O’ZBEKSTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI «Geodeziya kartografiya va tabiiy resursalar» kafedrasi “DAVLAT KADASTRI ASOSLARI” fanidan Taqdimot ishi Tayyorlagan : Salayev Atamurod.
REJA:
1.KADASTR BO'YICHA BO'LISH
2.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDLARINI
KADASTR BIRLIKLARIGA BO‘LISH
3.YER UCHASTKALARI ULARDA JOYLASHGAN
BINOLAR VA INSHOOTLARNING KADASTR
RAQAMINI SHAKLLANTIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDLARINI
KADASTR BIRLIKLARIGA BO‘LISH
YER UCHASTKALARI ULARDA JOYLASHGAN
BINOLAR VA INSHOOTLARNING KADASTR
RAQAMINI SHAKLLANTIRISH
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yer
uchastkalari, binolar va inshootlarga, ularning turlaridan qat’i
nazar, kadastr raqamlari beriladi. Kadastr raqamlarini berish
va hisobga olish yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat yer
kadastrini hamda binolar va inshootlar davlat kadastrini yaratish va yuritish ishlarining zaruriy shartlaridan hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr birliklariga bo‘lish tarkibi va prinsiplari
Kadastr bo‘yicha bo‘lish, bu – O‘zbekiston Respublikasi hududini belgilangan tartibda kartografik materiallarda
(xaritalarda, planlarda, sxemalarda) kadastr birliklariga (zonalar, massivlar, mavzelar) bo‘lishdir.
Kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlariga
kadastr raqami berish tizimi ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar
va inshootlarni bir xilda identifikatsiyalashni ta’minlashi
kerak
Ma’muriy tuman (shahar) hududlarini kadastr zonalariga bo‘lish
Zonalar. Ma’muriy tuman (shahar) hududini kadastr bo‘lib,
ular tumanda joylashgan – qishloqlar, ovullar va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar (shaharchalar) hududlari qabul qilinadi.
Kadastr raqami, bu – yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir. U qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida foydalanishi davomida saqlanib qolinadi.
Quyidagilar kadastr raqamining majburiy elementlarini
tashkil etadi:
– hududlar kodi;
– hududlar tarkibidagi ma’muriy tumanlarning (shaharlarning) kodi;
– kadastr zonasi kodi;
– kadastr massivi kodi;
– kadastr mavzesi kodi;
– yer uchastkasining kodi;
– bino, inshootning kodi;
– bino, inshoot bir qismining kodi.
Yer uchastkasi, bino va inshootlarning kadastr raqami
quyidagi belgilar ko‘rinishida ifodalanadi:
AABBCCDDEEFFFFGGGGHHH
AA – hududlarning (Qoraqalpog‘iston Respublikasining,
viloyatlarning va Toshkent shahrining) kodini bildiruvchi ikki
razryadli o‘nli son;
BB – hududlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilmalarning (ma’muriy tumanlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarning) kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
CC – kadastr zonalari kodini bildiruvchi ikki razryadli
o‘nlik son;
DD – kadastr zonalari doirasida kadastr massivlari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
EE – kadastr massivlari doirasida kadastr mavzelari
kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
FFFF – kadastr mavzelari doirasida yer uchastkalari
kodini bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nlik son;
GGGG – yer uchastkalari doirasida bino va inshootlar
kodini bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nlik son;
HHH – bino va inshootlar bir qismi kodini bildiruvchi
uch razryadli o‘nlik son
Ushbu tartibdan kelib chiqib, yer uchastkalarining kadastr raqami 14 razryadli o‘nlik sondan iborat bo‘ladi.
Bino va inshootning kadastr raqami, ushbu bino va inshoot joylashgan yer uchastkasining kadastr raqamiga bino va
inshootga berilgan to‘rt razryadli o‘nlik son qo‘shib, 18 razryadli
o‘nlik sondan iborat bo‘ladi.
Yangi plan yoki xarita tuzish (tuzatishlar kiritish),
ro‘yxatga olish, yangi kadastr xaritalarini (planlarini) tayyorlash jarayonida yer uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi
majburiy elementlari (kodlar) o‘zgartirilmaydi. Bino va inshootning bir qismi asosiy binodan boshqacha huquqiy maqomga ega (rasmiy huquq egasi boshqa shaxs) bo‘lgan uning
ayrim xonalari (kvartiralar, alohida xonalar va ulardan ajralib turgan boshqa qismlari) hisoblanadi
Yer uchastkalariga kadastr raqamlarini berish jarayonini
tartibga solish va navbatdagi kadastr raqamlarini to‘g‘ri aniqlash maqsadida, berilgan kadastr raqamlari muntazam ravishda hisobga olib boriladi
Yer uchastkalarining kadastr
raqamlarini hisobga olish maxsus reystrda ushbu ishlarni bajarish uchun belgilangan mas’ul xodim tomonidan amalga
oshiriladi.
Yer uchastkalarining kadastr raqamlarini hisobga
olish reystri har bir tumanda (shaharda) mavzelar bo‘yicha
elektron yoki qog‘oz shaklida yuritiladi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |