a) ta’limiy maqsad:
O`quvchilarda kesma uzunligi va uning xossalari haqidagi bilimlarni shakllantirish, ularga kesma uzunligi va uning xossalari ustida masalalar yechishni o`rgatish hamda matematik bilimlarni berishda davom etish.
b) tarbiyaviy maqsad:
o`quvchilarni o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad:
o`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash , fikrini aniq ifodalashga o`rgatish,nutq madaniyatini o`stirish.
Dars turi
Mustahkamlovchi dars.
Dars o`tish metodi:
“Aqliy hujum”
Darsning jixozi:
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun gul maketlari
Darsning texnik jixozi: _______________
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil gul tasvirlaridan foydalaniladi..
Besh yulduz ichida atir gul - “5”ball.
To`rtburchak ichida lola gul - “4”ball
Uchburchak ichida chinni gul - “3”ball
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1 Kesma deb nimaga aytiladi?
2. Nur deb nimaga aytiladi?
3. Doira va aylanaganing farqini ayting.
4. Uzunlik o`lchov birliklarini ayting.
5. Kesma uzunligini qanday topamiz?
3.Yangi mavzuni bayon qilish.
Kesmalarni nurga qo‘yish orqali taqqoslash ancha noqulay usul hisoblanadi. Kesmalarning qaysi biri uzun yoki qisqaligini ularning uzunliklarini taqqoslash asosida ham aniqlasa bo‘ladi. Quyida shu xususda to‘xtalamiz. Biror kesmani birlik kesma deb olib, uning uzunligini 1 ga teng deb qabul qilamiz. Qolgan kesmalar uzunliklarini shu birlik kesma uzunligiga nisbatan aniqlaymiz. Ravshanki, CD kesmani birlik kesma deb olib, uzunligini 1 ga teng desak, AB kesma uzunligi 2 ga teng bo‘ladi.
Kesmalarning uzunligi turli xil asboblar yordamida o‘lchanadi. Ularning eng oddiysi shkalali, ya’ni bo‘linish nuqtalariga ega bo‘lgan chizg’ichdir. Kesma uzunligining qiymati tanlangan uzunlik o‘lchov birligiga (birlik kesmaga) bog’liq bo‘ladi. Agar uzunlik birligi sifatida uzunligi 1 sm ga teng kesmani oladigan bo‘lsak, AB kesmaning uzunligi 10 sm ga teng bo‘ladi va AB = 10 sm deb yoziladi. Agar uzunlik o‘lchov birligi sifatida uzunligi 1 millimetrga teng kesmani oladigan bo‘lsak, AB = 100 mm bo‘ladi. AB kesmaning uzunligi A va B nuqtalar orasidagi masofa deb ham yuritiladi. Ravshanki, bir xil uzunlikka ega kesmalar o‘zaro teng bo‘ladi. Endi kesma uzunligining muhim xossasi ustida to‘xtalaylik.
Agar to‘g‘ri chiziqda B nuqta A va C nuqtalar orasida joylashgan bo‘lsa, AC kesma uzunligi AB va BC kesma uzunliklarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi: AC = AB + BC.
To‘g’ri chiziqda A, B va C nuqtalar berilgan bo`lib, B nuqta A va C nuqtalar orasida joylashgan bo‘lsa, AC kesma uzunligi AB va BC kesma uzunliklarining yig’indisidan iborat bo‘ladi, ya’ni AC=AB+BC tenglik o‘rinli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |