IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O’quvchilar bilan bahor ob-havosi haqida suhbatlashish. Mavzuga oid rasm chizish. O’quvchilarni ishini kuzatish.
V. Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI. Uyga vazifa: O’qib kelish.
16 Mavzu: Zilol suv II qism
Sana___________ G’ani Abdullayev
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablarida asosida tabiatga ongli munosabatni tarbilalash.
Ta’limiy: O’quvchilarni asarga mustaqil baho bera olishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni atrof – muhitni asrab-avaylashga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi; FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi; o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini rivojlantirish.
Dars turi: O’tgan mavzuni mustahkamlash.Yangi bilim berish.
Metodi: Savol-javob, guruhlarda ishlash,aqliy hujum.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma,tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. a) Salomlashish b) davomotni aniqlash
d) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “Tejamkorlik ” ,mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. O’tgan darsdagi vazifa aniqlanib, vazifa tekshiriladi.
O’quvchilar chizgan rasmlarni tomosha qilish.
I II.Yangi mavzu bayoni Zilol suv hikoyasini II qismini o’quvchilar mustaqil o’qiydilar. Mazmunini gapirib beradilar. O’quvchilar javoblarini mustahkamlab boorish.
Ta’tilga chiqqach, tog‘da yashaydigan opamnikiga bordim. Toshdan toshga urilib, tog‘dan tip-tiniq suv tushyapti. Opamning kichik qaynisi Asad bilan cho‘milib, oftobda yonboshlab yotardik. – Qani, menga yetib ol-chi, – Asad shunday deb o‘rnidan turdi-da, ilonizi yo‘ldan chopa ketdi. Ketidan quvdim. Yarim yo‘lga bormasdanoq hars-hars qilaman. Yana chopsam, ko‘zim tinadigan. “Sharmanda bo‘lmay yana…” Sekin orqaga qaytdim. – Ha, Tohir akavoy, qalaysiz? – mazax qila boshladi Asad, balandlikdagi tosh ustiga o‘tirvolib. Nima ham derdim. Jilg‘aga boshlab kelgan opam esa ko‘nglimni ko‘tardi: – Tog‘ning zilol suvi Asadga tuganmas kuch bergan. Sen ham uning o‘rnida bo‘lganingda, chiniqib, “pisharding”. Boya, oh, oh, muncha maza, deb hovuchlab suv ichishingni ko‘rib, biram quvondimki… – Agar suvga hech kim hech narsa tashlamasa, bizning anhordan ham tiptiniq, toza suv oqadimi, opa? – Bo‘lmasam-chi, Tohirvoy. O‘sha suvning boshi shu. Qara, qanday toza, a, – jilg‘aga ishora qildi opam. Jilg‘aga boqib, anhorga “lash-lush”larni otganlarim ko‘z o‘ngimga keldi. “Shundoq zilol suvni iflos qilsak… Bu ishimiz juda yomon bo‘lar ekan”.
Suv bebaho boylik ekanligi. Uni tejash va suvni bulg’amaslik haqida suhbat.
O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |