysunishi orqali bog'lanishi: opamning kitobi, qizil gul, uyga kirmoq kabi.
So'zlarning tobelanishi asosida bog'lanishi so'z birikmalarini hosil qiladi va so'z birikmasi ikki va undan ortiq so'zdan iborat bo'lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: Dadamning kitobi, qizil gul.
So'zlarning teng bog'lanishi asosida so'z qo'shilmalari hosil bo'ladi. So'z qo'shilmasida har bir so'z ma'no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: opam va kitob, siz bilan biz kabi.
O'zaro teng bog'langan bo'laklar bir xil gap bo'lagi vazifasida keladi va ko'pincha bir xil so'roqqa javob bo'ladi. Ularni bir-biriga bog'lovchi vosita sifatida teng bog'lovchilar yoki sanash ohangi ishtirok etadi.
Teng bog'lanishni quyidagi ishoralar bilan ifodalash mumkin:
□ , □ - sanash ohangi yordamida hosil bo'lgan teng bog'lanish
□ - ammo, lekin, va, bilan, hamda, -u (-yu), -da - bog'lovchilar yordamida hosil bo'lgan teng bog'lanish
Teng bog'lanishga misollar:
Ayol - go'zallik, nafosat va muhabbat timsoli. Sohibqiron ayol qadriga, go'zalligiga ichki bir muhabbat bilan qaragan.
Sizni ishxonada ham, oilada ham ijobiy yutuqlar kutmoqda.
Mashaqqatli, lekin sharafli ishga qo'l urgansiz.
SO'Z BIRIKMASI. OTLI VA FE'LLI BIRIKMA
Bir so'zning boshqa so'zga ma'lum grammatik vositalar (grammatik qo'shimchalar, yordamchi so'zlar) yordamida bog'lanishi grammatik bog'lanish hisoblanadi. Masalar Bog'larda mevalar qiyg'os pishgan gapida bog'larda so'zi pishgan so'ziga -da kelishik qo'shimchasi yordamida bog'lanyapti. Gapda so'zlarning bog'lanishi faqat grammatik bog'lanish bilan cheklanib qolmaydi. Bog'lanayotgan so'zlar mazmuniy tomondan ham o'zaro muvofiq bo'ladi. Masalan, gullamoq so’zi gul chiqarmoq ma'nosi bilan gullash xususiyatiga ega bo'lgan narsalarni bildiruvchi so'zlarga bog'lanadi: o'rik gulladi, jiyda gulladi; lekin tosh, toy, suv kabi so'zlar bilan bog'lanolmaydi.Yashnadi rivojlandi ma'nosi bilan yashnashi mumkin bo'lgan turli jamoa tashkilot, mahalla nomlarini bildiruvchi so'zlarga ham bog`lanadi: qishloq gulladi, litsey gulladi kabi. Ko'rinadiki, o'zaro bog`lanayotgan so'zlarda mazmuniy uyg'unlik bo'ladi.
Ikki va undan ortiq mustaqil so'zlar grammatik va ma'no jihatidan birikib, so'z birikmasini hosil qiladi. So'z birikmasi hokim so'z va tobe so'zdan tuziladi. O'zbek tilida har doim tobe so`z oldin, hokim so'z keyin keladi. Masalan, qalamda yozmoq so'z birikmasida qalamda so'zi tobe so'z, yozmoq - hokim so'z hisoblanadi. Tobe so'z hokim so'zni aniqlab, to'ldirib, izohlab keladi. Ma'nosi izohlanayotgan so'z esa hokim so'zdir. Turli turkum so'zlari hokim so'z vazifasida kela oladi. Masalan: kitobning muqovasi (hokim so'z - ot), guldan nozik (hokim so`z-sifat), tovushdan tez (hokim so'z - ravish), Nasibaning o'zi (hokim so'z - olmosh), qizlardan uchtasi (hokim so'z - son), uyda yo'q (hokim so'z - modal so'z), kitobni o'qib (hokim so'z -ravishdosh), yomg'ir yog'gan (hokim so'z - sifatdosh), xat yozmoq (hokim so'z - harakat nomi).
So'z birikmasi hokim so'zning qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga qarab ikki guruhga bo'linadi: otli so'z birikmasi, fe`lli so'z birikmasi.
Otli so'z birikmasida hokim so'z ot va otlashgan so'zlar bilan ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |