Sinf, maktab sharoitidan chiqib ketishni talab qiladi



Download 412,61 Kb.
bet6/7
Sana07.01.2022
Hajmi412,61 Kb.
#327436
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ekskursiyalar

II.3. Ekskursiya turlari
Ekskursiya asosan, quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. O‘quv ekskursiyalari
2. Tabiiy ekskursiyalar
3. Iqtisodiy ekskursiyalar
4. O‘lkashunoslik ekskursiyalari
5. Tarixiy-madaniy ekskursiyalar
Maktablarda kompleks ekskursiyalar ham uyushtirish mumkin. Bunday ekskursiyalarda bir nechta sinf o‘quvchilari va turli fan o‘qituvchilari ishtirok etadilar. O‘quv ekskursiyalari O‘quv ekskursiyalarining maqsadi o‘quvchilarni davlat ta’lim standarti talab etgan bilimlarni egallash, tabiat hodisalari haqida ma’lumot olishdan iboratdir. Hech bir ko‘rgazmali qurol, biron badiiy tasvir yoki multimediali qo‘llanma fizik hodisa haqida ekskursiyadagidek to‘liq tasavvur bera olmaydi. Chunki ekskursiya paytida o‘quvchi jarayonning bevosita ishtirokchisi sifatida qatnashadi, jihozlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, qo‘li bilan ushlab ko‘radi. Biron eksperimentni o‘zi bajarib ko‘rishi ham mumkin.

O‘quv ekskursiyasining yo‘nalishlari.

O‘qituvchi ekskursiyaga tayyorlanar ekan, tegishli adabiyotlar bilan tanishib chiqqan bo‘lishi, shuningdek, boriladigan joy rahbariyati bilan kelishib gaplashib, qonun-qoidalarni o‘rganib olgan bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng ekskursiya o‘tkazilish rejasini quyidagi ko‘rinishda tuzish mumkin:


1. Ekskursiya o‘kaziladigan kun, ekskursiyaga boradigan sinf.
2. Ekskursiya mavzusi.
3. Ekskursiya maqsadi.
4. Ekskursiya uyushtiriladigan joy marshruti va u yerda kuzatiladigan ob’ektlar.
5. Ekskursiya uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari.
6. Ekskursiyaning o‘tkazilishi.
7. Ekskursiya materiallarini ishlab chiqish.
8. Chizma va fotosuratlarni tayyorlash.
9. Ekskursiya yuzasidan hisobot tayyorlash.
Tabiiy geografik ekskursiyalar.
Tabiiy geografik ekskursiyalarni o‘tkazish tartibi:

1. Kirish suhbati, atrof-muhitning umumiy tavsifi. Ekskursiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntirishdan boshlanadi.

2. Tanlangan tabiat ob’ektida rel’ef tog‘ jinslari, o‘simlik, tuproq qatlami, daryo soy, ko‘llar erkin namoyon bo‘lishi kerak.

3. Tabiat hududiy kompleksini qanday ajratish kerakligi, uni ta’riflash metodikasi, tabiat hududiy kompleksi elementlarini kundalikka tushirish, tabiatda o‘quvchilar o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini tushuntirish lozim.

4. Tabiatni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan zveno, brigadalarning mustaqil ishlari nimalardan iborat bo‘lishi.

5. Ekskursiya hududi yurish uchun yaroqli bo‘lishi.

6. Yakuniy suhbat uyushtirish, kuzatish va tekshirish natijalari, ularni to‘g‘riligi, yig‘ilgan materiallarni hamda hisobotlarni tartibga solish.

Shahar sharoitida va qishloq joylarda ekskursiyalarni tashkil etish

Ma’lumki, bizning respublikamiz hududida aholining aksariyat qismi qishloq joylarda yashaydi. Ularni har doim ham turli ilmiy ishlab chiqarish institutlariga yoki turli muzeylarga ekskursiyaga olib borish mushkul. Chunki sayohat bir necha kunga cho‘zilishi tufayli, transport muammosi hamda turar joy masalalarini hal qilish lozim. Shu sababli qishloq joylarda, asosan, o‘zlari yashaydigan hududga yaqinroq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalariga yoki tabiat qo‘yniga ekskursiyaga olib chiqish maqsadga muvofiq. Qishloq bolalari o‘zi shundoq ham tabiat qo‘ynida katta bo‘ladiku, ularni tabiat qo‘yniga olib chiqishni nima keragi bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Lekin bu muhim. Chunki ular tabiat qo‘ynida asosan mehnat qilishadi. Ishlash chog‘ida turli tabiat hodisalariga duch kelishadi. Ana shu hodisalar nima sababdan ro‘y berishini tushuntirib berish uchun ham tabiat qo‘yniga ekskursiyalar uyushtirish lozim. Shahar hududlarida yashovchilarni esa tabiat qo‘yniga olib kelish ancha mushkul. Yo‘l uzoqligi hamda yashash joyi muammosi bu yerda ham mavjud. Chunki ekskursiyalar bir necha kun davom etsagina biron natijaga erishish mumkin. Lekin o‘quvchilarning ota-onalari o‘z farzandlaridan xavotir olishlari mumkin. Ular o‘qituvchiga to‘liq ishonganlaridagina ekskursiyaga yuborishga rozi bo‘lishadi.

Xulosa

Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarda o‘z o‘lkasini o‘rganish muhim o‘rin tutadi. O‘lkani o‘rganishning vazifasi o‘z o‘lkasining tabiatini, aholisining turmush madaniyatini va faoliyatini o‘rganishdir. Maktabda geografiya, fizika yoki atrofimizdagi olam kabi fanlardan olib boriladigan o‘lkashunoslik ishlari va ekskursiyalarning vazifasi o‘z o‘lkasi boyliklarini saqlash, tabiat hodisalarini anglab yetish va ularning mohiyatini tushunishdan iboratdir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, fizika fanini o‘qitishda o‘qituvchi har bir dars mavzusiga mos holda tushuntirish metodlarini tanlashi kerak ekan. Bundan tashqari, darsga tayyorlanish jarayonida o‘tkazilishi kutilayotgan darsning qanday kechishini deyarli oldindan aytib bera oladigan darajada puxta loyihalash kerak. Faqat shu holatdagina o‘qituvchi dars jarayonini to‘liq nazorat qilib, o‘z ko‘zlagan maqsadiga, ya’ni o‘quvchilarga bilim berishga erishadi. Shuningdek, darsga tayyorlanish vaqtida o‘quvchilarning sharoiti, ularning qabul qilish darajasi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda topshiriqlar tuzish hamda tushuntirishning optimal variantini tanlash lozim bo‘ladi.

Fizika fani bo‘yicha ekskursiyalar nisbatan kamroq o‘tkazilishiga qaramay, ular o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘lishi mumkin. Masalan, Toshkent viloyati hududida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli S.A.Azimov nomidagi ”Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik instituti yoki Qashqadaryo viloyati hududidagi Maydanak observatoriyasi kabi ob’ektlarga borish orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga, ko‘plab amaliy bilimlarni berish mumkin. Faqatgina, ekskursiyaga borishdan avval ob’ekt rahbariyati bilan gaplashib, qonun-qoidalar va yo‘l-yo‘riqlarni aniqlashtirib olish zarur.



Download 412,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish