Kesimi aniqlik maylidagi fe'llardan, tasdiq yoki inkor ma'nosini bildiruvchi otlardan ifodalanib, biror voqea- hodisa haqida xabar bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi.
Masalan, Ana bu - bizning bog'imiz.
Yozuvda darak gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi. Ba'zan darak gaplardagi gap bo'laklarining me'yordagi tartibi o'zgarishi mumkin. Masalan:
a) Urug'chilik instituti shahar markazidan xiyla chetda joylashgan;
b) Shahar markazidan urug'chilik instituti xiyla chetda joylashgan;
c) Xiyla chetda joylashgan urug'chilik instituti shahar markazidan uzoqda edi.
Darak gaplardagi bunday uch xil gap bo'laklarining tartibi gapning umumiy mazmunini bir xil ifodalasa ham, lekin uslubiy xoslanganlik va gap bo'laklaridan birining ahamiyatlilik darajasini ifodalashga ko'ra o'zaro farqlanadi:
a va b gaplar kitobiy uslubga;
c gap esa so'zlashuv uslubiga xoslangan;
c gapda institutning qayerda joylashganiga alohida e'tibor berilgan
Darak gaplar ma'lum axborotni tasdiq va inkor yo'li bilan ifodalaydi. Kesimi bo'lishsiz fe'llardan, yo'q, emas so'zlarini olgan sifatdosh va otlardan ifodalangan gaplar darak-inkor gaplar sanaladi
Esda saqlang: Ba'zan gapning inkor shakli orqali tasdiq ma`nosi ifodalanadi. Bunday vaqtda ikkita inkor shakli qo'llanilib, gapga tasdiq ma'nosini beradi. Masalan, o'qimay qo`ymayman. Inkor shakli orqali ifodalangan tasdiq ma'nosi , tasdiq shakli orqali ifodalangan tasdiq ma'nosidan kuchliroq bo`ladi.
Darak gaplar orqali tasdiq, inkor, xabar, orzu-umid, maslahat, taajjub, tashvish, gina, kinoya ma'nolari ifodalanadi.
Masalan:
Ba'zan ayollarni o'ziga befarqligini ko'rib hayron qolasan kishi. - tashvish.
Ayollarning tibbiy madaniyatini oshirish to'g'risida ham o'ylamog'imiz zarur. - maslahat.
So’roq gaplar
So’roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya) yoki so'roq ohangi ifodalanib, so'zlovchiga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa haqida axborot olish maqsadida qo'llanuvchi gaplarga so roq gaplar deyiladi.
So'roq olmoshlari yordamida ifodalangan so'roq gaplar so'roqqa javob bo'luvchi so'zni talab qiladi. Masalan:
Ko'chatlarga kim suv quydi? - Salim.
So'roq yuklamalari orqali ifodalangan so'roq gaplar
yoki «yo'q» javoblarni talab qiladi. Ha va yo'q so'zlarini javob tarzida qo'llab, so'ngra unga izoh beriladi. Masalan:
Sen akademik litseyda o'qiysanmi?
Ha, men akademik litseyning bitiruvchi o'quvchisiman.
Yozuvda -mi yuklamasi so'zga qo'shib, -chi, -a yuklamalari so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Ba'zan darak ma'nosini ifodalash uchun so'zlovchi shaklidan (qolipidan) emas, balki so'roq gap shaklidan) foydalanadi. Masalan: Buni kim bilmaydi? So'roq gaplar javob talab qilmaydi. Javobi shu gapning o’zida bo'ladi. So'roq gap kesimi bo'lishsiz fe'llar bilan ifodalangan bo'lsa, tasdiq darak gap ma'nosini; aksincha, bo'lishli fe’l bilan ifodalangan bo'lsa, tasdiq inkor gap ma'nosini bildiradi. So'roq gap orqali ifodalangan darak gap ma'nosi darak gap orqali ifodalangan darak ma'nosidan kuchliroq bo'ladi. Bunday so'roq gaplar so'roq-darak gaplar yoki ritorik so'roq gaplar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |