251-mashq.
Gaplarni o‘qing.
Sifatlarning darajasini o‘zgartiring. Bu gap
mazmuniga qanday ta’sir qilayotganini tushuntiring.
1. G‘azal nihoyatda ta’sirli. Ayniqsa, uch-to‘rt bolaning ovozi juda
yoqimli, ohangdor.
(Oybek)
2. Biz kirgan xona dadam ishlaydigan
hujradan ham tor, qorong‘iroq ekan.
(Hakim Nazir)
3. So‘ng sirkka
o‘tib, eng uchqur otlardan birini tanlaysan, yo‘lga ravona bo‘lasan.
(X. To‘xtaboyev)
252-mashq.
Uyga topshiriq.
Sifat darajalarini aniqlab, namunadagidek
yozing.
N a m u n a: Ayolning cho‘zinchoqroq yuzida hadik paydo bo‘ldi.
– Cho‘zinchoqroq
(qiyosiy daraja)
1. Baykal – dunyodagi eng chuqur ko‘l. 2. Usti yaltiroq, ichi qal-
tiroq.
(Maqol)
3. Hayotda halol, to‘g‘riso‘z bo‘lish kerak.
(Rauf Tolib)
4. Qo‘rqoq oldin musht ko‘taradi.
(Maqol)
5. Uning dadil harakatini
ko‘rib, sal yengil nafas oldim.
(Sh. Xolmirzayev)
Do'stlaringiz bilan baham: |