12.2. Ma’muriy xududiy standartlarni ishlab chiqish va yuritish
Ma’muriy-hududiy sgandartlar O’z DSt 1.20:2001 “O‘z SDT. Ma’muriy standartlarni ishlab chiqish, kelishish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ma’muriy-hududiy standartlashtirishning asosiy maqsadi hudud korxonalarida chiqariladigan mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirishga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yo‘li bilan ko‘maklashishdan iborat:
– ko‘rsatkichlari va tafsilotlari o‘xshash mahsulotga davlatlararo, davlat va tarmoq standartlarining talablaridan ustunlik qiladigan (yoki) ularni ravshanlashtiradigan standartlarni, shuningdek hudud uchun xos mahsulot(xizmatlar) ga yuqoriroq darajali me’yoriy hujjat yo‘q bo‘lganda qabul qilish;
– moddiy, xom ashyo, energetik, odam va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish;
– hududning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari;
– ishlab chiqarishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini rivojlantirishning yanada maqbul usulini tanlash maqsadida tahlil qilish;
– korxonaning mahsulot navlari bo‘yicha siyosatini va chiqarilayotgan mahsulotni yangilash, uning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish dasturini ishlab chiqishni o‘rganish;
– chiqariladigan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini bozor talablarini hisobga olgan holda tadqiq qilish, alohida nav guruhlari uchun marketing tadqiqotlarining dasturini yaratish;
– mahsulotning asosiy texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ilgari ishlab chiqilgan mamlakatimiz va xorijiy analoglarning mos ko‘rsatkichlari (agar shunday analoglar bor bo‘lsa) bilan taqqoslash;
– ishlab chiqish, ishlab chiqarish va foydalanishga umumiy sarflar eng kam bo‘lgani holda chiqariladigan mahsulotning talab etilgan sifat darajasini ta’minlash;
– mahsulotning ichki va tashqi bozorlarda haqiqiy raqobatbardoshlik darajasini baholash;
– boyliklarning tejalishini ta’minlash.
Ma’muriy-hududiy standartlashtirish ob’ektlari ushbu hudud uchun xos mahsulot, shuningdek ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish sohasidagi talablar, me’yorlar va qoidalar, mahsulot (jarayonlar va xizmatlar) sifatini ta’minlash tizimlari va usullaridan iborat.
O‘zstandart Agentligi, Davarxitekturaqurilish, Davlat tabiat qo‘mita, Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy idoralari yoki mahalliy hukumat idoralarining topshirig‘i bo‘yicha hududdagi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari ma’muriy-hududiy standartning loyihasini ishlab chiquvchilari bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy-hududiy standartning loyihasini ishlab chiqish bosqichlari davlat standartlarini ishlab chiqish bosqichlariga o‘xshaydi.
Ma’muriy-hududiy standart mahalliy hukumat idoralari tomonidan yoki ularning topshirig‘i bo‘yicha hududiy boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Mahsulotga ma’muriy-hududiy standart Davlat ro‘yxatidan O‘zstandart Agentligining hududiy idoralari tomonidan o‘tkaziladi.
Ma’muriy-hududiy standart belgisi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– hujjat indeksi - MHSt;
– MNBBT (ma’muriy-hududiy bo‘linmalarni belgilash tizimi)ga muvofiq ma’muriy-hududiy birlikning kodi;
– defis bilan ajratilgan ro‘yxatning tartib raqami, tasdiqlovchi idora tomonidan beriladi;
– ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to‘rtta raqami.
Misol – MHSt 1703202830-RR1:1999, bunda
MHSt – mahalliy-hududiy standart;
17 – O‘zbekiston Respublikasi;
03 – Andijon viloyati;
202 – Oltinko‘l tumani;
830 – “Maslahat” aholi yashaydigan hudud.
Sinov-nazorat savollari
1. Tarmoq standartlarni ishlab chiqish tartibi.
2. Tarmoq standartlarni ishlab chiqish nechta bosqichdan iborat?
3. Ma’muriy xududiy standartlarni ishlab chiqish tartibi.
4. Ma’muriy xududiy standartlarni belgilash tartibi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |