Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


-AMALIY MAShG‘ULOT. RAXBARIY XUJJATLAR VA KORXONA STANDARTLARINI IShLAB ChIQISh VA YuRITISh



Download 8,3 Mb.
bet118/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

13-AMALIY MAShG‘ULOT. RAXBARIY XUJJATLAR VA KORXONA STANDARTLARINI IShLAB ChIQISh VA YuRITISh


Reja
13.1. Raxbariy xujjatlarni ishlab chiqish va yuritish.
13.2. Korxona standartlarini ishlab chiqish va yuritish.
13.3 Texnik shartlar

13.1. Raxbariy xujjatlarni ishlab chiqish va yuritish


Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash tartibi davlat standarti O’z DSt 1.8:1994 “O‘z SDT. Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” da belgilangan.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar quyidagi hollarda ishlab chiqiladi:
– tashkiliy-metodik yoki umumtexnikaviy tarzdagi standartlashtirish ob’ektlariga talablar ushbu ob’ektlarga xos standartlarni ishlab chiqishdan avval amalda tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda;
– metodlarning (mahsulot sifatini tekshirish va sinash metodlari bundan mustasno) xos tashkiliy-metodik standartlari va umumtexnikaviy standartlarining talablarini to‘ldirish lozim bo‘lganda;
– tashkiliy-metodik tarzdagi talablar O’z DSt 1.0:1998 (standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish idoralari va xizmatlarining vakolatini belgilovchi rahbariy hujjatlar, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish tartibi to‘g‘risida, davlat nazorati to‘g‘risida rahbariy hujjatlar va h.k.) bo‘yicha standartlashtirish ob’ektlari bo‘lmagan hollarda;
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amaldagi standartlarning talablarini takrorlamasligi yoki ularga zid kelmasligi lozim.
Rahbariy hujjatlar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
– yo‘riqnomalar (qoidalar);
– metodik ko‘rsatmalar;
– nizomlar (namunaviy nizomlar).
Rahbariy hujjatlar belgilangan amal doirasida va qo‘llanish sohasida majburiy bo‘ladi.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amal qilinish doirasiga qarab tarmoqlararo (davlat) va tarmoq xillarga ajraladi.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari, shuningdek TQ, STT va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan, davlat standartlariga o‘xshash ishlab chiqiladi.
Tarmoq darajasidagi rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni tasdiqlovchi, tarmoq boshqaruv idoralari tomonidan o‘rnatiladi.
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar amal muddatini cheklamasdan yoki cheklangan muddatga tasdiqlanadi.
Odatda, talablari amalda tekshirilishi lozim bo‘lgan rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalar cheklangan muddatga tasdiqlanadi.
Tarmoqlararo (davlat darajasida) qo‘llanishga mo‘ljallangan rahariy hujjat yoki tavsiyanomalarning belgisi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– hujjat indeksi – davlat darajasidagilar uchun O’z RH (O’z T) yoki tarmoq darajasidagilar uchun RH (T);
– O‘zstandert Agentligi tomonidan beriladigan, hujjatni tasdiqlagan idoraning ikki darajali shartli belgisi;
defis bilan ajratilgan, ro‘yxatga olish uch darajali tartib raqami;
– ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yiliniig to‘rtta raqami.
Misol:
O’z RH 51-067:1998
O’z T 51-052:1996

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish