Sintaksis haqida umumiy ma’lumot



Download 61,39 Kb.
bet12/18
Sana28.06.2022
Hajmi61,39 Kb.
#714507
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
so\'z birikmasi 1

Murakkab so'z birikmasi tarkibida ikkitadan ortiq mustaqil so'z qatnashib, so'z birikmasi ichida yana so'z birikmasi bo’ladi: g'ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo'y, asfalt yotqizilgan keng ko’chalar, katta mevali daraxt, bugun kelgan ishchilar kabi.
Masalan, g'ayratli yosh bolalar birikmasida g'ayratli - tobe so'z, yosh bolalar - hokim so'z. Hokim so'z o'z ichida yana bo'linadi: yosh - tobe so'z, bolalar - hokim so'z. Bunda sodda so'z birikmasi kengayadi. Bunday birikma so'z birikmasi zanjiri deb atalgan.

So’z birikmalari zanjiri
Gap tarkibida bir so'z birikmasidagi hokim so'z boshqa bir so'zga tobelangan, bir hokim so'z
bir necha tobe so'zga yoki bitta tobe so'z bir necha hokim so'zga aloqador bo'lgan hollarda so'z birikmalari zanjiri hosil bo'ladi. So'z birikmasidagi tobe va hokim so'zlar orasida bir necha boshqa so'zlar va so'z birikmalari kelishi mumkin.
So’z birikmasi zanjirida so’zlarning hammasi bitta so’zga borib bog’lanmaydi.
1. Masalan, paxta gulli chinni piyola so’z birikmasi zanjirida 3 ta so’z birikmasi bor:
1)chinni piyola – otli birikma, bitishuv
2)gulli piyola – otli birikma, bitishuv
3)paxta gulli – otli birikma, bitishuv
Ushbu so’z birikmasi zanjirida chinni, gulli, paxta so’zlari tobe so’zlar hisoblansa, piyola va gulli so’zlari hokim so’z sanaladi, gulli so’zi esa paxta so’ziga nisbatan hokim (paxta gulli), piyola so’ziga nisbatan tobe (gulli piyola) bo’ladi. Demak, ushbu so’z birikmasi zanjirida 3 ta tobe so’z: chinni, gulli, paxta; 2 ta hokim so’z : piyola, gulli; 2 ta faqat tobe so’z vazifasini bajaradigan so’z: chinni, paxta; 1 ta faqat hokim so’z vazifasini bajaradigan so’z: piyola; 1 ta bir so’zga nisbatan hokim, ikkinchi so’zga nisbatan tibe so’z vazifasini bajaradigan so’z: gulli mavjud.
2. Masalan, uchta paxta gulli chinni piyola so’z birikmasi zanjirida 4 ta so’z birikmasi bor:
1)chinni piyola – otli birikma, bitishuv
2)gulli piyola – otli birikma, bitishuv
3)paxta gulli – otli birikma, bitishuv
4)uchta piyola – otli birikma, bitishuv
Ushbu so’z birikmasi zanjirida chinni, gulli, paxta, uchta so’zlari tobe so’zlar hisoblansa, piyola va gulli so’zlari hokim so’z sanaladi, gulli so’zi esa paxta so’ziga nisbatan hokim (paxta gulli), piyola so’ziga nisbatan tobe (gulli piyola) bo’ladi. Demak, ushbu so’z birikmasi zanjirida 4 ta tobe so’z: chinni, gulli, paxta, uchta; 2 ta hokim so’z : piyola, gulli; 3 ta faqat tobe so’z vazifasini bajaradigan so’z: chinni, paxta, uchta; 1 ta faqat hokim so’z vazifasini bajaradigan so’z: piyola; 1 ta bir so’zga nisbatan hokim, ikkinchi so’zga nisbatan tibe so’z vazifasini bajaradigan so’z: gulli mavjud.
3. Masalan, shimoldan esgan mayin shamol so’z birikmasi zanjirida 3 ta so’z birikmasi bor:
1)mayin shamol – otli birikma, bitishuv
2)esgan shamol – otli birikma, bitishuv
3)shimoldan esgan – fe’lli birikma, boshqaruv
Ushbu so’z birikmasi zanjirida mayin, esgan, shimoldan so’zlari tobe so’zlar hisoblansa, shamol va esgan so’zlari hokim so’z sanaladi, esgan so’zi esa shimoldan so’ziga nisbatan hokim (shimoldan esgan), shamol so’ziga nisbatan tobe (esgan shamol) bo’ladi. Demak, ushbu so’z birikmasi zanjirida 3 ta tobe so’z: mayin, esgan, shimoldan; 2 ta hokim so’z : shamol, esgan; 2 ta faqat tobe so’z vazifasini bajaradigan so’z: mayin, shimol; 1 ta faqat hokim so’z vazifasini bajaradigan so’z: shamol; 1 ta bir so’zga nisbatan hokim, ikkinchi so’zga nisbatan tibe so’z vazifasini bajaradigan so’z: esgan mavjud.

Download 61,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish