Tayyorlov qismi : saflanish, salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarligini tekishirish, yangi dars vazifasi bilan tanishtirish, saf mashqlarini bajartirish, maydon bo’ylab yurish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajartirish. (U.R.M)
|
7-10
|
O’quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish, saf mashqlarini bajarishda qo’l va oyoq harakatlariga e’tiborni qaratish.
|
Asosiy qism: Yengil atletika Startdan tezlik bilan chiqish texnikasini o’raganish Uzunlikka sakrashda depsinish fazasini bajarish. Pastki start—tez yugurib ketish uchun qulay bo‘lgan dastlabki holat. Pastki startdan yugurish uchun tayanch, chuqurcha yoki start g‘o‘lachalari (kolodka)dan foydalaniladi.
„Start“ komandasi berilganda:
—tiz cho‘kib, qo‘llarga tayaniladi, bir oyoq tizzasi yerga tegib turadi, ikkinchi oyoq tayanchda (kolodkada) turadi;
—qo‘llarni yelka kengligida qo‘yib, yerga tayaniladi, bosh barmoqlar ichkariga qaratiladi, qo‘llar to‘g‘rilanadi, tana og‘irligi qo‘l va tizzaga bir xilda tushadi. Bosh egiladi va start chizig‘iga qaraladi.
„Diqqat“ komandasi berilganda orqada turgan oyoq tizzasi yerdan uziladi, tana og‘irligi to‘rt tayanch nuqta (qo‘llar va oyoqlar)ga tushadi .
„Marsh“ komandasi berilganda gavdani biroz to‘g‘rilab, orqada turgan oyoq bilan birinchi qadam qo‘yiladi, qo‘llar keskin harakatlanadi, so‘ngra ikkinchi, uchinchi va hokazo qadamlar qo‘yiladi. Faqat 6 — 8 qadamdan keyingina gavda to‘liq to‘g‘rilanadi . Ma’lum masofaga yugurayotganda sportchi oyog‘ini kaftdan bosib, katta-katta qadamlar tashlashga harakat qiladi. Qo‘llar bir maromda harakatlanib, u tirsakdan bukilgan bo‘ladi. Qo‘llar musht qilinmaydi, tana biroz oldinga egilgan bo‘ladi. Bel ham butunlay bukilmagan va tishlar ham bir-biriga qattiq bosilmaydi, faqat olg‘a intilib, harakatlar erkin bajariladi. Finishga, chamasi, 10 — 15 metr qolganda yuguruvchi erkin harakatini saqlagan holda oldinga qaraydi, yelkalarni to‘g‘ri tutib (u yoq-bu yoqqa chalg‘imay), tezlikni susaytirmay, finish chizig‘ini keskin kesib o‘tadi .
|
30-35
|
Oldinga umbaloq oshishda qo’l va bosh harakatiga e’tibor berish.
1. St tur 2.St Ko`tar 3. ]yugur
|
Qayta saflanish, maydon bo’ylab sekin oxista yugurish, yurish mashqlarini bajartirish.Organizmni datslabki xolatiga qaytarish, saflash, o’quvchilarni baholash, uyga vazifa berish, hayrlashish, o’quvhilarni sport majmuasidan chiqarib ketish.
|
|
O’quvchilarning nafas olishi, o’zini tutish holatlarini kuzatish, uyga vazifa berishda o’quvchilarni shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olish.
|