Sintaksis haqida umumiy ma’lumot



Download 61,39 Kb.
bet1/18
Sana28.06.2022
Hajmi61,39 Kb.
#714507
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
so\'z birikmasi 1


Sintaksis haqida umumiy ma’lumot.


*** Biz foydalanayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda o'zining muhim vazifasini bajaradi. Tahlil qilganda til birliklari ajratiladi, aniqlanadi va izohlanadi.
Til birligi – bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o’rni bilan farqlanadigan til hodisasi.Til birliklariga gap, so’z birikmasi, so’z, tovush, qo’shimcha kiradi.
Tilning asosiy ijtimoiy vazifasi fikrni shakllantirish, uni ifodalash, odamlar orasida fikr almashuv vositasi bo’lib xizmat qilishdan iboratdir.
Tilning fikrni shakllantirish vazifasi so’zlar, qo’shimchalar va ularda mujassamlashgan ma’nolar yordamida amalga oshirishdir.
Tilning fikrni ifodalash, uni birovga yetkazish vazifasi gap orqali namoyon bo’ladi.
So'zlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o'zaro birikuvidan so'z birikmalari va gaplar hosil bo'ladi. So'z birik­malari va gaplar o'z qurilishi va ifoda mazmuniga ko'ra farqlanadi.

So'z birikmalari va gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o'rganuvchi til bo'limi sintaksis deyiladi. Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirish, bog‘lash, demakdir. Demak, so‘zlarning va gaplarning (qo‘shma gap doirasida) o‘zaro bog‘lanish qonun-qoidalarini, ularning xillarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi sintaksis sanaladi. Bu bo‘lim gapda so‘zlarning bog‘lanishini – so‘z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limotdir.
So‘zlarni tilning ma’lum qoidalari asosida bir-biriga bog‘lab so‘z birikmasi va gap hosil qilish sintaktik hodisasidir, ana shunday hodisalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi esa sintaksis deb yuritiladi.
Sintaksis so'zlarning bir-biri bilan boqlanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o'rgangani uchun unda: 1) so'z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi kabi bo'limlar mavjuddir.

*** Gap ikki va undan ortiq so‘zlardan iborat bo‘lganda, bu so‘zlar o‘zaro grammatik va mazmun tomondan bog‘lanadi.


Gap odatda bir so‘zdan yoki bir necha so‘zlarning o‘zaro gram­matik va mazmuniy bog‘lanishidan ham tashkil topishi mumkin. Masalan, Kuz... Bog‘larda mevalar qiyg‘os pishgan. Yuqoridagi gaplarning birinchisi faqat bir so‘zdan tashkil topgan bo‘lsa, ikkin­chisi to‘rtta so‘zning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan.

***Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum gramma­tik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) yordamida bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi. Masalan, yuqorida keltirilgan ikkinchi misolda bog‘larda so‘zi pishgan so‘ziga -da kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘lanyapti.


Gapda so‘zlarning bog‘lanishi faqat grammatik bog‘lanish bilan cheklanib qolmaydi. Bog‘lanayotgan so‘zlar mazmuniy tomondan ham o‘zaro muvofiq bo‘ladi. Masalan, gullamoq so‘zi gul chiqarmoq ma’nosi bilan gullash xususiyatiga ega bo‘lgan narsalarni bildiruvchi so‘zlarga bog‘lanadi: o‘rik gulladi, jiyda gulladi kabi, lekin tosh, loy, suv kabi so‘zlar bilan bog‘lana olmaydi. Yashnadi, rivojlandi ma’nosi bilan yashnashi mumkin bo‘lgan turli jamoa, tashkilot, mahalla nomlarini bildiruvchi so‘zlarga ham bog‘lanadi: qishloq gulladi, litsey gulladi kabi. Ko‘rinadiki, o‘zaro bog‘lanayotgan so‘zlarda mazmuniy uyg‘unlik bo‘ladi.


Download 61,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish