Ot
|
tomonga
|
|
Fe’l
|
uy tomonga kelmoq
|
Ot
|
- ga tomon
|
|
Fe’l
|
uyga tomon kelmoq
|
Eslab qoling. Kelishik qo‘shimchalari bilan ko‘makchilar o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, ular o‘rtasida ma’lum ma’no farqlanishi mavjud. Kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda hokim bo‘lak ifodalagan harakatning chiqish yoki yo‘nalish nuqtasi aniq, ko‘makchi yordamida bog‘langanda esa noaniq bo‘ladi.
Solishtiring:
litseydan chiqdi
|
litsey tomondan chiqdi
|
litseyga ketdi
|
litsey tomonga ketdi
litsey tomon ketdi
litseyga tomon ketdi
|
2.Bitishuv - so'z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so'zning hech qanday qo'shimchasiz, faqat ohang va ma'nosiga ko'ra bog'lanishidir. Masalan: tez termoq, chiroyli gapirmoq, ishchan o'quvchi, mehribon murabbiy.
Bitishuvda doimo tobe so'z avval, hokim so'z keyin keladi: tiniq suv, katta ko'cha. Ularning o'rni o'zgartirilsa, gap hosil bo'ladi: Suv tiniq. Ko'cha katta.
Bitishuvda tobe so'z vazifasida shu vazifaga xoslangan sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so'z keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o'qigan odam, jo'shib kuylamoq.
Hokim so'z ot va fe'l so'z turkumidan iborat bo'ladi.
***birga o'qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash, yolg'ondan gapirmoq kabi birikmaning tobe so'zida o'rin-payt, jo'nalish, chiqish kelishigi qo'shimchasi yoki ko'makchi bo'lishiga qaramay, boshqaruv emas, bitishuv sanaladi, chunki bu birikma tarkibidagi kelishik va egalik ko'shimchasi "qotib"'qolgan va so'zni bog'lashda hech qanday roli yo'q.
3.Moslashuv - tobe so'zning hokim so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida, hokim so'zning esa tobe so'zga egalik qo'shimchalari yordamida bog'lanishi moslashuv deyiladi. Bunday birikma a'zolari shaxs va sonda moslashadi. Ega va kesim ham moslashuv usuli yordamida bog'lanadi: Men ketdim. Lekin u gap bo'lganligi uchun so'z birikmasi doirasida o'rganilmaydi.
Masalan: kitobning muqovasi, xonalarning kattarog'i, bizning sinfimiz, sizning ukangiz.
*** Agar hokim bo‘lak egalik qo‘shimchasidagi ot bilan ifodalangan bo‘lsa, tobe bo‘lak faqat qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalanadi:
Ot
|
- ning
|
|
Ot
|
- im (-m)
|
- ing (-ing)
|
-i (-si)
|
Ba’zan qaratqich kelishigi ifodalanmasa ham, uning izi bilinib turadi:
Ot
|
|
Ot
|
- im (-m)
|
- ing (-ing)
|
-i (-si)
|
Moslashuvda ba'zan qaratqich kelishigi yoki egalik qo'shimchasi tushirilishi mumkin: maktab hovlisi, bizning maktab. U baribir moslashuv deyilaveradi.
1. Bitishuv munosabatidagi so‘z birikmalarini aniqlang. A) kichkinagina gulzor, chiroyli ko‘ylak B) anvoyi gullar, bir tup atirgul, bitta g‘uncha C) tikilgan ko‘z, sholchasini sudrab, anvoyi gullar D) A va B
2. Boshqaruv yo'li bilan hosil bo'lgan so'z birikmasini ko'rsating. A) opasi bilan ko'rishmoq B) yashil o'rmon
C) navbatchining vazifasi D) zimdan kuzatmoq
3. Bitishuv yo'li bilan hosil bo'lgan so'z birikmasini aniqlang. A) bolalar haqida g'amxo'rlik B) maktab hovlisi C) o'ylab gapirmoq D) gapirishga oson
4. Qanday so'z birikmalarida tobe so'z bosh so'zga grammatik vositalarsiz bog'lanadi?
A) boshqaruvda B) moslashuvda C) bitishuvda D) boshqaruv va bitishuvda
5. Qaysi qatorda holli birikmalar berilgan? A) qalam bilan chizmoq, do‘stlar bilan uchrashmoq B) kuchli sel, qiyinchilik bilan ulg‘aymoq C) tez termoq, yoppasiga jonlanmoq D) tadbirkorlar haqida so‘zlamoq, katta kuch
6. So‘z birikmalari tarkibida so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiluvchi birliklarni aniqlang.
A) aloqa munosabat shakllari, ko‘makchilar, bog‘lovchilar B) aloqa-munosabat shakllari, ko‘makchilar
C) faqat ko‘makchilar D) ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar
7. Quydagilarning qay biri boshqaruv emas? A)tongda keldi B) tezda keldi C) mashinada keldi D) ABC boshqaruv
8. Qaysi qatorda ko’makchi otni sifatga bog’lab kelgan?A) Ona kabi mehribon. B) Halimdan katta. C) Shahar tomon ketdi. D) Do’stlar bilan suhbat.
9. Berilgan qaysi so‘z juftligining qay biridan moslashuv hosil qilish mumkin.
1. berilgan, topshiriq; 2. vazifa, bajarmoq; 3. qiziqarli, mashg‘ulot; 4. o‘qishli, asar; 5. samarali, ishlamoq
A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) tjy
10. Qaysi gapda tushum kelishigidagi ot fe‘l bilan birikma hosil qilgan?
A) Qishlog‘imizda yangi maktab qurildi. B) Yaxshilik yerda qolmas. C) Rais terimchilarga mukofot berdi.
D) qoramtir osmonda yulduzlar chaqnay boshladi.
11. Qaysi qatorda to‘ldiruvchili birikmalar berilgan? A) qishloqdagi binolar, kitobdan ko‘chirmoq
B) tunda kelmoq, qunt bilan ishlash C) choynakdan kattaroq, Sohibaning taqdiri
D) otdan baland, kitobni o‘qib chiqmoq
12. Quydagilardan qay biri bitishuv hisoblanadi?
A)Uydan chiqmoq B) Piyoda kelmoq C) Kitob juda zo’r D) Tomdan tarasha tushganday
13.Bitishuv yo’li bilan birikkan so’z birikmalari qaysi qatorda berilgan? A) buyuk kelajak, san’at saroyi B) qalb taronasi, maqsadga erishmoq C) kitob qudrati, vatan ravnaqi D) shoir vatani, Andijon nashvatisi
14. Hokim bo’lak ravish bilan ifodalangan so’z birikmasini toping. A) Uyimizga keldi B) Ko’p o’qigan C) Bizda ko’p D) Tez yugurmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |