Ta’limiy: O’quvchilarni asarga mustaqil baho bera olishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni atrof – muhitni asrab-avaylashga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi; FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi; o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini rivojlantirish.
Dars turi: O’tgan mavzuni mustahkamlash.Yangi bilim berish.
Metodi: Savol-javob, guruhlarda ishlash,aqliy hujum.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma,tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. a) Salomlashish b) davomotni aniqlash
d) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “Kim bo’lsam ekan ” ,mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. O’tgan darsdagi vazifa aniqlanib, vazifa tekshiriladi.
O’quvchilar chizgan rasmlarni tomosha qilish.
Savol – javob;
1. She’r qaysi fasl haqida?
2. Shoir yoz faslida tabiatda bo‘ladigan o‘zgarishlarni qanday ta’riflaydi?
III.Yangi mavzu bayoni Tabiatning ne’mati ko’p
B or ekan-da yo‘q ekan, bir eshak bo‘lgan ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan. Kunlarning birida u bog‘ga kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovoqlar pishib yotgan emish. Eshak daraxtlardagi mevalarga, polizdagi qovoqlarga qarab diqqat bo‘libdi. Shalpang quloqlarini qimirlatib:
– Tabiatning hamma ishi yaxshi, lekin ba’zi narsalarni boshqacharoq yaratishi kerak edi-da, – debdi. Shunda daraxt shoxida o‘tirgan chumchuq: – Qani, ayt-chi, senga bularning nimasi yoqmadi? – deb so‘rabdi. – Ko‘rmaysanmi? – debdi eshak olma va qovoqlarga imo qilib. – Shunday katta daraxtning solgan mevasini qara, bola mushtidan ham kichik. Endi anavi qovoqlarni ko‘r, kallamday keladi. – Bor hikmat shunda-da, – debdi chumchuq. – Bunda hikmat nima qilsin? Olmalar qovoqdek, qovoqlar olmadek bo‘lsa, tuzuk bo‘lardi-da, – debdi eshak. Shunday deb eshak olma daraxtiga surkangan ekan, bitta olma uzilib, “tap” etib boshiga tushibdi. – Voy, boshim yorilayozdiku, – debdi eshak boshini ushlab. – Yaxshiyamki olma qovoqdek emas, bo‘lmasa miyang ning qatig‘ini chiqarib yuborardi, – debdi chumchuq kulib. – Rost aytding, og‘ayni! – debdi eshak va olma daraxti tagidan nari ketibdi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilar fikr – mulohazalarini tinglash. Ularni yoz fasli haqidagi bilim larine ertakni mazmuni tushuntirib boyitish.
O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |